MAVZUGA OID MASHQLAR
1-mashq. hukmni ifodalagan gapni toping va hukm terminlarini ko’rsating.
Masalan: O’zbekiston(S)Markaziy Osiyoda joylashgan mustaqil davlatdir (P).
Kit yer yuzidagi eng katta hayvondir;
inson faoliyati mahsuli bo’lgan til tafakkur bilan uzviy bog’liqdir;
Germaniya yevropaning markaziy qismida joylashganmikan?
odami ersang demagil odami (A. Navoiy);
qaysi talaba imtihondan a'lo baho olishni hohlamaydi;
dunyoda har doim tinchlik va barqarorlik bo’lsin;
axborot asri bo’lgan XXI asrda internet tarmog’ining mavqei oshadi;
inson uchun qimmatbaho bo’lgan sog’liqni asrash kerak.
2-mashq. hukmni turini aniqlang, atributiv va munosabat hukmlarni
sxemasini keltiring hamda munosabat va mavjudlik hukmlarni
atributiv hukmga aylantiring.
Masalan: Barcha tirik organizmlar hujayradan tuzilgan. S-Pdir.
Navoiy viloyati hududi boshqa viloyatlarnikidan kattadir-munosabat hukm, xRy. Atributiv hukmga aylantirsak: Navoiy-hududi bo’yicha boshqa viloyatlardan katta bo’lgan viloyatdir. O’zbekiston o’zining avtomobil sanoatiga ega-mavjudlik hukmi. Atributiv hukmga aylantirsak: o’zbekiston-avtomobil sanoatiga ega davlatlardan biridir.
terrorizm-jamiyat taraqqiyoti tahdid soluvchi fenomen;
Alisher Anvardan katta;
O’zbekistonning shimolida qozog’iston joylashgan;
Ulug’bek Amir Temurning nevarasi;
Toshkent shahrida drama teatri bor;
I. Kant – nemis klassik falsafasining vakili;
Osiyoning hududi yevropanikidan katta;
iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlarning ko’pchiligi yevropada joylashgan.
3-mashq. Qo’yidagi mavjudlik hukmlarning sub'ekti, predikati va
bog’lovchisini toping. hukmlarning soni va sifatini aniqlang,
kvantor so’zlarni ko’taring.
Masalan: Barcha (kvantor so’z) davlatlar (S) o’zining huquqiy
normalariga (P) egadir (bog’lovchi)-soniga ko’ra umumiy,
sifatiga ko’ra tasdiq.
Hech bir sporchi mag’lubiyatni istamaydi;
ba'zi talabalar a'lo bahoga o’qishadi;
ba'zi daraxtlar mevalidir;
O’zbekiston iqtisodiy jihatdan rivojlanayotgan davlatdir;
ba'zi sut emizuvchi hayvonlar yirtqichdir;
Toshkent Markaziy Osiyodagi eng katta shahardir;
“Avesto” zardo’shtiylik dinining asosiy manbasi hisoblanadi;
barcha halqlar tinchlik tarafdoridir;
gap grammatik kategoriya hisoblanadi.
4-mashq. hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasini bering, ularni
chizma va harflar bilan belgilanashini ko’rsating.
Masalan: Barcha tadbirkorlar ko’proq daromad olishga intilishadi. hamma S-P dir-umumiy tasdiq (A).
hech bir dengiz suvsiz bo’lmaydi;
ba'zi qo’shiqchilar opera ijrochilaridir;
ba'zi hayvonlar suvda yashaydi;
ba'zi mutafakkir olimlar o’rta asrlarda yashagan;
barcha ilmiy nazariyalar isbotlangan bo’ladi;
barcha ilmiy gipotezalar isbottalab qiladi;
hech bir muvofaqqiyat mashaqqatsiz qo’lga kiritilmaydi;
ba'zi kasb egalari sanoat ishlab chiqarishida ishlaydi;
dangasalarning barchasi osonlik bilan boylik orttirishga intilishadi;
internetdagi ba'zi ma'lumotlar o’zbek tilida berilgan;
ba'zi davlatlar o’z parlamentiga ega emas.
5-mashq. hukmlarning birlashgan klassifikatsiyasini bering, terminlar
o’rtasidagi munosabatlarni Eyler doirasi bilan ifodalang, sub'ekt bilan predikatning taqsimlanishini aniqlang.
Masalan: Olma mevali daraxtdir.Umumiy tasdiq hukm (A). S-taqsimlangan P-taqsimlanmagan.hech bir jinoyat to’la oqlanmaydi;
barcha yolg’on fikrlar o’zining yetarli asosiga ega bo’lmaydi;
guruhimizning ba'zi talabalari ingliz tili to’garagida ishtirok etishadi;
jahonda sodir bo’layotgan barcha siyosiy jarayonlar ma'lum darajada tarixiy taraqqiyotga o’z ta'sirini o’tkazadi;
ba'zi hayvonlar qizil kitobga kiritilgan;
tabiatda ro’y berayotgan ba'zi ekologik o’zgarishlar inson faoliyati natijasida sodir bo’lmoqda;
O’zbekiston Respublikasi hududida turli millat vakillari istiqomat
qilishadi;
h) barcha iqtisodiy rivojlangan davlatlar tabiiy resurslar uchun ehtiyoj
sezishadi;
i) o’z sog’lig’i haqida qayg’uradigan kishilar doimiy vrach ko’rigidan o’tib
turishadi;
j) ilmiy induktsiya metodlari tabiiy fanlarda ham qo’llaniladi;
k ) terroristik harakatlar insoniyat sivilizatsiyasi uchun tahdid saladi.
6-mashq. qo’yidagi hukmlarda terminlar o’rtasidagi munosabatlarni
Eyler doirasi bilan ifodalang.
Masalan: Iikkinchi kursda mantiq fani o’tiladi.
Mantiqga oid qarashlar dastlab qadimgi Sharq mamlakatlarida vujudga kelgan;
genetikaning muammolarini o’rganish hozirgi zamon fani oldida turgan dolzarb muammolardan biridir;
c) paxta O’zbekistonda eng ko’p ekiladigan texnik o’simlik;
d) Oliy Majlis O’zbekiston Respublikasining parlamentidir;
e) buyuk davlatchilik shovinizmi g’oyasi bugungi kunda ko’p tarqalgan geosiyosiy qarashlardan biridir;
f) ba'zi talabalar pedagogika institutida o’qishadi;
g) hamma talabalar ham o’tilgan mavzuni to’liq o’zlashtirisha olmaydilar;
h) mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar o’z samarasini bermoqda;
i) Farobiy Sharq falsafasining yirik vakillaridan biridir;
j) institutimizning barcha fakultetlarida mantiq fani o’tiladi.
7-mashq. Murakkab hukm turini aniqlang, uning tarkibidagi oddiy
hukmlarni ajratib ko’rsating hamda hukmlarni mantiqiy bog’lovchilar yordamida simvollar bilan ifodalang.
Masalan: munosabat hukm biror predmetga ma'lum bir munosabatni ta'luqli yoki ta'luqli emasligini ifodalaydi – diz'yunktiv (ayiruvchi) hukm. Uning tarkibidagi sodda hukmlar:
munosabat hukm biror predmetga ma'lum bir munosabatni ta'luqli ekanligini ifodalaydi
munosabat hukm biror predmetga ma'lum bir munosabatni ta'luqli emasligini ifodalaydi.
p q
a) zilzila, vulqon otishi va suv toshqini tabiiy ofatlar hisoblanadi;
b) o’z sohasini yaxshi o’zlashtirgan hamda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirgan bo’lajak o’qituvchilar maktabda o’quvchilarga chuqur bilim bera olish imkoniyatiga ega bo’lishadi;
c) harakat vaqt va fazo bilan uzviy aloqadadir;
d) hech bir inson o’ta aqlli yoki aqlsiz bo’lib tug’ilmaydi;
e) har qanday mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi nafaqat
tabiiy resurslarga, balki tashabbuskor va intelaktual
salohiyatga ega shaxslar faoliyatiga ham bog’liq;
f) agar fuqaro 18 yoshga tulgan bo’lsa O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga muvofiq saylash huquqiga ega bo’ladi;
g) bizning fikrimiz agar quruqlikda yashaydigan eng yirik
hayvon haqida bo’lsa, u albatta fil haqida bo’ladi;
h) Markaziy Osiyo hududida qadimgi davrda So’g’d, Baqtriya va
Xorazm davlatlari bo’lgan;
i) ushbu o’yinni “Paxtakor” jamoasi mag’lubiyat yoki durang bilan
yakunlasa shu mavsumda O’zbekiston chempioni bo’la olmaydi.
8-mashq. hukmlarni tahlil etib uning turini aniqlang va simvollar
yordamida ifodalang.
Masalan: 1) Abdurahmon Jomiy o’rta asrlar mumtoz adabiyotining yirik vakili hamda buyuk mutafakkir va shoirdir. (p q r)
2) Agar kasallikni vaqtida oldi olinmasa yomon asoratlar qoldiradi va inson hayoti uchun xavf tug’diradi. (p q r)
3) ikki yoki undan ortiq shaxsning qasddan jinoyat sodir etishda birgalashib qatnashishi ishtirokchilik deyiladi.
tinchlik va barqarorlik jamiyat taraqqiyoti kafolatidir;
qonunbuzarlik holati jinoyat yoki ma'muriy javobgarlik kodeksi bilan jazolanishi mumkin;
agar fakultetimiz talabalari fan olimpiadasining institut bosqichida o’rin egallashsa respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishadi;
har bir fuqaro o’zi yashaydigan mamlakat qonunlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlarni rioya etishadi;
halqaro shartnomalar ikki yoki undan ortiq davlatlar tomonidan ma'lum muddatga va biron-bir maqsadni ko’zlab tuziladi;
agar talaba surunkali tarzda darslarga ishtirok etmasa va fanlar bo’yicha materiallarni o’zlashtirmasa reyting nazoratlarini topshirishda qiyinchiliklarga duch keladi;
talaba Ahmedov Farobiyning “Falsafani kelib chiqishi” yoki Aristotelning “Kategoriyalar” asarlaridan birini o’qishga ahd qildi;
agar ikki yoki undan ortiq hukmlar asosida xulosa chiqarish bilvosita xulosa chiqarish deyiladi;
etika, estetika, mantiq va sotsiologiya fanlari falsafa bilan uzviy bog’liq;
predmetning begisini bildirib qanday? va qanaqa? Savollariga javob bo’ladigan so’zlar sifat deyiladi.
9-mashq. qo’shuvchi va ayiruvchi hukmlarni gap tarkibidan ajratib alohida ko’rsating hamda ularni sitmvollar bilan ifodalang.
Masalan: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda o’rta asrlarda fan va madaniyat
antik davr fani va madaniyati asosida rivojlandi
1)Yaqin Sharqda o’rta asrlarda fani antik davr fani asosida
rivojlandi;
2)Markaziy Osiyoda o’rta asrlarda fan antik davr fani asosida
rivojlandi;
3)Yaqin Sharqda o’rta asrlarda madaniyat antik davr madaniyati
asosida rivojlandi
4)Markaziy Osiyoda o’rta asrlarda madaniyat antik davr madaniyati asosida rivojlandi
hukmlarning inkor qilinishi.
10-mashq. qo’yidagi hukmlarni inkorini keltiring hamda chin va
xatoligini ko’rsating.
Masalan: A – Barcha talabalar tarix fakultetida o’qiydi (xato).
O – Ba'zi talabalar tarix fakultetida o’qimaydi (chin).
I – Ba'zi hayvonlar quyosh yuzida yashaydi (xato).
ye – hech bir hayvon quyosh yuzida yashamaydi (chin).
barcha halqlar o’z tarixiga ega (chin),
ba'zi mamlakatlar Avstraliyada joylashgan,
hech bir sabab oqibatsiz emas,
barcha binolar o’z poydevoriga ega,
bugun dars yoki imtihon bo’ladi,
ba'zi transmilliy kompaniyalarning ishlab chiqarish
korxonalari faqat bir mamlakatda joylashgan,
g) ba'zi tarixiy asarlar o’rta asrlar tarixi haqida hikoya
qiladi,
h) hech bir metall oksidlanmaydi,
i) ba'zi hukmlar o’rtasidagi munosabatlar qarama-qarshilik va
zid bo’ladi,
j) barcha cherkovlar gumbazli binolar.
11– mashq. quyidagi kon'yunktiv va diz'yunktiv hukmlarni inkor qiling hamda simvollar bilan ifodalang.
Masalan: 1) ayiruvchi tasdiq hukmni inkor qilish:
Bugun guruhda Nargiza yoki hilola navbatchi. Bugun guruhda Nargiza va Hilola navbatchi emas.
2) ayiruvchi inkor hukmni inkor qilish:
Jinoyat sodir etmagan yoki biror marta qonunga xilof harakat sodir etmagan shaxslar huquqbuzar emas. Jinoyat sodir etgan yoki biror marta qonunga xilof harakat sodir qilgan shaxslar huquqbuzardir.
3) birlashtiruvchi tasdiq hukmni inkor qilish:
qishda qor va yomg’ir ko’p yog’adi. qishda qor va yomg’ir ko’p yog’maydi.
4) birlashtiruvchi inkor hukmni inkor qilish:
Arzon va sifatli bo’lmagan maxsulotlarga bozorda talab katta bo’lmaydi. Arzon yoki sifatli bo’lgan maxsulotlarga bozorda talab katta bo’ladi.
a) ayiruvchi tasdiq hukmni inkor qiling:
1) ushbu guruh talabalari falsafa yoki dinshunoslik to’garagiga qatnashishadi;
2) tayyorlangan taom shirin yoki sho’r bo’ladi;
3) jahon dinlari politeistik yoki monoteistik bo’ladi;
4) fizikaga oid bilimlar asosan tajriba yoki kuzatish orqali qo’lga kiritiladi.
b) ayiruvchi inkor hukmni inkor qiling:
1) shifokor ko’rsatmalariga rioya qilmaydigan va o’z sog’lig’i haqida doimiy qayg’urmaydigan bemorlar kasallikdan tez forig’ bo’lishmaydi;
2) jamiyat taraqqiyotiga va inson manfaatlariga xizmat qilmaydigan g’oyalar ijtimoiy ahamiyatli emas;
3) sig’ishadigan yoki sig’ishmaydigan munosabatda bo’lmagan tushunchalar taqqoslanmaydi;
Dostları ilə paylaş: |