42
sababdan ham terminlar soni uchtadan kam yoki ortiq bo„lmasligi
talab
qilinadi.
Masalan: Hamma notiqlar so„z san‟atini chuqur egallagandir.
So„z san‟atini chuqur egallaganlar orasida notiqlar ham bor.
Bu ikki hukmdan xulosa chiqarib bo„lmaydi,
chunki terminlar soni
ikkita. Terminlar sonining uchtadan ortib
ketishi ayniyat qonuni
talablarining buzilishi bilan bog„liq bo„lib, terminlarning to„rtlanishi
(quarternio termunorum) deb ataluvchi xatoga olib keladi:
Davlat – iqtisodiy munosabatlarning siyosiy ifodasidir.
Har bir inson uchun sihat – salomatlik eng katta davlatdir.
Bu hukmlarda “davlat” tushunchasining ikki xil ma‟noda qo„llanilishi
ayniyat qonunining buzilishi bo„lib, u chetki terminlarning o„zaro mantiqiy
bog„lanishiga imkon bermaydi. Terminlarning uchtadan ortiq bo„lishi
asoslar o„rtasidagi mantiqiy aloqadorlikning uzilishiga ham sabab bo„ladi:
Yunon faylasuflari falsafa taraqqiyotiga katta hissa qo„shganlar.
Aristotel – mantiq fanining asoschisi.
Bu ikki hukmdan xulosa chiqarib bo„lmaydi, chunki bu hukmlar o„zaro
mantiqiy bog„lanmagan.
2. O„rta termin hech bo„lmaganda asoslardan birida to„la hajmda
Dostları ilə paylaş: