O`qitishni tashkil qilish.
O`qitish shakli- bu o`quvchilarning o`quv bilish faoliyatlarini uni turli sharoitlarda (sinfda, ishlab shiqarishda va h.k.)o`tkazilishiga muvofiq ravishda o`qiutuvchi tomonidan tarbiyaviy o`qitish jarayonida foydalanialadigan qilib tashkil etilishidir.
Boshlang`ich sinflarda matematika o`qitishning tashkiliy shakllari dars, uy vazifalarini mustaqil bajarish, o`quvchilarning yakka tartibda guruh va jamoa bo`lib ishlashalri, ekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlardan iborat.
O`quv dasturi DTS asosida tasdiqlangan davlat hujjati bo`lib, uning bajarilishi majburiydir. Boshlang`ich sinflar tabiiy matematik ta`lim davlat standartlari talablarining o`quvchilar tomonidan bajarilishi ularning zarur bilimlar, malaka va ko`nikmalarini egallashlariga , bilim olishga ijobiy munosabatda bo`lishlarining shakllanishiga yordam beradi:
a)o`quvchilarni tevarak atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish, yangi ijtimoiy maqomdagi o`quvchini shakllantirish;
b)faoliyatning har xil turlarini: o`quv, mehnat, muloqotni egallash;
v)o`z-o`zini nazorat qilish hamda baholash reytingini aniqlashga o`rgatish;
g)muayyan umumiy tabiiy-ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi va uning keyingi taraqqiyoti tavsifi.
Shunday qilib, boshlang`ich sinflar tabiiy matematik ta`lim davlat standartining o`quv-biluv jarayoniga joriy etilishi o`quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy bilim, ko`nikma va malakalarnigina emas, balki shaxsning muayyan asosiy faoliyati majmuasi mehnat, o`quv-biluv, kommunikativ-axloqiy va jismoniy tuzilishiga mos keladigan fazilatlarning shakllanishini ham ta’minlaydi.
Kundan kunga ma`lumot oshib borayotgan bilan tushunarli bo`ladiki bugungi o`quvchilarga kerak bo`ladigan narsalarni hammasini o`rgatib bo`lmaydi. O`zlashtirilgan ma`lumot juda tez eskirib qolmoqda, chunki har kuni yangi ma`lumotlar chiqmoqda. Fanda o`qitish nazariyasi ushbu fanni o`qitish bo`yicha metodik tizimlarning faoliyat qonunini ochib beradi. Metodika ularni tadbiqini, texnologiya esa ushbu modelni amalga oshirish usullarini ishlab chiqadi.
Tushuntirsh quyidagi usullarda tahlil qilinib olib boriladi:
1)dogmatik usul.
2)evristik usul;
3) tadqiqot usuli (muammoli usul);
Birgalikda ishlash bilish faoliyatining faollashuviga yordam beradi, o`quvchilarda o`zaro nazorat qilish va o`zaro yordam berish sifatlarini shakllantiradi, tarbiyaviy vazifani ado etadi.
Tarbiyaviy vazifalarning hal etilishida darsning ayrim tarbiyaviy o`rinlari emas, balki butun o`quv jarayoni ta`lim mazmuni, o`quv ishi usullari, darsni puxta tashkil etilishi yordam berishini unutmaslik kerak.
Aslida esa, o`quvchilarni 4 ta asosiy xossa haqidagi bilim bilan [a+(v+s), (a+v)+s, (a+v)-s, a-(v+s)] tanishtirishning o`zi yyetarli. Hozirgi amaldagi dasturda ana shu maqsad o`quvchilar misollarning yechishning har xil usullarini mustaqil topish imkoniga ega bo`lishi bilanoq amalga oshiriladi[5]. Boshlang`ich sinflarda tarbiyalovchi ta'lim - rivojlantiruvchi ta'lim hamdir. Ta'lim natijasida kuzatuvchanlik, tafakkur, xotira, tasavvur va nutq rivojlanadi va shu tariqa o`quvchilar hayotga, mehnatga tayyorlanadi. Boshlang`ich matematika o`qitishning ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarini hal qilish ko`p jihatidan o`quvchilarning bu kursni o`rganishga tayyorgarlik darajasiga, bog`chalarning tayyorlov guruhlari va maktab qoshidagi tayyorlov sinflari dasturida nazarda tutilgan rivojlantiruvchi va o`rgatuvchi xarakterdagi masalalarni hal qilish darajasiga bog`liq[6]. Bolalarni tayyorlashning asosiy vazifasi matematikadan faktik bilimlar, ko`nikma va malakalar sistemasini to`plash va ularni o`zlashtirish uchun (masalan, son, shakl, miqdor, qo`shish va ayirish malakalari….) sharoitlar yaratishdangina emas, balki bu bilimlarni o`zlashtirishga tayyorlashdan ham iboratdir[7]. Bolalarni tayyorlashda asosiy ish analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtiruvchi kabi aqliy operatsiyalarni bajarish malakalarini shakllantirishga qaratilgan bo`lishi zarur. Bu ish bolalarning matematik nutqlarini rivojlantirish masalasini hal qilish bilan bundan keyin muvaffiqiyatli o`qish uchun zarur bo`ladigan har xil aktiv lug`atlar to`plash bilan uzluksiz bog`liq ravishda amalga oshirilishi kerak[8]. Bolalarda matematik bilimlarga nisbatan qiziqish, ulardan foydalanish malakasi va ularni mustaqil egallash malakasi tarbiyalanishi kerak. Bundan tashqari, ularda amaliy malaka va ko`nikmalarning (sodda shakllarni chizish, ularni qog`ozni buklab hosil qilish….) shakllanishiga jiddiy ahamiyat berish kerak
Bu davrda ular pedagogning topshiriqlarini tinglab, darhol bajarishi, o`qituvchi ko`rsatmalariga amal qilish, muhim narsani nomuhim narsadan ajrata olish, qo`yilgan vazifalar tartibini aniqlash, olingan natijalarini qo`yilgan masalaga mos keltirish, o`z ishini nazorat qila olish hamda boshqa malakalarni egallab olishlari kerak[10]. -Yuqorida ko`rsatib o`tilgan vazifalarni hal qilishi o`qitish mazmunining tanlanishiga, uning ma'lum sistyemada joylashishiga hamda shunga mos ravishda o`qitish metodi va usullarining tanlanishiga bog`liq ravishda amalga oshiriladi[9]. Maktablarning I-IV sinflarida o`rganiladigan matematika kursi maktab matematika kursining ajralmas tarkibiy qismidir. Shu sababli boshlang`ich matematikani muvaffaqiyatli o`zlashtirish maktabda butun matematik ta'limni to`g`ri yo`lga qo`yishga asos bo`lishi tushunarli bo`lib qoladi. Amaldagi boshlang`ich matematika dasturi tuzilishi va mazmuni ham oldingi dasturlardagi metodik myerosdan va ilg`or o`qituvchilarning tajribalaridan kelib chiqib, o`qitishning an’anaviy tizimidagi izchillikni saqlagan holda yaratiladi[11]. Matematika boshlang`ich kursining tuzilishi o`ziga xos xususiyatlariga ega. 1. Boshlang`ich kursning asosiy o`zagi natural sonlar va asosiy miqdorlar arifmetikasidan iborat bo`lib, bu o`zak atrofida algebra va geometriya elementlari birlashadi, bu elementlari arifmetik bilimlar sistemasiga tarkiban qo`shilib son, arifmetik amallar va matematik munosabatlar haqidagi tushunchalarning yuqoriroq darajada o`zlashtirishiga imkon beradi[12]. 2. Boshlang`ich kurs materiali konsentrik kiritiladi. Dastlab birinchi o`nlik sonlarini nomerlash o`rganiladi, bu sonlarni yozish uchun raqamlar kiritiladi, qo`shish va ayirish amallari o`rganiladi, so`ngra 100 ichida sonlarni nomerlash qaraladi, xona tushunchasi, o`nli xonalarga ajratish mumkin bo`lgan sonlarni yozishning pozitsion printsipi ochib beriladi, 2 xonali sonlarni qo`shish va ayirish o`rganiladi, ko`paytirish va bo`lish amallari kiritiladi[13]. Boshlang`ich sinflar dasturida arifmetikadan elementar ma'lumotlarning ushbu uyushmasi berilgan: natural son, nol ular ustida to`rt arifmetik amalni bajarish, kasrlar, ismli sonlar va ustida amallar. Bu ma'lumotlarni o`rganish o`quvchilarni matematik tushunchalar sistemasini o`zlashtirishga, shuningdek puxta va ongli hisoblash ko`nikmalari va malakalarini egallashga olib kelishi kerak[14]. Natural son to`plamlar sinfining miqdoriy tavsifi kabi talqin etiladi. Bu tushuncha to`plamlar ustida amallar va kattaliklarni o`lchash natijalari asosida o`rganiladi. Predmetlarni o`lchash jarayonida o`quvchilarning amaliy faoliyatlari bilan ularning son haqidagi tasavvurlari bog`lanadi. Nomerlashni o`rganishda natural son tartiblangan to`plam elementi yoki natural ketma – ketlik hadi sifatida qaraladi[15]. Boshlang`ich kursda nol soni bo`sh to`plamlar sinfining miqdoriy tavsifi sifatida talqin etiladi. Nol – son va raqam sifatida 1 sinfda kiritiladi. Dastlab nolni chizg’ichning boshlang’ich nuqtasini bildiruvchi raqami sifatida so`ngra 2-2, 3-3 kabi ayirish natijasi sifatida qaraladi. So`ngra nol amallarning komponenti sifatida: 5+0, 0+8, 6-0, 0x4, 4x0, 0:4 qaraladi. Bu yerda nolga bo`lish mumkin emasligi ham eslatiladi. Nol raqamidan sonning yozuvida u yoki bu xona birliklari yo`qligini belgilashda foydalaniladi. (70, 3000, 204)[16]. Bundan tashqarii, qo`shish va ko`paytirishning o`rin almashtirish xossasi, taqsimot qonunidan kelib chiqadigan natijalar: sonni yig`indiga qo`shish, sonni yig`indidan ayirish, yig`indini sondan ayirish, sonni yig`indiga (ko`paytmaga) ko`paytirish, yig`indini songa bo`lish kabi hisoblash usullarini ongli o`zlashtirish dasturga kiritilgan. 2+6= 54-20= Hisoblashlarning og`zaki usullari bilan bir qatorda yozma usullarga ham katta e'tibor beriladi. Yozma hisoblash usullarini o`rganish «Minglik» ichda qo`shish va ayirish usullarini o`rganishdan boshlanadi. Kyeyinroq, 900-345, 802-368 hollar qaraladi[17]. Matematika sistematik kursini o`rganishga tayyorlash maqsadida kasrlar haqida dastlabki tasavvurlar beriladi. Ulush tushunchasi butun (doira, to`g`ri 4 burchak) teng qismlardan biri sifatida kiritiladi, shuningdek, yozuvi, almashtirish va taqqoslash Ko`rsatmalilik asosida beriladi. Arifmetik amallar matematika boshlang`ich kursida markaziy o`rinni egallaydi. Arifmetik amal konkreti asosida to`plamlar ustida amallar bajarish jarayonida: qo`shish – umumiy elementlariga ega bo`lmagan to`plamlarning birlashtirish amali, ayirish – to`plamlarni biror qismini olib tashlash amali, ko`paytirish – bir xil sondagi elementlaridan tuzilgan to`plamlarni birlashtirish amali, bo`lish – to`plamlarni o`zaro kesishmaydigan teng elementlaridan tuzilgan bir nechta to`plamlarga ajratish amali asosida ochib beriladi. Bunday yondashish bolalarning tajribasiga tayanish va shakllantirilayotgan bilimning ko`rgazmali asosini tashkil etishga imkon beradi. Har bir amalning belgisi, nomi, komponentalari va amal natijalarining nomlari kiritiladi. Sodda va murakkab ifodalar qaraladi[18]. Boshlang`ich matematika kursida o`quvchilarning hisoblash malakalarini shakllantirishga mo`ljallangan turli mashqlar sistemasi qaraladi: ayrim misollarning yechilishi, jadvallarni to`ldirish, harflarning sonli qiymatini qo`yish, ifodaning sonli qiymatini topish[20]. Jadval hollarda qo`shish, ko`paytirish, ayirish, bo`lish to`la avtomatizm darajasiga yetkazilishi kerak[19]. Arifmetik amallarning xossalarini o`rganish hamda amallarni bajarish asosida komponentalar va amal natijalari orasidagi bog`lanish; komponentalarning birining o`zgarishi bilan arifmetik amallar natijalarining o`zgarishi o`rganiladi. Algebra elementlarini kiritish chuqur, umumlashgan o`zlashtirish maqsadlarini ko`zlaydi. Konkreti misollar asosida tenglik, tengsizlik, tenglama o`zgaruvchi tushunchalari ochib beriladi. 1- sinfdan boshlab sonli tenglik va tengsizliklar (2=2, 4=1+3, 25, 8-45) kiritiladi; va ular tanlash yo`li bilan yechiladi. O`zgaruvchi bilan amaliy tanishtirish o`quvchilarning funktsional tasavvurlarini shakllanishiga imkon yaratadi[22]. Geometrik materiyalani asosan o`quvchilarni eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini o`stirish, shuningdek arifmetik qonuniyatlarni, bog`lanishlarni Ko`rsatmali konkreti illyustratsiyalash maqsadlariga xizmat qiladi. 1- sinfdan boshlab to`g`ri chiziq, siniq chiziq, kesmalar ko`pburchaklar, ularning elementlari, to`g`ri burchak, kvadrat kabi geometrik figuralarni o`rganiladi. O`quvchilar bu geometrik figuralarni tasavvur qila olishi, ularni atashni va katak qog`ozga sodda yasashlarni o`rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma, siniq chiziq uzunligini, ko`pburchak perimetrinii, to`g`ri to`rtburchak, kvadratning yuzini (Paletka yordamida) topish malakasini egallab olishlari kerak[23]. Arifmetik, algebraik, geometrik materialni o`rganish bilan uzviy ravishda o`quvchilarni asosiy miqdorlar – uzunlik, vaqt, massa, yuza, baho, hajm, tezlik bilan tanishtirish, shuningdek, bu miqdorlarning o`lchov birliklari, har xil o`lchov asboblari yordamida o`lchash usullari bilan tanishtiriladi. Ismli sonlar ustida amallar ismsiz sonlar ustida amallar bajarish bilan bir vaqtda bajariladi, chunki ikkala hol asosida ham 10 li sanoq sistemasi yotadi[24]. Masalalar yechish yordamida arifmetik amallarning, amallar xossalarining, amallar natijalari bilan komponentalari orasidagi bog`lanishlarning mazmuni ochiladi. 1 sinfda qo`shish va ayirishga doir matnli masalalar real predmetlar yoki ularning tasvirlari ustida amaliy ishlarni bajarishga tayangan holda qaraladi. Predmetlarni sanash natijasida javob olinadi. +, -, = ishoralari kiritilgandan keyin masalani yechimi tenglik ko`rinishda bajariladi[25]. Oldin sodda masalalar o`rganilib, asta – sekin murakkab masalalarga o`tiladi. O`quvchilar masala matnni mustaqil o`qishni, uning sharti va savolini tushunishni, ma'lum va noma'lum miqdorlarni ajrata olishni, masala shartini qisqa yozishni, uni rasm yoki chizma bilan illyustratsiyalashni, yechish reja tuzishni, zarur amallarni tanlashni, hisoblashni bajarishni, yechimni tyekshirishni va javobni yozishni o`rganib olishlari kerak[26]. Shunday qilib, masalalar matematikani turmush bilan bog`lab o`rganish vositasi, matematik tushunchalarning har xil tomonlarini ochib beradigan turli hayotiy-iqtisodiy vaziyatlar bilan ta'minlovchi matematik bilimlarning tadbiq qilinish doirasidan iboratdir. Bundan tashqari, masalalar yechish jarayonida o`quvchilar turmushda zarur bo`ladigan amaliy o`quv, malaka va ko`nikmalarni egallaydilar, foydali faktlar bilan tanishadilar[27]
Matematika darslarida o`qituvchi o`quvchilarning xotirasini, tasavvuri, diqqati, nutqini va mantiqiy tafakkurlarini rivojlantirishning real imkoniyatlariga ega bo`ladi, bu imkoniyatdan to`laroq foydalanish kerak[28]. O`zlashtirilayotgan bilimlarni sistemalashtirish va o`qitishning har xil sharoitda hamda turmushda qo`llanishni o`z ichiga olgan izchillik I-IV va V-VI sinflarda ham amalga oshirilishi kerak[29]. Boshlang`ich sinflarda matematik bilimlarning shunday puxta poydevorini qo`yish kerakki, bu poydevor ustiga bundan keyingi matematik ta'limni ishonch bilan qurish mumkin bo`lsin. O`qitish mazmunida izchillik yordam beradi[38]. Boshlang`ich sinf o`qituvchisi V-VI sinflar dasturi bilan tanish bo`lishi, shu bilan birga to`plam, tenglama, manfiy sonlar, geometrik yasashlar va almashtirishlar kabilarni o`rganilishini ham bilishi zarur[30]. Boshlangich sinf o`qituvchilari V-VI sinfdagi masalalarni qarab chiqsa, birinchidan, to`plamlar nazariyasi, matematik logikaning asosiy tushunchalari, sonlar, miqdorlar haqida aniq tasavvurlarga ega bo`lishlari ikkinchidan, boshlang`ich matematik bilim, ko`nikma va malakalarning kelajagini yaxshi ko`ra olishi, shular asosida matematikani bundan keyingi o`qitish jarayoni bilan bog`lanishini amalga oshirishiga kafolat beriladi[31]. Bolalarning bog`chada bo`lishining oxirgi yilida ular bilan har kuni muayyan bir vaqtda 30-35 minut davom etadigan 2 ta mashg`ulot o`tkaziladi. Bu mashg`ulotlarni tarbiyachi maxsus dasturga muvofiq o`tkazadi. Bolalar ma'lum bilimlar tizimini egallab olishlari, dasturda belgilangan malakalarni hosil qilishlari va maktabda o`qishga tayyor bo`lishlari kerak[32]. Bu mashg`ulotlarda har bir boladan doim o`rgatilgan tartiblarga amal qilishni talab etiladi. Bolalar biror narsa demoqchi bo`lganlarida qo`llarini ko`tarishlari, javob berayotganidan o`rnidan turishi, o`rtog`ining javobini diqqat bilan tinglashi va uning xatosini tuzatishi, tarbiyachining ko`rsatmasini aniq bajarishi kerak[33]. 6-7 yoshli bolalarda sistyemali bilimlarning o`sganligi va aqliy faoliyatlarining murakkablashishi hisob mashg`ulotlarida ham yaqqol ko`rinadi. Maktabga boradigan bolalardan faqat 10 gacha sanash talab etilmaydi, balki ulardan aytilgan sonni narsalardan sanab ko`rsata bilishni talab etiladi. Son va miqdor bog`lanishlarini tushunish barcha arifmetik amallar asosini tashkil etadi. Bolalar narsalar sonini oshirish yoki kamaytirish bilan tanishayotganlarida bu bog`lanishni mustahkamlaydilar[34]. Bolalarning matematik tafakkuriga maktab talablarining keskin o`zgarishi munosabati bilan asosiy e'tiborini ularda to`g`ri matematik tasavvurlar yaratishga va ular bilan ishlash ko`nikmasini hosil qilishga qaratish kerak. Maktabga borgandan keyingi dastlabki kunlardanoq o`quvchi duch keladigan asosiy matematik tushunchalaridan biri tenglik va tengsizlikdir[35]. Agarda kichik bolalar narsalarni katta kichiklik belgisi bo`yicha solishtirib hissiy tajriba to`plagan bo`lsalar, kattalari xuddi shu tushunchaga sonlarni taqqoslash asosida erishadilar. Eng avvalo, tarbiyachi bolalarning mavhum sonlar bilan ishlashga o`tishga shoshilmasligi kerak[36]. Bolalar dilida va qog`ozda 1+2=3, 5-1=4 kabi misollarni yechishni o`rgatishdan oldin ularni turli konkreti narsalar bilan ishlashga o`rgatish zarur; qo’nib turgan qushchalarga yana bitta yoki 2 ta qushcha uchib kelib qo`shildi (kabi). Xulosa: Mahum sonlar bilan ishlashga juda erta o`tish keyingi matematik tushunchalarni egallashlarida bolalarni qiynab qo`yadi, bolaning sistyemali bilimlarga o`tishini umulashtirish tomon o`sib boruvchi qobiliyat bilan bog`lab olib borish zarur[37]. 6-7 yoshli bolalarning umumlashtirish xususiyati ularning mavhum narsalarni tushuna olishga qobiliyatliligidir. Bu yoshdagi balalar ba'zi bir tushunchalarni egallab boradilar. Masalan, «transport», «myebel», «kiyim», «idish tovoq» kabi tushunchalarni egallab olish uchun ular poyezd, tramvay, avtobus kabilarning ayrim xususiyatlarini bilish va ular uchun muhim va umumiy bo`lgan birgina belgini ajratib olishi zarur bo`ladi. Bunday belgi avvalo narsaning vazifasi hisoblanadi. Syensomotorikaning rivojlanishi bolaning o`qishga tayyorligining zaruriy shartidir. Ular rasm solishi, qirqib olish, qog`ozni bir – biriga yyelimlashi, tikish va boshqa ishlarni ko`z va qo`l bilan aniq bajarishi zarur. Bundan tashqari, bog`chada ularning diqqati, xotirasi, tafakkur va nutqini rivojlantirish o`ta muhim vazifalar hisoblanadi
Globallashuv davrida maktabgacha yoshlarlarni ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini egallashga tayyorlash, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy axloqiylikni shakllantirish, yosh avlodni maktab ta’limi to‘g‘ri yo‘naltirish, ularning bilish faolligini rivojlantirish muhim vazifadir. So‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida maktabgacha yoshdagi bolalarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda, shu jumladan ularni ta’lim olishiga qator imkoniyatlar berilmoqda. Ammo zamonaviy dunyoda nafaqat ta’lim, balki tarbiya ham muhim sanalmoqda. Yoshlarimiz dunyoviy bilimlarni shu bilan birgalikda ma’naviy tarbiyaviy sifatlarni ham o‘zida shakllantirmog‘i zarur. Ushbu fikrni muhtaram Prezidentimiz Shavkat Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11 132 Mirziyoyev ham ta’kidlaganlar: “Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”36 . Mamlakatimizda ta’lim tizimiga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratiimoqda. O‘zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”37 da maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan maqsadlarga diqqat qaratsak: Ko‘rib turganimizdek maktabgacha ta’lim tizimida keng ko‘lamli silohotlar olib borilmoqda. Shu bilan birgalikda ushbu sohada muammolar to‘liq bartaraf etildi deya olmaymiz. Bu muammolarni to‘laqonli hal etishda o‘qituvchi-pedagogning intellektual salohiyati va kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham amalga oshirilayotgan ishlarni pedagogik tahlil qilish, ta’lim-tarbiyaviy jarayonlarining samarali kechishini ta’minlash zaruriyati yuzaga keldi. Bu talablar pedagogika oliy o‘quv yurtlarining maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashga ham taalluqli bo‘lib, bu ixtisos beradigan fanlarning nazariy jihatdan yanada takomillashtirishni taqozo etadi. Inson egallab olishi lozim bo‘lgan ijtimoiy tajriba qanchalik murakkab bo‘lgani sari, bu tajribani yetkazish yuzasidan maxsus tashkil etilgan faoliyatga ya‘ni (biror ishlab chiqarishni o‘rgatishga) ehtiyoji paydo bo‘la boshladi. Tarbiya mohirlik va ishning ko‘zini bilishni talab eta boshladi.
Qomusiy olim Abu Nasr Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta shunday ta’rif bergan edi: “Ta’lim, - degan so‘z xalqlar va shaharliklar o‘rtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar o‘rtasidagi tug‘ma fazilat va amaliy kasb-hunar fazilatlarini birlashtirish degan so‘zdir. Ta’lim faqat so‘z va o‘rgatish bilangina bo‘ladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bo‘lgan ish-harakat, kasb-hunarga berilgan bo‘lishni, o‘rganishidir”38 . Ma’rifat darg‘asi A.Avloniy “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida esa pedagogika fanini aniq va tushunarli qilib ta’riflaydi: “Tarbiya pedagogiya”, ya’ni bola tarbiyasining fani demakdur... “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun yo hayot - yo mamot, yo najot — yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir...”39 . Hozirgacha soha mutaxassislaridan ko‘pchiligi maktabgacha yoshdagi bolalar bilish faolligini rivojlanishi va uning nazariy asoslarini qator qirralarini o‘z ilmiy izlanishlarida o‘rganganlar. Maktabgacha yoshdagi bolalarda atrof muxitga va o‘zo‘ziga nisbatan ijtimoiy tasavvurlarning shakllanishi asosida bilish faolligini rivojlanishi masalasi xorijlik psixologlardan DJ.Piyaje, D.Elkonin, S.Muxina D.Maers, V.Kvinn, R.Beron, D.Richardson, F.Zimbardo va boshqalarning tadqiqotlarida qisman yoritib berilgan. SHuningdek, bilish faolligini rivojlantirish muammosi G.Andreeva, V.Ageev, A.Donsov, V.Trusov, T.Emel’yanova, L.Petrovskaya, I.Jaspars, J.Jodelet kabi rus hamda fransuz olimlari tomonidan ham muayyan darajada o‘rganilgan. Olimlarning tadqiqotlari asosida olingan hulosalarga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolalar bilish jarayonlari ijtimoiy ta’sirlar asosida shakllanar ekan. Ularning diqqati, xotirasi, aqliy faoliyati va muloqatga kirishishi, ko‘p xollarda, tashqi munosabatlar va o‘yin faoliyatining ta’sirchanligiga bog‘lik ekanligi olimlar tomonidan ta’kidlanadi. Olimlarning fikricha bog‘cha yoshidagi bolalar bilish faolligi shaxs sifatida shakllanish davrlariga bog‘liq xolda rivojlanar ekan. Bog‘cha yoshidagi bolalar shaxsining shakillanishi uch davrga ajratadilar: 38 Abu Nasr Forobiy. Baxt-saodatga erishuv haqida. Risolaiar. -T.: ≪Fan≫, 1975,76-bet. 39 Abdulla Avloniy. Tanlangan asarlar. -T.: ≪Ma'naviyab>, 1998. 36-bet 1 •3–4 yosh oralig‘ida bo‘lib, bola emotsional jihatdan o‘z–o‘zini boshqarishning mustaxkamlanishi bilan bog‘liqdir. 2 •4–5 yoshni tashkil qilib axloqiy o‘z–o‘zini boshqarish davri hisoblanadi. 3 •dastlabki empirik shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shalklanishi bilan xarakterlanadi. Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11 134 Mana shu davrlarda bolalarning diqqat barqarorligini ta’minlash uchun berilgan savolarga va topshiriqlarga javoblari, ularning xotirasini, tafakkurini va hayolini rivojlanishiga yordam beradi. Bolalarning xissiy –emotsional kechinmalari tashqi ta’sirlar asosida shakllanar ekan, ularning ijtimoiy munosabatlar ichida ta’lim va tarbiyaga tortilishi bilish faolligini rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Bu xolatlar tajriba natijalarida ham isbotlandi. Ta’lim tarbiya ta’siri bilan birga bolalar psixik xususiyatlarining taraqqiyotiga ularning faol faoliyati rolini hisobga olish ham zarurdir. CHunki, bola tarbiyaning faqat passiv ob’ektigina emas, balki o‘z faoliyatlari bilan ham o‘ziga, ya’ni o‘zining psixik taraqqiyotiga faol ta’sir qilib turadigan mavjudotlardir. Tarbiya bolaning faol faoliyatlarini xar doim to‘g‘ri tashkil qilib, yo‘lga solib tursa, undagi mavjud sifatlar faoliyatning xar-xil turlarida (o‘yin, mehnat, o‘qish) nomoyon bo‘lib mustaxkamlana boradi. CHunonchi- bola psixikasi o‘yin, o‘qish o‘rganish, mehnat va turli ijtimoiy faoliyat jarayonlarida taraqqiy qiladi. Faoliyatning bu turlari bolaningo‘sishi va yosh xususiyatlariga mos ravishda o‘zgarib biri ikkinchisi bilan almashinib turadi. M: bog‘chagacha va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning asosiy faoliyati o‘yindir. Chunki, o‘yin bola tabiatining asosiy xususiyati hisoblanadi. Bola o‘yin orqali atorofdagi hayotni va kishilar o‘rtasidagi turli munosabatlarni bilib ola boshlaydi. Shu o‘rinda M.Voxidovning: «bola o‘yinda qanday bo‘lsa, o‘cib ulg‘aygach ishda ham ko‘pincha ko‘p jihatdan shunday bo‘ladi»40 (ehtiyoj, moddiy dunyoga munosabat, o‘z-o‘ziga munosabat, iroda, xisiy tuyg‘u, bilish jarayonlar) deb ta’kidini e’tirof etish maqsadga muvofiqdir. Kognitiv faoliyat katta maktabgacha yoshdagi bolalarning yangi bilim, ko‘nikma, ichki qat’iyat va ma’lum bilimlarni to‘plash va kengaytirish uchun turli xil harakat usullaridan foydalanish zaruriyatiga bo‘lgan qiziqishini aks ettiradi. G.I. Shchukina “kognitiv faoliyat” ni shaxsning sifati, ya’ni shaxsning bilimga bo‘lganintilishini o‘z ichiga olgan, bilish jarayoniga intellektual munosabatni ifoda etadi. Shaxsning sifati, “kognitiv faoliyat”, uning fikriga ko‘ra, bilim olishga intilishning doimiy namoyon bo‘lishi bilan yuzaga keladi. Shaxs darajasida kognitiv faoliyatni shakllantirish muammosi asosan kognitiv faoliyatning motivatsiyasini va maktabgacha yoshdagi bolalarning bilim qiziqishlarini shakllantirish usullarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga kognitiv faoliyatni rivojlantirishning engsamarali tomonlari matematik tasavvurlarni shakllantirish jarayonlarida namoyon bo‘ladi va matematika o‘qitish metodikasida asosiy o‘rinni metodik usullar sifatida beriladigan savollar egallaydi. Ular reproduktiv-mnemik, reproduktiv-bilish, produktiv-bilish bo‘lishi mumkin. Bunda savollar aniq va ixcham bo‘lishi lozim. O‘qitish jarayonida bolalar yoshi va o‘rganiladigan materialga bog‘liq 40 M.Vohidov ‘Bolalar psixologiyasi” Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11 135 holda reproduktiv va produktiv savollar birligi bo‘lishi kerak.Savollar bolalar fikrlishini rivojlantirishni ta’minlaydi. Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda asosan oddiydan boshlab, predmetlarning aniq belgilarini, xossalarini, amaliy harakat natijalarini yoritishga yo‘naltirilgan, bog‘lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni, ularni tushuntirish va asoslashni, oddiy isbotlashdan foydalanishni talab etuvchi murakkabroq savollardanko‘prok foydalaniladi. Ko‘proq bunday savollar tarbiyachi tomonidan namunani namoyish etgandan keyin yoki bola topshiriqni bajargandan keyin beriladi. Masalan, bolalar qog‘oz to‘g‘riburchakni ikkita teng qismga bo‘lganida, ulardan so‘raladi: “Sen nima qilding? Bu qism qanday nomlanadi? Maktabgacha yoshdagi bolalarning bilim faolligini shakllantirish jarayonida bir qator omillarning mavjudligi barcha tadqiqotlar uchun umumiy hisoblanadi. Ular orasida ichki omil, ya’ni kognitiv harakatlarning sub’ektiv xarakteristikasi mavjud. Kognitiv faoliyatning tashuvchisi bilimning yaxlit sub’ekti – shaxsdir. Pedagogikada bolalarning savollar va javoblar tizimi suhbat deyiladi. Suhbat usuli atroflicha o‘ylangan savollar yordamida tarbiyachi bilan bolalar orasidagi suhbatni ko‘zda tutib, ularning mustaqil fikrlashini yangi tushunchalarni egallashga olib keladi. Uni qo‘llashda savollarni qo‘yish, bolalarning javob va mulohazalarini muhokama qilish,xulosalarni shakllantirish, javoblarni tuzatish usullaridan foydalaniladi. Amaliy usullarda vazifa (maqsad)ni qo‘yish, uni bajarish usulini rejalashtirish, bajarish jarayonini boshqarish, tahlil qilish, kamchiliklar sababini aniqlash, maqsadga to‘liq erishish uchun o‘quv mashg‘uloti jarayoniga tuzatish va o‘zgartirishlar kiritish ishlari amalga oshiriladi. Amaliy mashqlarni bajarishda bolalar bo‘lajak hattiharakatlarini faol mushohada qiladi, o‘ziga-o‘zi eshittirib gapiradi hamda bo‘lajak voqeani sharhlaydi. Erkin fikrlash usuli illyustrativ rasmlar, fotolavhalar kabilar va ularning muhokamalariga bag‘ishlanadi. Bu mashg‘ulotdan ko‘zda tutilgan maqsad bolalarning bilim doirasini, dunyoqarashini kengaytirish, ularni rasmlar, fotolavhalar, kitoblar bilan tanishtirish orqali, ularning bilim olish va qiziqishlarini orttirish, avval o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini yangi vaziyatlarda qo‘llash orqali yangi bilimlarni egallashlariga erishishdir. Xulosa qilib aytganda maktabgacha yosh davridagi bolalar bilish faolligini nazariy jihatdan o‘rganganimizda shunga amin bo‘ldikki, bu yo‘nalishda juda ko‘p tadqiqotlar olib borilgan. Ma’lum metodikalar ishlab chiqilganligiga amin bo‘ldik. Lekin shunga qaramasdan mazkur mavzuni xali o‘rganishi lozim bo‘lgan, o‘z echimini kutayotgan muammolari ham mavjud ekan. Shu nuqtai nazardan biz ham o‘z mavzuimiz chegarasida maktabgacha yosh davri bolalarining bilish faolligini rivojlantirish usullarini amaliy taxlil kilish uchun nazariy ma’lumotlarni chuqur o‘rganib, kerakli xulosalarni oldik. Bilish faolligi o‘z mazmun mohiyatiga ko‘ra Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №11 136 barcha yosh davrlarida rivojlantirishni taqozo etadiki, bevosita xar bir yosh davrining intelekktual salohiyati, bilish darajasi va psixologik xususiyatlarini shakllanganligiga qarab tadqiqot ishlarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |