Ishchi o’quv dastur farmatsiya ixtisosligi bo’yicha yangi nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini egallash, ularni kundalik amaliyotda qo’llashga xamda farmatsevtlarning yangi kasbiy kompetentsiyani egallab xalqaro standartlarga javob beradigan raqobatbardosh malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tuzilgan. Farmatsevt xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish, zamonaviy ilm-fan yutuqlariga va farmatsevtika amaliyotining joriy vaziyatlarning o’zgarishini hisobga olgan holda ishlab chiqilgan. 2017 yil 4-apreldagi 174-sonli “Tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24-dekabrdagi 480-sonli buyrug’i hamda Sog’liqni saqlash xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qo’yiladigan Davlat talablari (O’z DSt 3322:2018), 2019 yil 8-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 5847-sonli PF hamda, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2020-yil 15 iyundagi “Tibbiy-sanitariya va farmatsevtika kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini tashkil etish bo’yicha me’yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 160-sonli buyrug’i asosida tayyorlandi. Ushbu dastur o’z navbatida Sog’liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohatlarning mantiqiy davomi bo’ladi.
1.1. Maqsad. Professional kompetentsiyasini yangilash asosida, malakaviy tavsiflarga muvofiq ravishda, mahalliy va jahon sog’liqni saqlash tizimidagi yangiliklarni hisobga olgan xolda, dorixona muassasalari rahbari, farmatsevt-analitik, farmatsevt –texnolog, shuningdek farmatsevtika soxasida tadbirkorlik bilan shug’ullanishini o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan “5510600” - Sanoat farmatsiyasi (turlari bo`yicha), “5320500” - Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya), “5310901” - Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (dori vositalari), “60910800” – Sanoat farmatsiyasi (turlari bo`yicha), “60910900” – Farmatsevtik biotexnologiya, “60911000” – Dori vositalarini standartlashtirish, sertifikatsiyalash va sifat menejmenti, ta’lim yo’nalishlari bitiruvchilarining “5510500” (“60910700”) – Farmatsiya (turlari bo`yicha) yo’nalishiga ixtisoslashtirishda mutaxasislarni tayyorlash.