O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus


Jismga beriladigan issiqlik miqdori uning ichki energiyasini orttirishga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi



Yüklə 472 Kb.
səhifə56/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Jismga beriladigan issiqlik miqdori uning ichki energiyasini orttirishga va tashqi kuchlarga qarshi ish bajarishga sarflanadi.
Agar jismga issiqlik miqdori berilayotgan bo'lsa, Q musbat, agar jismdan issiqlik miqdori olinayotgan bo'lsa, Q manfiy ishora bilan olinadi. Shuningdek, agar jism tashqi kuchlarga qarshi ish bajarayotgan bo'lsa, A ish musbat, tashqi kuchlar jism ustida ish bajarayotgan bo'lsa, A ish manfiy bo'ladi.
Termodinamikaning birinchi qonuni birinchi tur abadiy dvigatel (lotincha «perpetuum mobile») yasash mumkin emasligini ko'rsatadi. Birinchi tur «perpetuum mobile»ga asosan teng miqdorda energiya sarflamasdan ish bajara oladigan mashina qurish haqida fikr yuritiladi. Energiyaning saqlanish va aylanish qonuni bo'lgan termodinamika­ning birinchi qonunida esa tabiatda ro'y beradigan barcha jarayonlarda energiya o'z-o'zidan paydo ham bo'lmaydi, yo'qolmaydi ham , faqat bir ko'rinishdan boshqasiga aylanishi mumkin, deb qayd etiladi.
Endi termodinamika birinchi qonunining ba'zi jarayonlarga tatbiqini ko'raylik.
Izoxorik jarayon. Ideal gazning hajmi o'zgarmay (V= const), uning bosimi va temperaturasi o'zgaradi.
Izobarik jarayon. Ideal gazning bosimi o'zgarmas (p = const), uning hajmi va temperaturasi o'zgaradi.
Izotermik jarayon. Ideal gazning temperaturasi o'zgarmas (T=const), uning hajmi va bosimi o'zgaradi.
Adiabatik jarayon. Atrof-muhit bilan issiqlik miqdori almashmasdan ro'y beradigan jarayonga adiabatik jarayon deyiladi.
Adiabatik jarayonga tez ro'y beradigan jarayonlar misol bo'ladi. Misol uchun gaz tez siqilganda bajarilgan ish uning temperaturasining, ya'ni ichki energiyasining ortishiga olib keladi. Temperatura ortishi natijasida atrofga issiqlik miqdori tarqalishi uchun esa ma'lum vaqt kerak. Shuning uchun ham Q —O. Ichki yonish dvigatelida yonilg'i aralashmasining yonishi adiabatik jarayonga yaxshi misol bo'ladi.
Termodinamikaning ikkinchi qonuni
M a z m u n i: termodinamikaning ikkinchi qonuni; ikkinchi tur „perpetuum mobile".
Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning saqlanish va aylanish qonunini ifodalasada, termodinamik jarayonning ro'y berish yo'nalishini ko'rsata olmaydi. Misol uchun birinchi qonun, issiqlik] miqdorining issiq jismdan sovuq jismga o'tish imkoniyati qanday bo'lsa, sovuq jismdan issiq jismga o'tish imkoniyati ham shunday deb ko'rsatadi. Aslida esa tabiatda qanday jarayonlar ro'y berishi mumkin degan savol tug'iladi? Bunga termodinamikaning ikkinchi qonuni javob beradi.

Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin