Umumiy emitter sxemasi bilan ulangan tranzistorlarning parametrlari va tavsifi
Umumiy emitter bilan ulangan sxemalarda kirish va chiqish zanjirlari uchun umumiy elektrod tranzistorning emitter hisoblanadi (2.21-rasm). Umumiy emitterli sxemalar juda ko‘p tarqalgan. Shuning uchun umumiy emitterli sxemalar uchun
tranzistorlarning statik tavsiflarini o‘rganishga alohida e’tibor berish kerak. Kirish toki bunday sxemalarda — baza toki, chiqish toki — kollektor toki hisoblanadi. 2.22-rasmda MP41 tranzistorining ishlash diagrammasi keltirilgan. Shundan kelib chiqib, umumiy emitter sxemalarida kirish tavsiflari bo‘lib baza tokining Ib kuchlanishdan Ube bog‘liqligi hisoblanadi, bunda: Uke = const bo‘ladi. Baza toki Ib absolut miqdori bo‘yicha doimo emitter tokidan ancha kichik bo‘ladi. Umumiy emitter bilan ulangan sxemalarning umumiy baza bilan ulangan sxemalardan farqi, unda kirish emitter toki bo‘ladi.
Umumiy emitter bilan ulangan sxemalar uchun tranzistorning chiqish tavsifi deb, baza tokining Ib bir necha belgilangan qiymatlar olingan, kollektor tokining Ik kuchlanishga Uke bog‘liqligiga aytiladi (2.23-rasm). Umumiy emitter bilan ishlovchi sxemalar uchun tranzistorning muhim parametri quyidagi koeffitsiyent bilan aniqlanadi:
Umumiy emitter bilan ulangan sxemalarda tokka katta zo‘rlik beriladi.
Dostları ilə paylaş: |