O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Antitezis ( grek. antithesis – qarama-qarshi qo„yish) – biron bir fikrga  qarama-qarshi qo„yilgan fikr.  Aporiya



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

Antitezis
( grek. antithesis – qarama-qarshi qo„yish) – biron bir fikrga 
qarama-qarshi qo„yilgan fikr. 
Aporiya 
(yun

aporia – qiyinchilik) – predmet yoki tushunchalarning 
o„zida ziddiyatlar mavjudligi sababli muammoni hal qilishning iloji 
yo„qligi, chorasiz holat. 
Argument
(lot. argumentum – isbot) – tezisni isbotlash uchun 
keltiriladigan fikrlar, dalillar. Bunday fikrlar praktikada isbotlangan 
bo„lishi kerak. 
Genetik ta‟rif
– aniqlanuvchi tushunchaning kelib chiqishini ko„rsatuvchi 
ta‟rif.
Gipoteza
(grek. Hupothesis – asos, prinsip, faraz) – hali isbotlanmagan 
nazariy fikr, faraz. Gipoteza ma‟lum natijalarni tug„dirgan sabab haqida 
qilingan farazdir. 


75 
Deduksiya 
(lot. deductio – xulosa chiqarish) – umumiy bilimlardan 
alohida bilimlar tomon boruvchi xulosa chiqarish usuli. 
Demonstratsiya
(lot. demonstratio – ko„rsatish) – isbot jarayonidagi 
mantiqiy fikrlash usuli bo„lib, uning natijasida asoslardan tezisning to„g„ri 
yoki xato ekanligi aniqlanadi. 
Dixotomik bo„lish
( grek. dicha – va, home – ikki qismga ajratish) – 
tushunchalarning hajmini ikkita bir-biriga qarama-qarshi bo„lgan 
tushunchaga bo„lish)
Yetarli asos qonuni – 
formal mantiqning asosiy qonunlaridan biri. Bu 
qonunning talabi: har qanday chin fikr yoki fikr chinligi isbotlanishi shart. 
Juz‟iy hukm
– narsa-hodisalarning ayrimlari va ularning belgilari haqida 
tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr. 
Ziddiyat qonuni
(lot. lex contradictionis) – formal mantiqning asosiy 
qonunlaridan bo„lib, unga ko„ra bir predmet yoki hodisa to„g„risida 
bildirilgan ikki qarama-qarshi fikr ayni bir vaqning o„zida va aynan bir 
nisbatda birdaniga to„g„ri bo„lishi mumkin emas.
Induksiya
(lot. inductio – alohidalikdan umumiylikka) – xulosa 
chiqarishning asosiy usullaridan biri. Induksiyada alohida va juz‟iy 
bilimlardan umumiy bilimlar tomon xulosa chiqariladi. 

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin