O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus



Yüklə 472 Kb.
səhifə60/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Reaktiv dvigatel. Lining ish prinsipi quyidagicha. Samolyot uchganda qarshidan kelayotgan havo oqimi bosim hosil qiladigan soplo orqali o'tib, forsunka sochayotgan yoqilg'ini qo'shib oladi. Hosil bo'lgan ishchi yoqilg'i so'ngra yonish kamerasiga tushadi va o't oldiruvchi svecha vordamida yonadi. Ishchi aralashmaning yonishi natijasida hosil bo'lgan gazlar katta tezlik bilan chiqarish tirqishi — soplo orqali chiqarib tashlanadi. Aralashmaning yonishi bosimning keskin ortishiga olib keladi va natijada soplodan chiqadigan gazning tezligi dvigatelga kirayotgan gazning tezligidan juda katta bo'ladi. Aynan shu tezliklar farqi natijasida harakat miqdorining saqlanish qonuniga muvofiq reaktiv tortish kuchi vujudga keladi.
Hozirgi issiqlik mashinalarining FIK 40% dan (ichki yonish dvigatellari) 60% gacha (reaktiv dvigatellar) bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham olimlar mavjud dvigatellarni takomillashtirish yo'lida tinimsiz izlanishlar olib borishmoqda. Shu bilan birga, ichki yonish dvigatellarining tinimsiz ko'payib borayotganligi tabiatga va atrof-muhitga katta xavf tug'dirmoqda. Ekologik toza dvigatellarni yaratish bugungi kunning eng dolzarb muammolaridan biridir.
Tabiatni muhofaza qilish. Tabiatning oliy mahsuli bo'lmish inson qolaversa boshqa jonzotlar ham shu tabiatning bir qismidir. Ular yashashi va rivojlanishi uchun esa zarur ne'matlar — toza havo, toza suv va toza mahsulotlar kerak. Biz nafas oladigan havo Yer atmosferasini tashkil qiluvchi gazlarning aralashmasidir. Uning tarkibida kislorod, azot, vodorod va boshqa tabiiy gazlardan tashqari chang, tutun, tuz zarralari va boshqa aralashmalar mavjud. Bundan tashqari, havo tarkibida sanoat chiqindilari ham bo'ladi.
Issiqlik dvigatellarining ko'p miqdorda ishlatilishi ham atrof-muhitga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Hisob-kitoblarga qaraganda, hozirgi paytda har yili 2 milliard tonna ko'mir va 1 milliard tonna neft yoqiladi. Bu esa Yerdagi temperaturaning ko'tarilishiga va natijada muzliklarning erib, okeanlardagi suv sathining ko'tarilishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, atmosferaga 120 million tonna kul va 60 million tonnagacha zaharli gaz chiqarib tashlanadi.

Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin