Yarimo‘tkazgich asboblar yarimo‘tkazgichlar va ularning xossalari



Yüklə 186,27 Kb.
səhifə1/7
tarix30.12.2021
ölçüsü186,27 Kb.
#49290
  1   2   3   4   5   6   7
Yarimo‘tkazgich asboblar yarimo‘tkazgichlar va ularning xossalar


Aim.Uz

YARIMO‘TKAZGICH ASBOBLAR

Yarimo‘tkazgichlar va ularning xossalari

Yarimo‘tkazgichlar deb, hajmiy qarshiligi uy harorati sharoitida 10-4 dan 104 Om·sm gacha atrofida o‘zgaradigan kristall yoki amorf moddalarga aytiladi . Metallarda hajmiy qarshilik 10-6 dan 10-4 Om·sm gacha, dielektriklarda 105 dan 1022 Om·sm gacha atrofida bo‘ladi. Demak, qarshiligining miqdori bo‘yicha yarimo‘tkazgichlar o‘tkazgichlar (metallar) va o‘tkazuvchi bo‘lmaganlar (dielektriklar) orasidagi joyni egallaydi.

Yarimo‘tkazgichlarga germaniy, kremniy, selen, mis oksidi va boshqa elementlar kiradi. Ular texnikada ko‘p qo‘llaniladi. Yarimo‘tkazgichlar uchun qarshilikning haroratdan, elektr va magnit maydonlari kuchlanganligidan, yorug‘lik darajasidan, mexanik kuchlanishdan, elektromagnit nurlanish ta’siridan va boshqalardan kuchli bog‘liqligi bilan xossalanadi. Yarimo‘tkazgichli asboblar asosan germaniy va kremniydan tashkil topgan bo‘lib, atomlari o‘zining tashqi ustki qismidagi qobig‘ida 4 tadan valentli elektronlarga ega bo‘ladi. Lekin ichki qismining qobig‘iga joylashgan 28 ta germaniy atomining elektronlari va 10 ta kremniy atomining elektronlari, yadrolar tomonidan mustahkam ushlanib turadi va har qanday holatlarda ham u uzilib ketmaydi. Faqatgina yarimo‘tkazgichlar atomlarining 4 ta valentli elektronlari uzilishi va erkin bo‘lishi mumkin, u ham ba’zida. Bitta bo‘lsa ham elektronini yo‘qotgan yarimo‘tkazgichning atomi musbat ionli bo‘lib qoladi. Atomlararo aloqadan ajralib chiqqan elektronlar erkin bo‘lib qoladi, elektronlar chiqib ketgan bo‘sh joyi «teshik» deb ataladi. Yarimo‘tkazgichda harorat qancha yuqori bo‘lsa, unda shuncha ko‘p erkin elektronlar va teshiklar bo‘ladi. Yarimo‘tkazgich atomlarining o‘zaro aloqasini quyidagi sxemadan ko‘rish mumkin (2.12-rasm).




Yüklə 186,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin