O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi abdulla



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə4/6
tarix23.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#120125
1   2   3   4   5   6
Nutq va tilning ahamiyati. Bola hayotining barcha ko‘rinishlarida til rivojlanishining ahamiyatini oshirish mushkul. Hayotiy qobiliyat kaliti sifatida aloqa va tilning asosiy roli haqida ishonchli dalillar keltirish mumkin. Rasmiy ta’lim va maktab hayotining dastlabki yillarida ta’sirli verbal va noverbal aloqaga asoslangan til mahorati o‘rganish va rivojlanishga zamin bo‘lgan. Til va boshqa muhim qobiliyatlarning o‘sishi o‘qishga tayyorgarlik, savodxonlik va hisobkitobni o‘z ichiga olgan. Bundan tashqari, hozir aloqa va til rivojining qiyinchiligi butun umr ta’sirining dalilidir.Til mahorati muvaffaqi- 22 yatli ta’limning eng yaxshi bashoratchisi: boshlang‘ich maktabning dastlabki 2 yilida tilning rivojlanishi bolaning xarakteristikasini oldindan aytib beradi. Aks holatda til o‘rganishdagi qiyinchiliklar o‘quv muvaffaqiyatsizligi bilan bog‘liq: nutqi va tilida muammosi bor bolalar maktabga ilk qadam qo‘yganda eng katta qiyinchiliklar ularning savod chiqarishi bilan bog‘liq. Tili yaxshi rivojlanmagan bolalarda 5 yoshda 7 yoshdagiga nisbatan muvaffaqiyatsiz ta’lim ehtimoli katta bo‘ladi.
Maktabgacha ta’lim me’yoriy hujjatlari asosida bolalarni tarbiyalash. Inson, uning har tomonlama uyg‘un kamol topishi, farovonligi, shaxs manfaatlarini ro‘yobga chiqarish sharoitlarini va ta’sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o‘zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy kadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan-texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O‘zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi «Ta’lim to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq holda tayyorlangan dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro‘yobga chiqarishni, har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta’lim va kasb-hunar dasturini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o‘zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o‘z javobgarligini his etadigan fuqarolar tarbiyalashni nazarda tutadi. Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlydi.
Maktabgacha ta’limning maqsad va vazifalarini ruyobga chiqarishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Maktabgacha ta’limni rivojlantirish uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim bo‘ladi:
• malakali tarbiyachi va pedagog kadrlarni ustuvor ravishda tayyorlash;
• maktabgacha ta’limning samarali psixologik-pedagogik uslublarini izlash va joriy etish;
• bolalarni maktabga oilada tarbiyalashni tashkiliy, psixologik, pedagogik va uslubiy jihatdan ta’minlash;
• zamonaviy o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, texnik vositalar, o‘yinchoqlar va o‘yinlar yaratish hamda ularni ishlab chiqarish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarni xalqning boy madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash uchun shart-sharoitlar yaratish;
• maktabgacha ta’lim muassasalarining har xil turlari uchun turli usullardagi dasturlarni tanlab olish, maktabgacha tarbiyaning barcha masalalari bo‘yicha malakali konsultatsiya xizmati ko‘rsatish imkoniyatini yaratish;
• maktabgacha tarbiya va sog‘lomlashtirish muassasalari tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish mexanizmini ishlab chiqish kabi vazifalarni maqsad qilib qo‘yadi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomda maktabgacha ta’limga alohida urg‘u berilib, maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi hisoblanadi hamda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida tashkil etiladi. Maktabgacha ta’lim, bola 6–7 yoshga yetguncha oilada hamda davlat va nodavlat, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’limning asosiy vazifalari quyidagilar deb belgilanadi:
• bolalarni xalqning boy milliy, madaniy tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida aqliy va ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalash;
• bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik hislarini shakllantirish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarda bilim olish ehtiyojini, o‘qishga intilish mayllarini shakllantirib, ularni muntazam ravishdagi ta’lim jarayoniga tayyorlash; • bolalarning tafakkurini rivojlantirish, o‘zining fikrini mustaqil va erkin ifodalash malakalarini shakllantirish;
• bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘ligini ta’minlash kabilarni o‘z oldiga maqsad qilib belgilaydi. Maktabgacha ta’lim muassasalarining yasli va maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar guruhlariga bir xil yoshdagi, shuningdek, turli yoshdagi bolalar qabul qilinishi mumkin. Guruhlardagi bolalar soni quyidagicha belgilanadi:
• 1 yoshdan 2 yoshgacha – 10 ta.
• 2 yoshdan 3 yoshgacha – 15 ta.
• 3 yoshdan 6–7 yoshgacha – 20 ta.
• Turli yoshdagi guruhlarda 15 ta. Maktabgacha ta’lim muassasalari hududlarini demografik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladi, Maktabgacha ta’lim muassasalarini tashkil etish va tugatish qonunga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari ularning yo‘nalishlariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
• bolalar yaslisi, bolalar bog‘chasi, bolalar yasli bog‘chasi, xonadon bolalar bog‘chasi (ham mustaqil muassasa sifatida, ham filial sifatida);
• bog‘cha maktab muassasasi;
• tarbiyalanuvchilarning bir yoki bir necha ustuvor yo‘nalishlarda rivojlantiradigan (til o‘rganish, badiiy estetik, sport va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha) maktabgacha ta’lim muassasasi;
• tarbiyalanuvchilarning jismoniy va ruhiy rivojlanishidagi kamchiliklarni bartaraf etishni ustuvor ravishda amalga oshiruvchi maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi;
• sanitariya-gigiyena, profilaktika va sog‘lomlashtirish tadbirlari va muolajalari ustuvor ravishda amalga oshiriladigan sog‘lomlashtiruvchi maktabgacha ta’lim muassasasi;
• aralash turdagi maktabgacha ta’lim muassasasi. 25 Maktabgacha ta’lim muassasasi turlari ota-onalar tomonidan tanlanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasiga bolalarni qabul qilish tartibi, ularni bir muassasadan ikkinchisiga ko‘chirish, muassasadan chiqarish davlat muassasalarida Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilangan tartibda, davlatga qarashli bo‘lmagan maktabgacha ta’lim muassasalarida esa, muassasaning Ustavi bilan belgilanadi.
Aqliy va jismoniy rivojlanishida kamchiliklari mavjud bo‘lgan bolalar uchun maxsus maktabgacha ta’lim muassasalari yoki guruhlar tashkil etish ham maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risidagi nizomda ko‘rsatib o‘tilgan.
Har bir sohada bo‘lganidek, maktabgacha ta’lim tizimida ham maktabgacha ta’lim muassasalariga tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligiga hamda yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga egadirlar. Ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolati davlat organlari tomonidan pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, kasb sifatini raqobatbardoshlik darajada saqlab turish ta’minlanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasalari pedagogik kadrlarning o‘quv pedagogik vazifasi maktabgacha ta’lim muassasasi turiga davlat talablaridan kelib chiqqan holda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi. Ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarni, mutaxassislar tomonidan tavsiya etilgan yangi dasturlar, metodik qo‘llanmalar, didaktik materiallarni joriy etish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi. Pedagogik kadrlarning o‘zaro munosabatlari hamkorlik, demokratiya, hurmat, shaxsning o‘z qadr-qimmatini bilishni e’tirof etish pedagogikasi asosida quriladi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi – maktabgacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim muassasasi sifatida shakllandi; maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim funksiyasi bolalarning hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salomatligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilarni maktab ta’limiga muvafaqqiyatli tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda Respublikamizda xilma-xil (yasli, bolalar bog‘chasi, bolalar bog‘chasi– 26 boshlang‘ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda. 1997-yilda YUNESKO qaroriga ko‘ra maktabgacha ta’limning nazariy asoslarini qayta ko‘rib chiqish zaruriyati bilan asoslangan «maktabgacha ta’lim» atamasi qabul qilindi. Ana shunday asosdan kelib chiqqan holda 2011-yilda Respublikamizda maktabgacha ta’lim rivojining asosiy yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari, tamoyillarini o‘z ichiga olgan «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» ishlab chiqildi. O‘zbekiston Respublikasining «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» uch bosqichda amalga oshiriladi: I bosqich – qonunchilik faoliyatiga doir – 2012–2014-yillar. II bosqich – tashkiliy-amaliy – 2015–2017-yillar. III bosqich – yakuniy – 2018–2020-yillar. «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi» maktabgacha ta’lim masalasi alohida yoritib o‘tilgan
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, unda respublikamizda maktabgacha ta’limni rivojlantirishning zamonaviy yo‘nalishlari o‘z aksini topgan. Mazkur konsepsiya beshta bo‘limni o‘z ichiga olgan bo‘lib, kirish (preambula), asosiy qism (konsepsiyaning asosiy mazmuni), maktabgacha ta’lim tizimining tuzilishi, maktabgacha ta’lim muassasalarining dasturiy-metodik ta’minoti, maktabgacha ta’limda pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish masalalari yoritib berilgan. «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»ning bosh g‘oyasini shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni amalga oshirish tashkil etgan. Ana shu asosdan kelib chiqqan holda maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etishga doir zamonaviy yondashuvlar sifatida ijtimoiypedagogik, gnoseologik (bilishga doir), psixologik, akmeologik kabilarga alohida e’tibor qaratish, ulardan yaxlit tarzda foydalanish bayon etilgan.
Shuningdek, konsepsiyada maktabgacha ta’limning asosiy ikkita – didaktik va metodik modellarining mohiyati ham chuqur va yetarlicha yoritib berilgan. Har ikkala model ham shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari nuqtayi nazaridan asoslab berilgan bo‘lib, ular- 27 ning asosiy tamoyillari, ta’lim vositalari, bosqichlari hamda pedagog va bolalarning o‘zaro harakati turlari aniq ko‘rsatib berilgan. Konsepsiyaning uchinchi – «Maktabgacha ta’limning tuzilishi» bo‘limida maktabgacha ta’lim muassasalarining turlari, tabaqalashtirilgan yondashuv asosida maktabgacha ta’lim muassasalarida guruhlarni shakllantirish, ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash, mazkur ta’lim muassasalarida ijtimoiy va psixologik xizmatni yo‘lga qo‘yish, maktabgacha ta’lim muassasalari uchun tarbiyachilar tayyorlash tizimi, maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Konsepsiyada maktabgacha ta’lim muassasalarida asosiy e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan guruhlarni tashkil etishning tabaqalashtirilgan yondashuvga asoslangan quyidagi maqbul varianti taqdim etilgan. Unga ko‘ra turli yoshdagi tarbiyalanuvchilardan tashkil topgan guruhda – 10–12 ta bola, ilk yosh guruhida – 6–8 bola, uch yoshdan besh yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida – 8–10 ta bola, besh yoshdan olti yoshgacha bo‘lgan bolalar guruhida – 10–12 ta bola qamrab olinishi maqsadga muvofiq. Shuningdek, konsepsiyada ta’kidlab o‘tilganidek, maktabgacha ta’lim muassasalarini narsa-buyumlar bilan jihozlashda milliy-etnik, moddiy va ma’naviy qadriyatlar uyg‘unligiga erishish lozim. Chunki aynan maktabgacha ta’lim yoshidan boshlab bolada ma’naviy-axloqiy qiyofa shakllana borib, uning har tomonlama uyg‘un rivojlanishiga tamal toshi qo‘yiladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida psixologik va ijtimoiy xizmatning birga olib borilishi tarbiya samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Psixologik xizmat bolaning har tomonlama, psixik va shaxsiy rivojlanishiga imkon bersa, ijtimoiy xizmat esa bolaning sotsium (ta’lim muassasasi, oila va mahalla)dagi tarbiyasi, rivojlanishi va to‘liq ijtimoiylashuvini ta’minlashga doir shart-sharoitlar yaratadi. «Maktabgacha ta’lim Konsepsiyasi»da belgilab berilgan yana bir muhim vazifa maktabgacha ta’lim muassasalarining dasturiy-metodik ta’minotini takomillashtirishdir. Yaratilishi lozim bo‘lgan dasturiy-metodik majmua maktabgacha ta’limga qo‘yilayotgan talablar, bolalar bilan ishlash, ularni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirishni ta’minlashi zarur. Mazkur majmuada tarbiyachilar va maktabgacha ta’lim sohasida faoliyat yurituvchi boshqa mutaxassislar uchun yangi avlod darslik va o‘quv qo‘llanmalari o‘rin egallashi kerak. Albatta, bu xayrli ishlarni ta’lim-tarbiyaning birinchi bo‘g‘ini bo‘lgan oila, maktabgacha ta’lim muassasasidan olib borish maqsadga muvofiqdir deb ko‘rsatib o‘tilgan. Shunday ekan, biz birinchi navbatda maktabgacha ta’lim tizimiga e’tibor berishimiz, ularni yetuk malakali mutaxassislar bilan boyitishimiz zarurdir. Tarbiyalanayotgan bolalarni har tomonlama bilimli odob-axloqli qilib tarbiyalash bizning oliy maqsadimizdir. 4. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirishning ilmiy-pedagogik shart-sharoitlari. Ta’lim tizimidagi islohotlar va davlat tili to‘g‘risidagi qonun bolalar nutqini shakllantirish, xususan, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish metodikasi va amaliyotida o‘zgarishlar bo‘lishini taqozo etadi. Bu o‘zgarishlar me’yoriy o‘quv-metodik adabiyotlarda muayyan darajada o‘z aksini topgan. Lekin, ularga hozirgi talablar nuqtayi nazaridan tanqidiy yondoshmoq talab etiladi. Metodist olimlarning ko‘pchiligi bolalar bog‘chalarida bolalarning nutqini o‘stirish shartlarini to‘g‘ri ta’kidlaydilar. Mazkur mualliflarning fikricha, nutq madaniyatining kamchiliklari bola shaxsiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Xususan, bola tengdoshlari bilan muloqotda qo‘rs, odamovi, quntsiz bo‘lib qoladi.
Bundan tashqari, bunday bolada tevarak-atrofni o‘rganishga bo‘lgan qiziqish pasayadi, keyinchalik esa maktabda darslarni o‘zlashtira olmaslikka sabab bo‘ladi. E’lon qilingan tadqiqot ishlarini umumlashtirib o‘rgangan holda ularning ko‘pchiligida maktabgacha yoshdagi bolalarda nutq madaniyatini shakllantirishga oid vazifalarni hal etishga nisbatan quyidagicha yagona yondashuv zaruriyatini aniqladik:
– tovushlarni to‘g‘ri talaffuz qilishni shakllantirish (bolada avvalo nutq eshitish shakllanadi, talaffuzni u keyinroq egallaydi);
– aniq talaffuz hosil qilish (so‘z va so‘z birikmalarini dona-dona hamda aniq talaffuz qilish);
– so‘zni talaffuz qilganda urg‘uni to‘g‘ri qo‘yish ustida ishlash;
– nutqning orfoepik jihatdan to‘g‘riligi ustida ishlash (bu namunaviy adabiy talaffuz qoidalarining jami);
– nutq sur’atini rivojlantirish;
– nutqning ifodaliligini shakllantirish (nutqning tabiiy, erkin, ya’ni nutqning ongli ifodalanishi);
– nutqiy aloqa ko‘nikmalarini tarbiyalash;
– nutqiy eshitish ko‘nikmalarini shakllantirish;
– nutq’iy nafas olishni shakllantirish;
– o‘z fikrini erkin va izchil bayon etish malakasini shakllantirish. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqiy aloqani tarbiyalashda tarbiyachi va ota-onalarning roli benihoya kattadir.
Bolalar nutqi ustida ishlash jarayonida:
a) tengdoshlari bilan suhbatda xushmuomala bo‘lishlariga;
b) tabiiy ohangda gapirishlariga;
d) so‘zlashganda suhbatdoshining yuziga qarab turishlariga;
e) qo‘llarini bamaylixotir holatda tutib turishiga e’tibor bermoq zarur. Bizga ma’lumki, til bilan tafakkur o‘rtasida uzviy aloqa mavjud, ular bir-birisiz yashamaydi. Manbalar tahlili shuni tasdiqlaydiki, maktabgacha katta yoshdagi bolalarning so‘z boyligini rejali, tarzda izchil kengaytirib borish zarur. Bolalar nutqini to‘g‘ri rivojlantirish uchun: a) nutq o‘stirishga doir tevarak-atrof obyektlarini oldindan ajratish va ular bilan tanishtirish; b) bolalarning eslab qolishi va to‘g‘ri talaffuz etishi, so‘zlashganda tez-tez foydalanishi, ahamiyatini tushunishi, zarur bo‘lgan so‘zlarning taxminiy ro‘yxatini tuzish lozim.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning faol lug‘atini boyitishda ularni tevarak-atrof bilan tanishtirish muhim vosita sanaladi, tadqiqotchi A.M.Borodich shunday deb yozadi: «Bolalarni borliq bilan tanishtirishning ikkita yo‘li bor»:
1) hissiy organlar bilan tashqi olamni bevosita idrok etish – bolalar predmetlarni kuzatadilar, ushlab ko‘radilar, eshitadilar, tatib ko‘radilar, u bilan harakat qiladilar;
2) bolalar tevarak-atrofdagilar haqida bevosita ma’lumot oladilar; tarbiyachi mehnat kishilari to‘g‘risida, tabiat bilan bog‘liq 30 hayot haqida gapirib beradi, bolalar kuzatgan hodisalarni tushuntiradi, kitob o‘qib beradi, rasmlar, diafilmlar, kinofilmlar namoyish etadi. Xuddi mana shu tavsiyalar maktabgacha yoshdagi bolalar bilib oladigan tevarak-atrof obyektlarini tasniflash uchun asos sifatida qabul qilinishi mumkin. Shu bilan birga, bolalarda faol va passiv lug‘at boyligi asta-sekin ortib boradi, nutq rivojlanadi. Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigan, ma’nosini tushunadigan, eslab qoladigan hamda qo‘llaydigan so‘zlarni asta-sekin tevarak-atrof bilan tanishish jarayonida ota-onalari, tengdoshlari axborotlari orqali, shuningdek, o‘zining uncha ko‘p bo‘lmagan so‘z zaxirasiga tayanib bilib oladi. Bola o‘sib boradi, uning ehtiyojlari ko‘payadi, yangi istaklari, qiziqishlari paydo bo‘ladi. Biroq tarbiyaning aqliy, axloqiy, mehnat va boshqa turlari bir maromda (bolaning yoshiga muvofiq) amalga oshishi uchun maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘atidagi so‘zlar miqdori ustida yetarlicha o‘ylab ko‘rilmaydi. Afsuski, bu masalaga tadqiqotchilar tomonidan ham tegishli darajada e’tibor berilmaydi.
Ta’limiy-tarbiyaviy jihatdan nihoyatda dolzarb bo‘lgan bu muammo nazariy-metodologik va metodik jihatdan tadqiq etilmagan va ishlanmagan. Hozirgi davr tadqiqotchilari maktabgacha yoshdagi bolalar uchun (shu jumladan, nutqni rivojlantirish bo‘yicha ham) namunaviy faol va passiv so‘zlar lug‘atini (hech bo‘lmaganda taxminiy) tuzishlari ham kun tartibidagi dolzarb masaladir. Ayniqsa, 5, 6 va 7 yoshdagi bolalar uchun lug‘atlar tuzish nihoyatda muhimdir. Shu bilan birga, nafaqat so‘zlarning miqdoriy tarkibini aniqlash (1500, 2000 yoki 3000 – 4000 so‘z), balki ularni mavzular va hayotiy ahamiyati bo‘yicha ham hisobga olish muhimdir. Shunday qilib, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rejali tarzda rivojlantirish uchun nafaqat tevarak-atrofni o‘rganish, obyektlarni asosli ravishda tanlash, balki ayni paytda eng ahamiyatli so‘zlarni ularning mavzu jihatdan xilma-xilligi (ya’ni sifat tarkibi, ma’nosi) bo‘yicha o‘rganishni ta’minlash ham dolzarb masaladir.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarning tevarak-atrofni o‘rganishda nutqini rivojlantirish uchun nazarda tutish lozim bo‘lgan so‘zlarni mavzu jihatidan guruhlarga quyidagicha bo‘lish mumkin:
– ota-onalar, qarindosh-urug‘lar, tengdoshlar bilan bog‘liq so‘zlar;
– maishiy predmetlar, o‘yinchoqlarni anglatadigan so‘zlar;
– bola yashab turgan joydagi predmetlar va boshqa narsalarni anglatadigan so‘zlar;
– hovli, ko‘cha, xiyobon, bog‘, tomorqadagi narsa-predmetlarni anglatadigan so‘zlar;
– hayvonot olami, qushlar, sudralib yuruvchilar, hasharotlarni anglatadigan so‘zlar;
– jonsiz tabiat obyektlarini anglatadigan so‘zlar;
– inson kasb faoliyatining har xil turlari (kasbi, ixtisosi, ish turlari va hokazo)ni anglatadigan so‘zlar;
– buyumlar, moslamalar, asbob-uskunalar, mashinalar, materiallar va hokazolarni anglatuvchi so‘zlar;
– pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, tarix (axloq, ma’naviyat, qadriyat) kabilar bilan bog‘liq so‘zlar;
– ijtimoiy-siyosiy hodisalar bilan bog‘liq bo‘lgan so‘zlar. Maktabgacha ta’lim muassasalarida maktabgacha katta yoshdagi bolalar ayrim so‘zlarni o‘rganish bilan bir qatorda, iboralarni (osmonda yarim oy, oyoq yalang) ham talaffuz qilishni o‘rganishlari ularning bog‘lanishli nutqini o‘stirishga samarali ta’sir ko‘rsatar ekan.
Ma’lumki, maktabgacha katta yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish faoliyatning har xil turlarida amalga oshiriladi:
– tabiat obyektlari bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;
– badiiy asarlar bilan tanishtirish mashg‘ulotlarida;
– savod o‘rgatishda;
– o‘yin faoliyatida;
– ijtimoiy foydali mehnat jarayonida turli ishlarning bajarilishida. Tadqiqotchilardan L.P.Fedorenko va G.A.Fomichevalar metodik jihatdan muhim g‘oyani ilgari suradilar: «Bolani nutqqa o‘rgatish, – deb yozadi ular, – unga til materiyasini (nutq organlarini mashq qildirish) til belgilari, leksik va grammatik belgilar (intellektni mashq qildirish) ma’nosini tushunishni osonlashtirish, leksik va grammatik belgilar yordamida (ehtiros 32 va tuyg‘ularni mashq qildirish) borliqni baholashni ifodalashni o‘rgatish, adabiyot me’yorlarini eslashni osonlashtirishga ko‘mak berish demakdir». Bola tomonidan nutqni o‘zlashtirishga asosli yondashuv bilan kelishgan holda biz shunga e’tiborimizni qaratdikki, qo‘llanma mualliflari tez-tez «yordam berish», «mashq qildirish» va boshqa iboralarni qo‘llaydilar-u, biroq qay tarzda yordam berish, mashq qildirish mumkinligiga kam e’ibor qaratadilar. Nutq o‘stirish bo‘yicha aniq maqsadga qaratilmagan mashqlar bolalarning bog‘lanishli nutqini o‘stirishga ijobiy ta’sir ko‘rsata olmasligi mumkindir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va ularga ona tilini o‘rgatish sohasidagi psixologo-pedagogik tadqiqotlarni tahlil qilish quyidagi xulosalarga kelish imkonini beradi:
• Nutqni rivojlantirish – bu bolaning individual rivojlanishida markaziy o‘rinni egallovchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishiga oid o‘ta murakkab va ko‘p omilli jarayondir.
• Bu stixiyali jarayon emas, balki pedagogik rahbarlikni taklif qiluvchi ijodiy jarayondir.
• Bolaning nutqiy rivojlanish jarayonini boshqaruvchi pedagog ushbu jarayon qonuniyatlari, mexanizmlari va uning turli yosh bosqichlaridagi xususiyatlarini bilishi, nutqiy rivojlanishning individual xususiyatlarini ko‘ra bilishi va bolaning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda uning nutqiga pedagogik ta’sir ko‘rsatishning eng samarali yo‘llarini tanlashi shart. «Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o‘zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi. Yetti yoshga kelib, bola odatda, nutqning barcha grammatik shakllarini, ya’ni: otlarni turlash, eng ko‘p qo‘llaniladigan fe’llarni tuslashni bilishi lozim. Harakat belgisini (kenglik, vaqt, harakat obrazi) tavsiflash uchun ular ravishlardan foydalanadilar, buning uchun bolalar ularni so‘z birikmasi va gap qatorida qo‘llaydilar: tez yurdi, sekin gapirdi, chapga burildi va boshq. 33 Yetti yoshli bolalar nutqida old ko‘makchilar ko‘pincha nafaqat o‘z ma’nosida, balki chet ma’noda ham qo‘llaniladi. Shunisi diqqatga sazovorki, old ko‘makchilar dastlab kenglik ma’nosi ko‘rsatkichi sifatida to‘rt-besh yoshli bolalar nutqida paydo bo‘ladi (uydan, devordan uzoqlashdi); so‘ngra besh-olti yoshli bolalar ushbu old ko‘makchini obyektiv ma’no ko‘rsatkichi sifatida ham qo‘llaydilar (onamning sovg‘asi, dadamning xati) va faqat, keyinroq, yetti-sakkiz yoshlarga kelib, bola sabab ma’nosini ifodalash uchun «dan» old ko‘makchisidan foydalanishi mumkin (qo‘rqanidan qichqirib yubordi, og‘riqning zo‘ridan yig‘lab yubordi). Yetti yoshga kelib, odatda, nutqning sintaktik qatori shakllanadi: bola oddiy gaplarni, bir xil a’zoli gaplarni to‘g‘ri tuzadi, bunda u biriktiruvchi, zidlovchi, ajratuvchi bog‘lovchilarni qo‘llaydi; u o‘z nutqida qo‘shma gaplardan, ko‘pincha esa turli xil sintaktik munosabatlarni ifodalovchi ergashgan qo‘shma gaplardan foydalanadi: qo‘shimcha gaplar – «Kamol nima ko‘rganligimizni so‘radi»; maqsadli gaplar – «Biz oziq-ovqat xarid qilish uchun do‘konga ketayapmiz»; shartli gaplar – «Agar yomg‘ir yog‘masa, biz sayr qilgani chiqamiz» va boshq. O‘z taassurotlari haqida hikoya qilar ekan, olti yoshli bola ravon monologik nutq shaklidan foydalanishi lozim.
Aynan bir fikrni turli vositalar yordamida rasmiylashtirish maktabga tayyorlash guruhidagi bolalarda grammatik nutq ko‘nikmalarini shakllantirishga doir ishlarning asosiy turi bo‘lishi mumkin. Masalan, bolalar o‘yin-kulgi qilayotgan syujetli suratni tahlil qilishda qator gaplarni tuzish mumkin: «Bolalar quvonchdan sakrab yuborishdi», «Xursand bo‘lib, bolalar osmonga sakradilar»; «Bolalar sakrab yuborishdi, chunki ular xursand edilar». Aynan bir mavzuda turlicha gaplar tuzishga doir bunday ishlar maktabgacha yoshdagi bolalar bitta fikrni turlicha ifodalash imkonini beradi. Mashg‘ulotlarda tarbiyachi ataylab bolalarga bir-birining o‘rnini bosishi mumkin bo‘lgan gaplar tuzishni o‘rgatadi. Aynan bir mavzuga oid gaplar variantlarini yaratish uchun didaktik o‘yinlar, syujetli rasmlar, badiiy matnlardan foydalanish mumkin. Bitta fikrni ifodalash uchun turlicha gaplar tuzishga oid ishlar yetti yoshli bolalarda grammatik to‘g‘ri nutq ko‘nikmalarini shakllantirishda asosiy o‘rinni egallashi lozim. 34 Bu yoshdagi bolalarga nutqda sifatdoshlarni qo‘llashni o‘rgatish ular nutqini rivojlantirishga doir ishlarning ikkinchi yo‘nalishi bo‘lishi mumkin. Bolalar nutqiga sifatdosh shakllarni kiritish uchun bolalar, kattalar, hayvonlar, qushlarning turli harakatlarini tasvirlovchi suratlardan foydalanish mumkin (o‘qiyotgan bola, raqs tushayotgan qiz, yugurayotgan quyon va h.k.). Bolalar surat asosida gap tuzadilar: «Bola o‘qiyapti». Tarbiyachi o‘qiyotgan bola so‘z birikmasini tuzishga yordam beradi. Tarbiyachi so‘z birikmasidagi sifatdoshni aytadi, so‘ngra bolalardan so‘raydi: «Qaysi bola?» – «O‘qiyotgan bola». Mashg‘ulot uchun eng ko‘p qo‘llaniladigan fe’llarni olish va ulardan hozirgi zamondagi haqiqiy sifatdoshlarni hosil qilish darkor. Bolalarga hech qanday atamalar ma’lum qilinmasligi kerak, bunda ularning ayrim sifatdoshlarni esda saqlab qolishlari va zarur bo‘lganda ularni o‘z nutqiga qo‘sha olishlari juda muhimdir.
Bolalarning sifatdoshlarni qo‘llashlariga oid ishlar tabiatni kuzatish chog‘ida, rasm chizish mashg‘ulotlarida, badiiy adabiyotni o‘qish jarayonida o‘tkazilishi mumkin. Bunda quyidagi usullardan foydalanish mumkin:
1. Predmetni, uning belgilarini ko‘rsatish va nomini aytishni ularning mohiyatini ochib beradigan izohlar bilan birgalikda amalga oshirish lozim. Masalan, tushayotgan barg so‘z birikmasida – bu tushayotgan bargdir. Bolalarga tanishtiriladigan sifatdoshlarni yaxshisi, oldin alohida-alohida, keyin jo‘r bo‘lib aytgan ma’qul.
2. Muayyan so‘zning hosil bo‘lishini tushuntirib berish: «chizayotgan» so‘zi chizmoq so‘zidan, «raqsga tushayotgan» so‘zi raqsga tushmoq so‘zidan hosil bo‘lganligini aytish lozim.
3. Sifatdoshga savollar qo‘yish: «Dala qanday, sarg‘ayaptimi?» – «Sarg‘ayapti».
4. Ot va sifatdoshdan iborat bo‘lgan so‘z birikmasi asosida gap tuzish: «sarg‘ayayotgan barglar – olmaning sarg‘ayayotgan barglari ko‘rinib turibdi», «varillayotgan samolyot – varillayotgan samolyot shahar ustidan uchib o‘tdi» va h.k. Agarda o‘qilayotgan asar matnida sifatdosh uchrasa, bolalarning uni hikoya qilib berishida mazkur sifatdoshni u taalluqli bo‘lgan otlar bilan birgalikda qo‘llashlariga, tarbiyachi savol berganida esa ushbu sifatdosh hosil bo‘lgan fe’l nomini ayta olishlariga e’tibor berish juda muhimdir. Maktabgacha yoshdagi katta bolalarga mustaqil hikoyatavsiflar (o‘yinlar, narsalar bo‘yicha) yoki syujetli suratlar turkumi asosida hikoyalar tuzishni o‘rgatish maqsadida nutqni rivojlantirishga doir maxsus ishlarni o‘tkazishda tarbiyachi bolalarning o‘zlariga ma’lum bo‘lgan barcha grammatik shakllarni qo‘llashlariga erishishi lozim: otlarning kelishik shakli va sifatlar, sifatlar to‘liq va qisqa shaklda, sifatlarni taqqoslash darajalari (yuqori, baland, eng baland); fe’llarning tuslanadigan shakllari; eng keng tarqalgan ravishlar (o‘ngga, chapga, oldinga, orqaga, bu yerda, anavi yerda, yuqorida, pastda, yaxshi, tez), hozirgi zamon haqiqiy sifatdoshlari; old ko‘makchilar va bog‘lovchilar. Bolalar nutqining sintaktik qatorini rivojlantirar ekan, tarbiyachi bolalarning oddiy gaplarni, bir xil a’zoli, oborotli gaplarni, qo‘shma gaplarni to‘g‘ri tuzishlariga e’tiborni qaratishi lozim. Faqat yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan barcha grammatik shakllarni o‘zlashtirgan taqdirdagina bola maktabda o‘qishga yaxshi tayyorlangan bo‘ladi.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin