Aim.uz
Tushuncha va hukm (Mulohaza).
Mavzu rejasi va bayoni
Tushunchaning turlari va ular o`rtasidagi munosabatlar.
Tushunchalar ustida bo`ladigan mantiqiy amallar.
Hukmlarning son va sifat jihatdan bo’linishi.
Oddiy va murakkab hukmlar.
5. Hukmlar o`rtasidagi munosabatlar
Mantiq fanining o’rganish ob'ektini tafakkur shakllari tashkil etishi yuqorida aytib o’tildi. Hissiy bilishdan farqli ravishda tafakkurda narsa va hodisalar mohiyati, ularning umumiy, muhim xususiyatlari, ular o’rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, ya'ni qonuniy bog’lanishlar aks ettirilishi yuqoridagi mavzuda bayon qilib o’tildi.
Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog’lanish usuli, uning tuzilishidir. Tushuncha, hukm va xulosa chiqarish tafakkurning universal shakllari bo’lib, uning asosiy tarkibiy elementlari hisoblanadi. Muhokama yuritish ana shular va ularning o’zaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy strukturalar (masalan muammo, gipoteza, nazariya, g’oya, argumentatsiya)da amalga oshadi. Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari qatoriga fikrning chin bo’lishi va formal jihatdan to’g’ri qurilishi kiradi. Chin fikr o’zi ifoda qilayotgan predmet va ularning xossalari va munosabatlariga muvofiq kelishi bilan izohlanadi. Fikr chin bo’lishi bilan bir qatorda formal jihatdan to’g’ri qurilishi ham mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti hisoblanadi. Fikrning to’g’ri qurilishi tafakkurda hosil bo’ladigan turli xil strukturalarda, har xil mantiqiy amallarda o’z aksini topadi. Fikrning to’g’ri qurilishi tafakkur qonunlariga rioya qilish orqali amalga oshadi. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, muhokamani to’g’ri qurish uchun zarur bo’lgan talablar fikrning aniq, ziddiyatsiz, izchil, yetarli asosga ega bo’lishidan iborat. Mazkur talablarga rioya qilmaslik muhokamaning noto’g’ri tuzilishiga sabab bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |