O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'limi vazirligi



Yüklə 174,5 Kb.
səhifə4/10
tarix28.08.2023
ölçüsü174,5 Kb.
#140820
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2.01. ДТТ ИЎД 2023-2024-ўзгаргани

1.5. Modulning dolzarbligi. Ishchi o’quv dasturining dolzarbligi 2017 yil 4-apreldagi 174-sonli “Tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 24-dekabrdagi 480-sonli buyrug’i hamda Sog’liqni saqlash xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga qo’yiladigan Davlat talablari (O’z DSt 3322:2018), 2019 yil 8-oktyabrdagi “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi 5847-sonli PF hamda, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2020-yil 15 iyundagi “Tibbiy-sanitariya va farmatsevtika kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish tizimini tashkil etish bo’yicha me’yoriy hujjatlarni yanada takomillashtirish to’g’risida”gi 160-sonli buyrug’i asosida tayyorlandi. Ushbu dastur o’z navbatida Sog’liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohatlarning mantiqiy davomi bo’ladi.
1.6. Modulning ishchi o’quv dastur bo’yicha hajmi: 128 kredit
1.7 O’qish shakli: ishdan to’liq ajralgan holda ta’lim olishiga mo’ljallangan (vaziyatga qarab onlayn yoki masofaviy ta’lim ko’rinish shakllarida bo’lishi ham mumkin).
1.8. Mashg’ulotlarni o’tish tartibi: mashg’ulotlar 9.30 da boshlanib, 16.30 da tamom bo’ladi. Tushlik 40 daqiqa.
2. REJALASHTIRILAYOTGAN TA’LIM NATIJALARI
2.1. Rejalashtirilayotgan ta’lim natijalaridan so’ng egallashi lozim bo’lgan kompetentsiya: Modulni muvaffaqiyatli egallagan tinglovchi mutaxasislikning xususiyatlaridan kelib chiqib malakaviy xarakteristika bo’yicha umumiy va malakaviy ko’nikmalarini o’zlashtirgan holda, farmatsevtika faoliyatida quyidagi yangi kasbiy mahoratga ega bo’ladi:
- dorixonada farmatsevt tashkilotchi sifatida ishni to’g’ri tashkil qilish
- farmatsevtika sohasi yangiliklari va oxirgi qonun va qonunosti hujjatlariga asoslangan holda to’g’ri faoliyat yuritib va shu orqali aholini sifatli va bezarar dori vositalari bilan ta’minlashni tashkil qilishga erishish;
- sanoat va dorixonada ishlab chiqarilgan farmatsevtik preparat va dori vositalarini sifat va miqdoriy tahlil qilishda hamma jarayonlarni to’g’ri bajarish, tahlilda ishlatiladigan asosiy asbob va uskuna turlarini bilish va ulardan foydalana olish;
- dorixona sharoitida dori vositalarini tayyorlashni to’g’ri tashkil qilib, sifatini ta’minlab ekspress tahlil usullarini bajarishni bilish;
- farmatsevtik preparat va dori vositalarini standartlash ilmiy-amaliy markazlar va shu sohaga tegishli tashkilotlarni zamonaviy tahlil uskunalaridan to’g’ridan-to’g’ri foydalanishni hamda tahlil qilishning tezkor usullarini o’rganish.


  1. Yüklə 174,5 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin