O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'limi vazirligi



Yüklə 174,5 Kb.
səhifə3/10
tarix28.08.2023
ölçüsü174,5 Kb.
#140820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2.01. ДТТ ИЎД 2023-2024-ўзгаргани

1.2. Vazifalar. “5510600” - Sanoat farmatsiyasi (turlari bo`yicha), “5320500” - Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya), “5310901” - Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (dori vositalari), “60910800” – Sanoat farmatsiyasi (turlari bo`yicha), “60910900” – Farmatsevtik biotexnologiya, “60911000” – Dori vositalarini standartlashtirish, sertifikatsiyalash va sifat menejmenti ta’lim yo’nalishi mutaxassislarini “5510500” (“60910700”) – Farmatsiya (turlari bo`yicha) yo’nalishiga qayta tayyorlashda (ixtisoslashtirishda) umumkasbiy modullar va ixtisoslik modullari bo’yicha asosiy nazariy va amaliy ko’nikmalarni egallagan mutaxassislarni tayyorlash vazifalarini bajarish imkonini beradi, hamda farmatsevt kadrlarning amaldagi qonunlar va qonunosti xujjatlari bilan tanishtirish, farmatsevtik marketing va kadrlar menejmentini amaliyotga tatbiq etish, dori vositalarini va tibbiy ashyolarni sifat nazorati va dori vositalarini fizik va kimyoviy xossalarini hisobga olib saqlash, qonun xujjatlariga asoslanib faoliyatini to’g’ri tashkil etishdan iborat. Shuningdek, umumkasbiy modullar va ixtisoslik modullari bo’yicha asosiy nazariy va amaliy yangiliklar bilan tanishadilar
1.3. Ta’lim oluvchilar toifasi (kontingenti): “5510600” - Sanoat farmatsiyasi (turlari bo`yicha), “5320500” - Biotexnologiya (farmatsevtik biotexnologiya), “5310901” - Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti (dori vositalari), “60910800” – Sanoat farmatsiyasi (turlari bo`yicha), “60910900” – Farmatsevtik biotexnologiya, “60911000” – Dori vositalarini standartlashtirish, sertifikatsiyalash va sifat menejmenti ta`lim yo`nalishlari bitiruvchilari.
1.4. Ishchi o’quv dasturini o’zlashtira olish uchun zarur bo’lgan tinglovchi kompetensiyasi:
Dori turlari texnologiyasi moduli “5510500” (“60910700”) – Farmatsiya (turlari bo`yicha) ta’lim yo‘nalishining mutaxassislik modullaridan bo‘lib, uning asosiy maqsadi tinglovchilarga dorixona sharoitida ishlab chiqariladigan dori turlarini tayyorlash usullari, dori ishlab chiqarishda ishlatiladigan yordamchi moddalar, ularning sifati va mutanosibligini oʻrgatish, dorixonada dori tayyorlashda hozirgi zamon talablari bayon etilib, xomashyoga boʻlgan talab, dori tayyorlash xonalariga, ishlovchi mutaxassisga, dorixonada tayyorlanadigan dori turlarini sifatini meʼyorlashtirishni oʻrgatadi. Mamlakatimizda ta’lim tizimiga e’tiborning tobora yuqoriligi sababli, o‘quv darsliklarni yangilash va horijiy o‘quv adabiyotlaridan yanada ko‘proq foydalanishni taqozo etmoqda. Mazkur ishchi o’quv dasturni tuzishda horijiy adabiyot ma’lumotlari ham kiritildi. Bu tinglovchining Dori turlari texnologiyasi moduli bo‘yicha olgan bilimlarni yanada mustahkamlashga yordam beradi.

Yüklə 174,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin