XULOSA. Agar maktabgacha yoshdagi ya’ni 3–7 yoshdagiboladan berilgan topshiriqda nutqiy faoliyatning elementi bo‘lmish so‘z bilan muayyan amallarni bajarish talab etilsa, masalan, gap tarkibidan so‘zlarni ajratib olish vazifasi berilsa, S. N. Karpovaning tadqiqoti ko‘rsatishicha, bolada unga aytilgan gap belgilaydigan vaziyatga orientir olishning ancha barqaror moyilligi kuzatiladi. Berilgan so‘z tarkibida nechta so‘z mavjud degan savolga bolalar gapni “boshdan oyoq” qaytadan takrorlaydi. Masalan, “Koptok yumalab ketdi” degan gap berilsa, bola bu gapda bitta so‘z “Koptok yumalab ketdi” degan so‘z borligini aytadi. Ayni 5–9 yoshda bolalar xuddi shunday ifodalaydi. S. N. Karpovaning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, maktabgacha yoshdagi bolada gap tarkibidan barcha turdagi so‘zlarni ajratib olish ko‘nikmasini shakllantirish mumkin. Buning uchun ularga so‘zlarning mezonlarini, ya’ni so‘z tovushlarining majmuasidan iboratligini, so‘z doim muayyan mazmunga egaligini anglashi lozim. Albatta buning uchun bolaning yoshiga mos keluvchi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilinganday qilinganda, yoshidan qat’iy nazar bolalarda so‘z haqida adektiv va anglangan tasavvurlar paydo bo‘ladi.
Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni yuksak g‘oyaviylik ruhida tarbiyalash ularning ongiga xalq, millat, yurt, jamiyat manfatlaridan yuqoriroq manfaat bo‘lishi mumkin emasligini singdirishi, ularni vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash demakdir. Bunda esa albatta tarbiyachining o‘rni beqiyos va muhimdir.
Shunday qilib aytganda nutq maktabgacha yoshdagi bolalarning taraqqiy etishlarida katta o‘rin tutadi. Shuning uchun ham maktabgacha yoshdagi bolaning nutqini o‘stirishda atrofdagi insonlarning shuningdek tarbiyachilarning nutq madaniyati rivojlangan bo‘lishi muhim sanaladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarning eng muhim xususiyati nutqning rivojlanganligi hisoblanadi. Tarbiyachi tomonidan nutq o‘stirish to‘g‘ri rejalashtirib boriladi
– Inson tajribasining tarixan shakllangan mazmuni so‘zli shaklda umumlashtirilgan, uni bayon etish va o‘zlashtirish esa ushbu jarayonda nutqning ham ishtirok etishini nazarda tutadi. Nutq bolaga inson madaniyatining barcha yutuqlariga yo‘l ochadi.
– Nutqni egallab olishning eng muhim bosqichlari maktabgacha yoshga to‘g‘ri keladi.
– Maktabgacha ta’lim bola sog‘lom, har tomonlama kamol topib shakllanishni ta’minlaydi, unda o‘qishga intilish hissini uyg‘otadi, uni muntazam ta’lim olishga tayyorlaydi.
– Maktabgacha yoshdagi bola eshitadigan, ma’nosini tushunadigan, eslab qoladigan hamda qo‘llaydigan so‘zlarni asta-sekin tevarakatrof bilan tanishish jarayonida ota-onalari, tengdoshlari axborotlari orqali, shuningdek, o‘zining uncha ko‘p bo‘lmagan so‘z zaxirasiga tayanib bilib oladi.
– «Bola nutqini rivojlantirish» hodisasining o‘zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o‘tishlari zarur