Raddiya – biror tezisning noto„g„riligini yoki asossizligini isbotlovchi
mantiqiy usul.
Sillogizm (grek. sillogismos – hisoblab chiqarmoq) – xulosa chiqarishning
deduktiv usuli bo„lib, unda ikki hukmdan yangi bir hukm – xulosa hosil
qilinadi. Bunda o„rta termin asoslarni mantiqan bog„laydi, kichik va katta
terminlar esa xulosa bo„lib chiqadi.
Sintez – analiz tufayli ajratilgan bo„laklar tomonlar, qismlar, elementlarni
o„zaro biriktirib, ularni bir butun holiga keltirish.
Sofizm (grek. sophisma – o„ylab chiqarilgan, mug„ombirlik) – logika
qoidalarini bila turib, ataylab xatoga yo„l qo„yish. Sofistlar ko„pincha
so„zlarning turli ma‟noligidan foydalanib, nisbiylikni absolyutlashtiradilar,
kishilarni haqiqatdan chalg„itadilar.
Tafakkur – voqelikni vosita orqali va umumlashtirib bilishdan iborat
bo„lgan, insonning ma‟naviy-nazariy faoliyati.
Tushuncha – formal mantiqning asosiy obyektlaridan biri, obyektiv
voqelikni inson ongida aks ettirish formasi.
Tushunchalarni bo„lish – mantiqiy usul bo„lib, bu usul yordamida
tushunchalarning hajmi qism (tur)larga ajratiladi.
Umumlashtirish – tadqiqot olib borilayotgan bir qancha predmet yoki
xodisalarga xos bo„lgan tomonlari, xususiyatlari va xossalarini fikrda
e‟tibordan soqt qilib, tadqiqot uchun zarur bo„lgan birorta belgi yoki
xususiyatni mavhum holatga keltirish.
Uchinchisi mustasno qonuni – mantiqning asosiy qonunlaridan biri, unga
ko„ra, bir-biriga zid bo„lgan ikki fikrdan biri hamisha to„g„ri, ikkinchisi
xatodir, uchinchi fikrga o„rin yo„q.
Formallashtirish – tekshirilayotgan predmet yoki hodisalarning ma‟lum
konkret
tomonlari,
xossa
va
xususiyatlarining
mazmunini
77
mavhumlashtirib, uni ma‟lum abstrakt ifoda, formula yoki sxemalar bilan
ifodalash.