O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vfzirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/59
tarix26.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#149154
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Mamadiyeva N.X. Falsafa (Mantiq qismidan)

Isbot
– biror fikrning to„g„riligini amaliy tajribada ilgari chinligi 
tasdiqlangan boshqa bir to„g„ri fikr vositasi bilan asoslab berish. 
Katta termin
– sillogistik xulosa chiqarishda katta asosda joylashgan 
termin bo„lib, u xulosaning predikati bo„lib chiqadi. 
Kichik termin
– sillogizmning kichik asoslarida joylashgan tushuncha 
bo„lib, u xulosaning subyekti bo„lib chiqadi. 
Logika – 
(yun.so„z, fikr, aql) tafakkur formalari va qonunlarini 
o„rganuvchi fan. 
Logik kvadrat
– hukmlar o„rtasidagi munosabatni esda saqlab qolish 
uchun ko„rsatiladigan ko„rgazmali diagramma. 
Mantiq – 
(arab. nutq, til, so„zlash, fikr) tafakkur shakllari va qonunlarini 
o„rganuvchi fan. 
Murakkab hukm
– ikki va undan ortiq oddiy fikrlarning logik 
bog„lovchilar orqali bog„lanib kelishi. 
Nazariya –
haqiqatligi amaliy va nazariy jihatdan isbotlangan, borliqning 
biror sohasiga oid ma‟lum g„oyalar, qarashlar, qonunlar va prinsiplarni 
muayyan tizimi. 
Nominal ta‟rif
– tushunchada ifodalangan so„zning ma‟nosini aniqlash. 
Bu ta‟rif ko„pincha yangi terminlar, uning sistemasini aniqlashda 


76 
ishlatiladi. Nominal ta‟rif chetdan kirgan so„zlarning ma‟nosini aniqlash 
uchun ham ishlatiladi.
Ommaviy induksiya
– oddiy kuzatish yo„li bilan kundalik hayot tajribasi 
asosida chiqarilgan xulosalardir. Bu induksiyada narsa-hodisalarning ichki 
mohiyati asosida emas, balki bevosita ko„zga tashlanib turgan belgilar 
asosida xulosa qilinadi. 
Paradoks
(grek. para – qarshi, doxa – fikr) – bir-biriga qarama-qarshi 
bo„lgan ikki xulosa bo„lib, bu xulosaning har ikkalasi ham to„g„ri yoki 
xato deb qaralmaydigan fikr.
Predikat 
(lot. praedicatum – kesim) – hukmdagi belgini ifodalaydi. 
Predmetdagi belgini mantiqiy bog„lovchilar orqali tasdiqlab yoki inkor 
qilib ko„rsatadi.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin