O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’limi vazirligi abdulla



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə1/6
tarix23.05.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#120125
  1   2   3   4   5   6

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMI VAZIRLIGI


ABDULLA QODIRIY NOMLI JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITETI

Boshlang’ich ta’lim”


fakulteti

Maktabgacha ta’lim yo’nalishi_209 - guruh






MAVZU: Maktabgacha yoshdagi bolalarning "Nutq muloqot òqish yozish malakalari"ni shakillantirish
Bajardi: _


Qabul qildi, ilmiy raxbar: _


Jizzax- 2023 yil

A.QОDIRIY NОMIDAGI


JIZZAХ DAVLAT PЕDAGОGIKA UNVERSITETI
________________ fakultеti
“Ona tili va uni o’qitish mеtоdikasi” kafеdrasi
“Tasdiqlayman”
Kafеdra mudiri “ 20 yil.


KURS ISHIGA TОPSHIRIQ


Talaba 1.Ishning mavzusi:
_ 2.Ishni tоpshirish muddati: 3.Mavzu bo’yicha dastlabki ma’lumоtlar bеruvchi adabiyotlar ro’yхati:


_

  1. Ishni maqsadi va hal qiladigan masalalar:




  1. Grafik qismi matеriallari ro’yхati:




  1. Maslahatchi:

Bo’limlar



Maslahatchi F.I.О



Imzо. Sana

Tоpshiriq bеrdi

Tоpshiriq qabul
qilindi





























































Maktabgacha ta’lim yo’nalishi 209 - guruh talabasi
Muxtorova Madinaning

mavzusidagi KURS ISHIGA


TAQRIZ


Ushbu kurs ishining kirish qismida


_
_
_
_
_
_
_
Asosiy adabiyotlar sharxida
_
_
_
_
_
_
_
Eksperimental qismda
_
_
_
_
_
_

Xulosalar keltirilgan. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va internet ma’lumotlardan foydalanilgan.


Kurs ishini himoyaga tavsiya etaman.
Taqrizchi:


MUNDARIJA


KIRISH……………………………...…………………5

  1. BOB

    1. Bolalar nutqining rivojlanish davrlari......................

    2. Tayyorgarlik va bog‘chagacha bo‘lgan davr.............

  2. BOB

2.1 Nutq, muloqot, o‘qish va yozish malakalari sohasining kichik
sohalari haqida…………………………………………………….

    1. Bilish jarayonlarining rivojlanishi sohasining kichik

sohalari haqida……………………………………………………..

  1. BOB

    1. Bolalar nutqini rivojlantirish metodikasi fanining tashkil topishi va rivojlanishi..........................................................................18

    2. Bolalar nutqini o‘stirishga oid nazariy ishlar........................

XULOSA………………………………………….……39
Foydalanilgan adabiyotlar....................................40
KIRISH
Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi – bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi. O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo‘lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog‘liqdir.»1 – deb alohida ta’kidlaganlar. Hozirgi paytda yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jamiyatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Dunyo davlatlari orasida O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib umumbashariy tavsifga ega mazkur muammoni hal etishga doir konseptual-nazariy asoslar yaratildi va tizimli ravishda amaliyotga tatbiq etib borilmoqda. Mazkur ezgu maqsadni hayotda o‘z isbotini topishda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Bolaning nutqi kattalar nutqi asosida rivojlanib boradi. nutqning to‘g‘ri shakllanishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, to‘g‘ri nutq muxiti va ta’lim-tarbiyaga bog‘liq. Nutq tug‘ma qobiliyat emas, balki xayot davomida bolaning jismoniy va aqliy rivojlanishi bilan bir qatorda shakllanib boradi. nutq buzilishlarini o‘rganish, tushunish uchun bola nutqining normal rivojlanish yo‘lini, bu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini, nutqning muvaffakiyatli shakllanishida katta rol o‘ynovchi sharoitni bilishi lozim. Bundan tashqari bola nutqining rivojlanish jarayonidagi rivojlanish davrini anik bilish zarur. Bu esa nutqning rivojlanish jarayonidagi u yoki bu kamchiliklarni o‘z vaqtida bilish va aniqlash uchun kerak bo‘ladi. Masalan, 1 yoshu 4 oylik bola gapirmayapti. Pedagog bolaning normal rivojlanishida birinchi so‘zlar qachon paydo bo‘lishina bilsa, u xolda bu bolaning normal yoki nonormal rivojlanayotganini xal qila oladi. Bola nutqining rivojlanish xususiyatlarini bilish, nutq buzilishlariga to‘g‘ri diagnoz qo‘yishi uchun ham zarurdir. Ba’zi mutaxassislar uch yoshli bolaning tovush talaffuzuzidagi kamchiliklarni bartaraf etish uchun uni logoped qabuliga yuboradilar. Shu to‘g‘rimi? Yo‘q, albatta. Chunki, nutqi normal rivojlanayotgan bolaga hali bu yoshda ba’zi bir tovushlarni noto‘g‘ri talaffuzuz etish xos bo‘ladi. Bu ko‘rinish fiziologik dislaliya deb atalib, bu yoshdagi bolalarda artikulyatsiya apparatining hali yetarli darajada shakllanmaganligini bildiradi. nutq kamchiliklarini bartaraf etishda to‘g‘ri va aniq tarbiyaviy-tuzatish ish rejasinin tuzish uchun bola nutqining rivojlanish qonuniyatlarinin yana bir karra bilish zarur xisoblanadi.


Mualliflar bola nutqining shakllanish davrlarini turlicha ko‘rsatadilar, ularni har-xil nomlaydilar va har birining yosh chegaralarini turlicha ifodalaydilar. G. L. Rozengrad-Pupko bolada nutq rivojlanishni 2 davrga ajratadi: 1. Tayyorlov davri. ( 2 yoshgacha bo‘lgan davr) 2. nutqning mustaqil shakllanish davri. A.N. Leontev bola nutqining shakllanishini 4 davrga bo‘lib ko‘rsatadi:
Tayyorgarlik davri- 1 yoshgacha.
Bog‘chagacha bo‘lgan davr- 3yoshgacha.
Maktabgacha bo‘lgan davr- 7 yoshgacha.
Maktab davri.
Bu davrlarning to‘liq tavsifi ustida to‘xtalib o‘tamiz. Shunday qilib,
Birinchi davr-tayyorgarlik davri.
Bola tug‘ilgan daqiqadan boshlab ovoz chiqaradi. Bu ovoz qichqiriq va yig‘idan iborat bo‘ladi. To‘g‘ri, bu ovoz odam nutqidan uzoq. Lekin, ana shu qichqiriq va yig‘i nutq apparatining 3 bo‘limini (nafas olish, ovoz xosil bo‘lish, artikulyatsion) rivojlanishda katta rol o‘ynaydi. Ikki xafta o‘tgach, bola gapirayotgan odamning ovoziga e’tibor bera boshlaydi. Unga gapirayotganda quloq soladi, yig‘lashdan to‘xtaydi.
Bir oyligining oxiriga borib, uni mayin qo‘shiq (ALLA) ostida tinchlantirish mumkin bo‘lib qoladi. Keyinchalik u boshini gapirayotgan odam tomonga buradi yoki uni ko‘zlari bilan kuzatadi. Tez kunda bola intonatsiyaga e’tibor bera boshlaydi: mayin gapirganda tinchlanadi, keskin intonatsiyaga yiglaydi. Ikki oylik atrofida gu-gulash, uch oylikning boshida bug‘inlarning talaffuzuzi paydo bo‘ladi.(aga-aga, ta-ta, ba-ba va boshqadar)
Bunda tovushlar birikmasi aniq artikulyatsiya qilinmaydi. Bola besh oyligida tovushlarni eshitadi. Atrofdagilarning lablari artikulyatsion harakatini ko‘rib, unga taqlid qilishga harakat qiladi. Bolaning qandaydir aniq harakatlarni ko‘p marotaba takrorlashi harakat ko‘nikmasining mustaxkamlanishiga olib keladi. Olti oyligidan boshlab bola taqlid qilish orqali ba’zi bug‘inlarni talaffuzuz eta boshlaydi: na-na-na, be-be-be, da-da-da, pa-pa-pa va boshqalar. Keyinchalik bola taqlid qilish orqali nutqning xilma-xil elementlarini asta-sekin o‘zlashtira boshlaydi. Bunda bola nafaqat fonemalarni, balki nutqning sur’at, ritm, ton, musiqaviyligi, ifodaliligini o‘zlashtiradi.
Ikkinchi yarim yillikda bola ba’zi bir tovushlar birikmasini idrok qila boshlaydi va ularni predmetlar yoki harakatlar bilan bog‘laydi. (bu, ma, bey).Bola yetti - to‘qqiz oyligida kattalar ketidan turli xil bo‘g‘inlarni qaytara boshlaydi. O‘n – o‘n bir oyligida so‘zlarning o‘ziga reaksiya paydo bo‘la boshlaydi. (vaziyat va gapirayotgan kishining intonatsiyasidan qat’iy nazar) Bu vaqtda bola nutqi shakllanayotgan shart-sharoitlar muxim ahamiyat kasb eta boshlaydi.(kattalarning to‘g‘ri nutqi va kattalarga taqlid qilish va xakozolar).Bola xayotining birinchi yilining oxiriga kelib unda nutqiy aloqada bo‘lish extiyoji o‘sib boradi. U bir nimani olishni, so‘rashni aytishni xoxlaydi. Bu extiyoj bolaning butun faoliyatida ishtirok etadi va unda aktiv nutqning paydo bo‘lishini belgilab beradi. Bir yoshning oxiridan boshlab bolada aktiv nutq rivojlana boshlaydi. Birinchi so‘zlar paydo bo‘ladi.
Ikkinchi davr-bog‘chagacha bo‘lgan davr.(1yoshdan 3 yoshgacha) Bolada birinchi so‘zlar paydo bo‘lgandan so‘ng tayorlov davri tugab aktiv nutqni egallash davri boshlanadi. Bu vaqtda bola atrofdagilar artikulliyatsiyasiga e’tibor beradi. U gapirayotganlar orqasidan so‘zlarni ko‘p marotaba takrorlaydi va o‘zi ham so‘zlarni talaffuzuz qiladi. Talaffuzuz vaqtida bola ba’zi tovushlarni noto‘g‘ri talqin etadi, o‘rnini almashtiradi yoki o‘z nutqida qo‘llamaydi. Bu vaqtda bola bir so‘z yoki tovushlar birikmasi bilan predmetni ham, iltimosni ham, xis-tuyg‘uni ham ifodalashi mumkin. Bola xayotining 2-3 yiliga kelib, uning lug‘at boyligi sezilarli darajada boyib boradi. Shuni ta’kidlash kerakki, ko‘pgina xilma-xil tadqiqotchilar bola so‘z boyligining o‘sib borishida turli raqamli ma’lumotlarni ko‘rsatadilar. Eng keng tarqalgan ma’lumotga ko‘ra, bolalarning lug‘at boyligini bog‘chagacha bo‘lgan davrda o‘sishi quyidagi raqamlarni ko‘rsatadi:
1 yoshu 6 oyda 10-15 ta, 2 yoshning og‘iriga kelib 300 ta, 3 yoshda 1000 ta so‘z. Bola xayotining uchinchi yiliga kelib, nutqning grammatik tomoni shakllana boshlaydi. Avval bola o‘z xoxishi va iltimoslarini har bir so‘z bilan ifodalaydi. Keyinchalik 1-2 ta so‘zdan iborat sodda jumlalar paydo bo‘la boshlaydi.
Uchinchi davr- maktabgacha bo‘lgan davr. (3 yoshdan 6 yoshgacha).
Maktabgacha bo‘lgan davrda bolalar birinchi navbatda artikulyatsion jixatidan oson talaffuz etiladigan: lab-til undoshlari (p, b, m, f, v ) va boshqalarni o‘rgana boshlaydilar. Artikulyatsion jixatidan talaffuzuz etish qiyin bo‘lgan: shivirlovchi, sirg‘aluvchi (s, z, sh, j, ch ) va sonor (r, l)til orqa (k, g) tovushlarni talaffuzini egallashga qiynaladilar. Shuning uchun bolalar bu tovushlarni nutqda noto‘g‘ri qo‘llaydilar yoki talaffuzuz etmaydilar. 3-7 yoshgacha bo‘lgan davrda bolalarda eshitish malakalari rivojlanib boradi, bu esa bolaning o‘zi talaffuzini nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Ba’zi xollarda bolalar o‘z kamchiligini to‘g‘rilaydilar. Ularda fonematik idrok shakllanib boradi.
Bu davrda lug‘at boyligining o‘sishi davom etadi. Bolaning 4-6 yoshida uning aktiv lug‘ati 3000-4000 ta so‘zgacha yetadi. Lug‘at boyligi o‘sib borishi bilan birgalikda nutqning grammatik tomoni ham rivojlanib boradi. Bola xayotining 4-yiliga kelib, ular o‘z nutqlarida sodda va murakkab gaplarni qo‘llay boshlaydilar. 5 yoshga kelib esa qo‘shma gaplardan erkin foydalana oladilar. 5 yoshli bolalar qo‘shimcha savollarsiz xikoya va ertaklarni aytib berish qobiliyatiga ega bo‘ladilar. Bu davrda fonematik idrok sezilarli darajada rivojlanadi.
Bola avval unli va undoshlarni, so‘ng sonor, shovqinli va sirg‘aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi. Normada 4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok shakllangan bo‘lishi lozim. Bu vaktga kelib, tovushlarni to‘g‘ri talaffuz o‘zining shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama to‘g‘ri aniq gapira oladi.
Turtinchi davr-maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu davrning o‘ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi oldingi davrlarga nisbatan ongli ravishda ro‘y beradi. Bu davrda bolalar tovushlar analizi, nutqning grammatik qonuniyatlarini egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol o‘ynaydi. Grammatik qonstruksiyalar ham murakkablashib boradi, chunki, agar, kachonki kabi bog‘lovchilarni ishlata boshlaydilar. Bu bolaning tafakkur jarayonlari murakkablashib borayotganligini va bu nutqda o‘z ifodasinin topayotganligini ko‘rsatadi. Bola nutqining rivojlanish jarayoni o‘z vaqtida to‘g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar zarurdir. Buning uchun: bola ruxiy va jismoniy jixatidan sog‘ bo‘lishi, normal aqliy qobiliyatga ega bo‘lishi normal eshitish va ko‘rishi, yetarli darajada ruxiy aktivlikka ega bo‘lishi, gaplashish extiyojiga ega bo‘lishi, to‘g‘ri nutq muxitiga ega bo‘lishi lozim. Bolada nutqning normal rivojlanishi, unga doimo yangi tushunchalarni o‘zlashtirib olishga, tevarak-atrof xaqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq, uning rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog‘liqdir.


Nutq va til kichik sohasi bo`yicha davlat talablarida ko`rsatilgan talablar va kutilayotgan natijalar
6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning nutqni tinglash, tushunish va muloqot yuritish qobiliyatiga
egaligi ularda nutq rivojlanishining talabi hisoblanadi.
Quyidagilar 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda nutq indikatorlari hisoblanadi:
 turli nutq va kuylarga emotsional munosabatini namoyon etish;
 bolalar qo‘shiqlari va aytishuvlarini tinglash;
 turli ovozlarga taqlid qilish;
so‘zlarning dastlabki bo‘g‘inlarini hamda “ma”, “ka”, “ba” kabi oddiy bo‘g‘inlarni bayon
qilish.
Bola bilan munosabatlarda quyidagilarga amal qilish lozim:
 bola bilan ko‘proq so‘zlashish, unga she’rlar, latifalar aytib berish;
 musiqa va bolalar ashulalarini tinglashni rag‘batlantirish;
 alla aytish;
 muntazam ravishda quvnoq hikoyalar o‘qib va aytib berish;
 bola bilan muloqot yuritayotganda so‘zlarni bir necha marta takrorlash;
 bolaning tashabbuskorligini rag‘batlantirish va uning e’tiboriga javob qaytarish;
 chiroyli rasmlarni ko‘rsatish va ularning nomini aytish.
Bola bilan xotirjam va do‘stona ohangda muloqot qilish, shuningdek u turgan xonada tinch va
xotirjam sharoitlarni ta’minlash zarur.
O‘qish malakalari
O‘qish va savod malakalarini egallash
6 oylikkacha bo‘lgan bolalarning bosma materiallar, harflar va ramzlarga qiziqish bildirishi
hamda yozish ko‘nikmalarini o‘rganishi, ularda o‘qish va savod malakalari rivojlanishining
talablari hisoblanadi.
Quyidagilar 6 oylikkacha bo‘lgan bolalarda o‘qish va savod malakalari indikatorlari
hisoblanadi:
 qog‘oz yoki gazetani g‘ijimlab tashlash;
 rangli kitoblarni tomosha qilish;
 devordagi rasmlar va plakatlarni tomosha qilish;
ikki qo‘li bilan yozuv asboblarini (uchi ochilmagan rangli qalamlar, yopiq ruchkalar,
rangli markerlar) ushlab turish va ular bilan o‘ynash.
6 oylikkacha bo‘lgan bolalar bilan quyidagi mashqlarni muntazam ravishda bajarib turish lozim:
 bolaga qog‘oz parchasi berish va bolaning undan qanday foydalanishini kuzatib turish;
 bolaga chiroyli bezatilgan kitob berish va uning kitobni tomosha qilishini
rag‘batlantirish;1
 bolaning oldiga tartibsiz ravishda bir necha rasmlarni qo‘yish;
 bolaga katta marker yoki flomaster berish va ularni qo‘lida ushlab turishga undash.
Bolaning xavfsiz yashashi va harakatlanishini ta’minlash uchun uning turli buyumlarni og‘ziga solmasligini kuzatib turish lozim.
O‘qish malakalari kichik sohasi
3-4 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • kitob haqida tushunchaga ega;

  • kattalardan kitob o‘qib berishlarini so‘raydi;

  • o‘z yoshiga mos kitoblarni tomosha qiladi;

  • kitobdagi rasmlar va so‘zlar orasidagi bog‘liqlikni aniqlaydi;

  • rasmlardan tanish ertak qahramonlarini taniydi.

4-5 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • tinglagan hikoyasiga munosabatini bildiradi va kattalarga savol beradi;

  • rasmlar asosida tinglagan asarining asosiy o‘rinlarini gapirib bera oladi;

  • badiiy asardan parcha tinglagandan so‘ng asar nomini ayta oladi;

  • o‘z yoshiga mos she’rlarni yoddan biladi;

  • kitobdan ehtiyotlab foydalanadi.

5-6 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • so‘zdagi birinchi tovushni biladi;

  • kitobni mustaqil tomosha qiladi;

  • tovushlarni farqlaydi;

  • so‘zlarni bo‘g‘inga bo‘ladi;

  • so‘zlarga qofiya kelishtiradi;

  • nutqning dialogik shaklini qo‘llaydi, savollar beradi;

  • she’rlarni yod oladi va ifodali o‘qiydi;

  • sevimli badiiy adabiyot, ertak va hikoya mualliflari va ularning nomini biladi;

  • ifodalilikning ohang vositalarini to‘g‘ri qo‘llaydi;

  • harflarga tegishli so‘zlarni topadi.

6-7 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • boshqa bolalarga eslab qolgan kitob mazmunini so‘zlab beradi;

  • sodda va murakkab gaplarni nutqida qo‘llaydi;

  • so‘zlarni bo‘g‘inlarga bo‘ladi;

  • bo‘g‘inli kartochkalar yordamida bo‘g‘inlardan so‘zlar tuzadi;

  • so‘z, tovush, bo‘g‘in, gap haqida tushunchaga ega;

  • peshlavha, kitob nomlari, rasm tagidagi yozuvlar va hokazolarni o‘qiydi;

  • bolalar adabiyoti janri nomini biladi (ertak, she’r, hikoya);

  • mashhur yozuvchi va shoirlar nomini biladi.

Qo‘l barmoqlari mayda motorikasi
Talab: Bolada yozuv malakasi shakllanadi
3-4 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • 2-3 obyektdan rasm tuzadi;

  • varaq sathida to‘g‘ri chiziqlar chizadi;

  • harflarga qiziqish bildiradi, ayrim harflarning shaklini biladi va farqlaydi;

  • yirik munchoqlarni ipga teradi;

  • yozishga harakat qiladi.

4-5 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • chiziq, belgi, ilgaklarning sodda namunalarini qayta chiza oladi;

  • predmetlarning murakkab bo‘lmagan shakllarini chizadi;

  • rasmlarni ustidan yurgizib chizadi va bo‘yaydi;

  • shablonlarni shtrixlaydi;

  • mayda qismlardan iborat konstruksiyani yig‘adi;

  • o‘rta munchoqlarni ipga teradi;

  • aniq belgilangan chiziq asosida qog‘ozni qaychi bilan qirqadi;

  • belgilangan chiziq asosida qog‘ozni tekis yirtadi;

  • ikki qo‘li bilan qog‘ozni buraydi.

5-6 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • chiziq, ilgak va gajakcha yozadi;

  • qog‘ozni turli usulda taxlaydi (origami);

  • namuna asosida bosma harflarni yozishni boshlaydi;

  • barmoqlari yordamida mashqlar bajaradi;

  • rasmlarni tekis shtrixlaydi;

  • turli sathlarda chizadi (nam qumda, asfaltda, doskada);

  • soch o‘radi;

  • mozaika yig‘adi.

6-7 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • qog‘ozda to‘g‘ri chiziqlar, so‘zlar va qisqa gaplarni yozadi;

  • daftardagi yozuv qatorlarini aniqlay oladi;

  • rasmlarni to‘g‘ri joylashtiradi;

  • qo‘lni uzmasdan nuqta-chiziqchalarni birlashtirib rasm chizadi;

  • matodagi rasmni to‘qiydi;

  • “o‘ziga” va “o‘zidan” harakatlari yo‘nalishini tushunadi;

  • turli materiallardan murakkab namunalarni qirqadi.

Bilish jarayonining rivojlanishi bo`yicha quyidagi kichik soahalar ajratiladi



  • Intellektual-bilish malakalari

  • Elementar matematik malakalar

  • Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat

  • Dunyoni badiiy tasavvur etish

Intellektual-bilish malakalari bo`yichA yosh kesimida kutilayotgan natijalar
3-4 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • bitta belgi asosida predmetlarni ajratadi;

  • olti rangni farqlaydi va ajratadi;

  • bir xil poyini topadi;

  • rasmlardagi predmetlarni taniydi va nomini aytadi;

  • jonli obyektlarga qiziqish bildiradi;

  • predmetlar yasalgan materialni farqlaydi (qog‘ozdan, taxtadan, temirdan);

  • xonani kuzatadi va o‘zi turgan joyni aniqlaydi;

  • atrof muhitga qiziqish bildiradi.

4-5 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • rasmlarni solishtiradi;

  • 2-3 belgi asosida guruhlarga ajrata oladi;

  • jonzodlarning asosiy ehtiyojlarini ta’riflaydi va taqqoslaydi (hayvonlar: ovqat eydi, nafas oladi, harakatlanadi va hokazo);

  • hayot uchun suv, havoning ahamiyatini ta’riflaydi;

  • kun qismlarini nutqida to‘g‘ri qo‘llaydi va biladi (ertalab, peshin, kechqurun, kechasi);

  • yil fasllarini tavsiflaydi;

  • atrof olamga faol qiziqish bildiradi.

5-6 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • rasm asosida sujetni eslab qoladi va gapiradi;

  • ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi;

  • turli hayvonlarning yashash joylarini aytadi (baliq suvda yashaydi, bo‘ri o‘rmonda);

  • geografik tushunchalarni biladi (er, dengiz, tog‘, daryo);

  • oddiy sabab va oqibat aloqalarni tushunadi (yomg‘ir yog‘yapti — panaga o‘tish kerak);

  • sinash va xatolarni tahlil qilish yo‘li bilan amaliy vazifalar yechimini topishga harakat qiladi (mashinani yurg‘izish uchun kalitni burash kerak);

  • obyektlarni tizimga soladi.

6-7 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • Atrof olam haqida mustaqil ma’lumot izlaydi;

  • kuzatuvlar asosida xulosa qiladi va umumlashtiradi;

  • yil fasllari va voqea-hodisa ketma-ketligini aytadi;

  • rasmlar bo‘yicha ketma-ketlikni saqlagan holda fikr yuritadi, mulohaza qiladi;

  • o‘z mamlakati va uning ramzlari haqida tushunchaga ega;

  • o‘z xalqining ayrim milliy an’analari va odatlarini biladi;

  • bolalar ensiklopediyasidan foydalana oladi (kerakli ma’lumotni topa oladi);

  • ichki va tashqi belgilarga ko‘ra predmetlarni guruhlarga ajratadi (rangi, shakli, hajmi, vazni, harakatlanish tezligi, vazifasiga qarab).

  • Elementar matematik malakalar

3-4 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • predmetlarni 1-2 ta belgisi bo‘yicha guruhlarga bo‘ladi;

  • atrof muhitdan “bitta” va “ko‘p” ni topadi;

  • predmetlarni kattaligiga qarab teradi;

  • geometrik shakllarni farqlaydi (doira, kvadrat, uch burchak), shakllar (kub, shar);

  • ko‘plikni taqqoslaydi;

  • “uzun” va “qisqa” tushunchalari ma’nosini biladi;

  • “yarim”, “yarimtacha” tushunchalarini biladi;

  • sanoq va sonlar qatoridagi bog‘liqlikni tushunadi;

  • mexanik tarzda 5 gacha sanaydi.

4-5 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • geometrik shakllarga o‘xshash predmetlarni topadi;

  • geometrik figura va shakllarning nomini biladi;

  • miqdoriy aloqalarni belgilaydi;

  • sonning miqdoriy tarkibini biladi;

  • matematik tushunchalardan foydalanadi (ko‘p, kam, jami, shuncha);

  • ketma ketlikda sanaydi;

  • ko‘pliklarni taqqoslaydi “ko‘proq”, “kamroq”, “teng”;

  • bo‘shliqda yo‘nalish olishni biladi (oldinda, orqada, tepada, pastda, yaqin, uzoq);

  • butun va uning qismlari tushunchasini tushunadi.

5-6 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • geometrik shakllarni biladi va ularni predmetlar orasidan ajratadi; predmetlarni uzunligi, eni, qalinligi va balandligiga ko‘ra taqqoslaydi;

  • predmetlar guruhini taqqoslaydi;

  • muloqot davrida matematik terminologiyani qo‘llaydi;

  • belgilar tizimini tushunadi (son va belgilarni qo‘llagan xolda +, -, =);

  • 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarni to‘g‘ri va teskari sanaydi;

  • predmetlarni soni va sanog‘iga qarab taqqoslaydi;

  • predmetlar tengligi va tengmasligi guruhlarini aniqlaydi va ularni bir-biri bilan taqqoslaydi.

6-7 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • ayotda son va sanoqning ahamiyatini tushunadi;

  • geometrik shakllar va figuralarni biladi;

  • 20 gacha bo‘lgan ayrim matematik harakatlarni bajaradi;

  • 10 gacha qo‘shish va ayirishli sodda matematik vazifalarni yechadi (son va belgilarni qo‘llagan xolda +, -, =);

  • son qatori haqida tushunchaga ega;

  • guruhlarning teng yoki teng emasligini tahlil qiladi (qanchaga ko‘p? qanchaga kam?);

  • hajmi, balandligi va qalinligiga qarab predmetlarni ketma-ket joylashtiradi;

  • shartli belgi asosida suyuq, sochiluvchan va qattiq materialni o‘lchaydi.

Tadqiqiy-bilish va samarali refleksiv faoliyat

3-4 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar



  • kattalar bilan birgalikda tadqiqotlarda qatnashadi (eritish, bo‘yash, cho‘ktirish, suv sathiga chiqarish va hokazo);

  • tabiatdagi ayrim o‘zgarishlarni farqlaydi (qor, yomg‘ir, do‘l, issiq, shamol va hokazo);

  • ayrim hasharot va qushlarni taniydi va nomini aytadi;

  • ayrim jonivorlar bolalarini nomini to‘g‘ri aytadi;

  • “sujet” asosida qurilmalar yaratadi;

  • suv va qum bilan o‘ynaydi;

  • jonli obyektlarni kuzatadi.

4-5 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • kattalar bilan birgalikda tadqiqotlarda ishtirok etadi (eritish, yaxlatish, magnetizm, bo‘yash, qizdirish, qaynatish va hokazo);

  • yil fasllariga xos tabiat hodisalarini biladi;

  • nima uchun ovqatlanish, nafas olish, o‘qish kerakligini biladi;

  • organizmning ma’lum bir organlari funksiyasini biladi;

  • ayrim jismoniy jarayonlar muhimligini tushunadi;

  • konstruktor, pazl, mozaika, Legodan konstruksiyalar yaratadi.

5-6 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • abiat hodisalarining turli omillarga bog‘liqligini tushunadi;

  • tabiatdagi o‘zgarishlar sababini tushuntirib bera oladi (masalan, qor erishi);

  • insonlarning atrof olamga ta’sirini tushunadi (ekin ekish, hosil yig‘ish);

  • tabiiy materiallardan qo‘l ishlarini yaratishni biladi, ish bosqichlarini belgilaydi;

  • mustaqil qurib yasashi mumkin;

  • jonli va jonsiz tabiatni farqlaydi;

  • insonlar hayotida tabiatning ahamiyatini anglab yetadi.

6-7 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • qurilmani mustaqil o‘lchaydi (balandligi, uzunligi, kengligi bo‘yicha);

  • shaxsiy qiziqishi va kuzatuvlariga bog‘liq savollar beradi;

  • shaxsiy taxminlari haqida gapiradi, avvalgi va hozirgi tajribasini umumlashtiradi va tushuntiradi;

  • tadqiqotda yechimini talab etayotgan muammoni belgilaydi;

  • turli resurslarni qo‘llagan xolda shaxsiy kuzatuvlarni tasdiqlaydi va ta’riflaydi;

  • atrof muhitni yaxshilashda ishtirokning muhimligini tushunadi (masalan, axlat chiqindilarini tashlash, ularni ajratish, daraxt va gullar ekish, suv, elektr energiyasi va qog‘ozni asrash).

Dunyoni badiiy tasavvur etish
3-4 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • illyustratsiya, o‘yinchoq, xalq amaliy san’ati asarlarini o‘rganishda emotsional ta’sirlanadi;

  • tabiat obyektlarida, o‘yinchoq, bolalarning o‘z kiyimlarida ranglar jilosini anglaydi;

  • tanish qo‘shiqlarni biladi;

  • diqqat bilan tovush, ohanglarni tinglaydi;

  • tasviriy san’at elementlaridan foydalanadi.

4-5 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • O‘zbekiston xalq amaliy san’ati haqida ilk tushunchaga ega (so‘zana, keramika);

  • san’atga tegishli kasblarning ayrimlari haqida tushunchaga ega (rassom, bastakor, aktyor);

  • ayrim san’at turlari va janrlarini farqlaydi (qo‘shiq, raqs, musiqa, she’riyat, topishmoq, rasm, haykaltaroshlik);

  • ayri arxitektura qurilmalari haqida tushunchaga ega (yashash joyi va jamoat joyi);

  • qo‘shiq va navolarda yuqori va past tovushlarni farqlaydi;

  • ayrim musiqiy asboblarning chalinishini farqlaydi (pianino, dutor, doira);

  • musiqaga monand raqsga tushishi mumkin.

5-6 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • musiqiy asarga hissiy munosabat bildiradi;

  • musiqaga monand harakatlar o‘ylab topishi mumkin;

  • badiiy asarlar qahramonlari rolini o‘ynashi mumkin;

  • amaliy san’at turlari haqida birlamchi tushunchaga ega;

  • shaxsiy loyihalar yaratishda g‘oyalar bildiradi;

  • musiqada uslublarni farqlaydi;

  • kichik ssenariylar tuzib, sahna ko‘rinishlari tashkil eta oladi;

  • tabiiy materiallardan qo‘l ishlari yasaydi;

  • kiyimlarni bezashi, guldastalar tuzishi, sodda retsept asosida taom tayyorlashi mumkin.

6-7 yosh bo`yicha kutilayotgan natijalar

  • she’rni ifodali o‘qib bera oladi;

  • tanish asarlarni mustaqil so‘zlab beradi, ularni sahnalashtirishda ishtirok etadi;

  • she’riy va nasriy badiiy asarlarga munosabat bildiradi;

  • musiqiy asarning xarakterini aniqlashga qodir;

  • bolalar shoiri, yozuvchisi va bastakorlari hamda ularning asarlarini biladi;

  • tasviriy san’at turlarini farqlaydi.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin