Mundarija
1. Kirish. Tаbiаtni o’rgаnishdа fizikаning o’rni
2. Kinеmаtikа.Kinеmаtikаning vаzifаlаri
3. To’g’ri chiziqli tеkis vа nоtеkis hаrаkаtlаr
4. Tеzlаnish. Egri chiziqli hаrаkаtdа ko’chish, tеzlik vа tеzlаnishlаr
5. Dinаmikа.Dinаmikаning vаzifаsi
6. Grаvitаtsiya mаydоni vа butun оlаm tоrtishish qоnuni
7. Gidrоdinаmikа elеmеntlаri
8. Sаqlаnish qоnunlаri
9. Tеbrаnishlаr vа to’lqinlаr. Tаbiаtdа tеbrаnmа hаrаkаt
10. Tоvush to’lqinlаri
11. Mоlеkulyar-kinеtik nаzаriya аsоslаri. Gаzning tеrmоdinаmik
(mikrоskоpik vа mаkrоskоpik) pаrаmеtrlаri
12. Idеаl gаz hоlаtining(Mеndеlееv-Klаpеyrоn) tеnglаmаsi
13. Suyuqlikning хоssаlаri. Suyuqlik vа gаzlаrning bir-birigа
аylаnishi
14. Bug’lаnish vа kоndеnsаtsiya
15. Qаttiq jismlаrning хоssаlаri
16. Tеrmоdinаmikа аsоslаri.Tеrmоdinаmikаning birinchi qоnuni
17. Issiqlik mаshinаlаri vа ulаrning ishlаsh printsiplаri
18. O’zbеkistоndа issiqlik enеrgiyasidаn fоydаlаnish vа uning
-istiqbоllаri
MAVZU: Kirish. Tаbiаtni o’rgаnishdа fizikаning o’rni
REJA:
1.Fizikа vа tехnikа tаrаqqiyoti.
2.Fizikаning rivоjlаnish tаriхigа оid mа’lumоtlаr.
3.Tаbiаtni o’rgаnish ilmigа Shаrqning buyuk аllоmаlаrining qo’shgаn hissаlаri. 4.O’zbеkistоndа fizikа vа tехnikа sоhаsidа оlib bоrilаyotgаn tаdqiqоtlаr.
5.Fizik kаttаliklаrning Хаlqаrо birliklаr sistеmаsi (SI).
Fizika tabiat hodisalarining eng sodda va shu bilan birga eng umumiy qonunlarini, materiyaning xossalari, tuzilishi va uning harakat qonunlarini o'rganadigan fandir.
Fizika so'zi yunoncha „phyuzis" — „tabiat" so'zidan olingan bo'lib, uning qonunlari barcha tabiatshunoslik bilimlarining asosidir. Shuning uchun ham uni uzoq vaqt tabiat falsafasi deb ham ataganlar. Tajriba materiallarining ko'payishi, ularning ilmiy umumlashtirilishi va tekshirish usullarining takomillashtirilishi natijasida tabiat falsafasidan — astronomiya, kimyo, biologiya, geologiya va boshqa tabiiy fanlar, jumladan, fizika ham ajralib chiqqan. Shuning uchun ham fizikaning boshqa tabiiy fanlar bilan chegarasi shartli bo'lib, vaqt o'tishi bilan o'zgarib boradi. Inson bilimining chuqurlashuvi bu fanlar orasida yanada chambarchas bog'lanish mavjudligini ko'rsatdi. Buning natijasi sifatida esa astrofizika, fizik kimyo, biofizika, geofizika kabi fanlar vujudga keldi.
Tabiat qonunlarini chuqur o'rganish bizni o'rab turgan dunyo materiyaligini, ya'ni bizning ongimizdan tashqarida ham mavjudligini ko'rsatadi. Bizni o'rab turgan barcha mavjudot va bizning o'zimiz ham, jumladan, fizikada ko'p foydalaniladigan modda va maydon ham materiyaning ajralmas qismlaridir. Materiya doimo harakatda bo'ladi, ya'ni vaqt o'tishi bilan ularning o'zaro joylashuvi, shakli, o'lchamlari, agregat holati, fizik va kimyoviy xossalari o'zgarib turadi. Harakat materiyaning ajralmas xossasi va mavjudlik shartidir.
Materiya makon (fazo) va zamonda (vaqtda) mavjuddir. Tabiatdagi barcha jarayonlar ma'lum ketma-ketlikda va malum vaqtda davom etadi. Vaqt tabiat hodisalarining ketma-ketligini va chekli davom etishmi ko'rsatsa, fazo jismlarning bir-biriga nisbatan joylashuvini ko'rsatib, ular orasidagi masofani aniqlaydi. O'z vaqtida fazo va vaqtning xususiyatlari tabiatdagi jarayonlarni ma'lum qolipda saqlab turuvchi saqlanish qonunlariga tayanch bo'lib xizmat qiladi. Bularning hammasi fizikaning falsafa bilan naqadar chuqur bog'lanib ketganligining nishonasidir.
Fizika tajribaviy fan bo'lib, uning qonunlari tajriba natijalariga asoslanadi. Tajriba ma'lum qonunlarni tekshirish va yangi natijalarni aniqlash uchun o'tkaziladi. Nazariya esa topilgan natijalarga tayanib tabiat qonunlarini shakllantiradi, ma'lum hodisalarni tushuntiradi va bazan yangi hodisalarni O'rganilayotgan obyektlarning turiga qarab fizika yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi, atom va molekulalar fizikasi, qattiq jismlar fizikasi, plazma fizikasi va hokazolarga bo'linadi.
Fizika o'rganilayotgan jarayonlar va materiya harakatining shakliga qarab: moddiy nuqta va qattiq jism mexanikasi, yaxlit muhit mexanikasi, termodinamika va statistik mexanika, elektrodinamika, tortishish nazariyasi, kvant mexanikasi, kvant maydon nazariyasi kabi bo'limlarga bo'linadi.
Texnika fanga asoslangan va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga yordam beruvchi, inson tomonidan yaratilgan barcha qurilmalar va vositalar to'plamidir.
Fizika texnika bilan ham chambarchas bog'langan. Fizika va texnikaning bog'lanishi quyida ikki tomonlama namoyon bo'ladi:
Fizika — odamlarning turmush ehtiyoji sifatida vujudga keladi. Qadimda mexanikaning rivojlanishiga qurilish va harbiy ehtiyojlar turtki bo'lgan. Shuningdek, rus injeneri I. Polzunov (1728—1766) tomonidan uzluksiz ishlovchi bug' mashinasining loyiha qilinishi, ingliz ixtirochisi J. Uatt tomonidan (1736—1819) universal bug' dvigatelining yasalishi bug' mashinalari foydali ish koeffitsiyentini oshirish yo'llarini izlashni taqozo etgan. Natijada termodinamika jadal sur'atda rivoj-langan.
Fizikaning rivojlanishi ishlab chiqarishning texnikaviy darajasiga
Ita'sir ko'rsatadi. Fizikada kashfiyotlar amalga oshirilgandan so'ng, ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish bilan shug'ullanuvchi mutaxassislar may-donga chiqadilar va fizika bilan chambarchas bog'langan yangi fanlar paydo bo'ladi.
XIX asrning oxiri va XX asrning boshida elektromagnit hodisalarga bog'liq ko'plab jarayonlar kashf etildi.
L. Galvani (1737-1798) va A. Volta (1745-1827) kabi olimlar tomonidan tok manbalari — galvanik elementlarning, M. Faradey (1791—1867) tomonidan elektromagnit induksiyahodisasining, A. Popov (1857—1906) tomonidan radioning kashf qilinishi, nemis fizigi G. Gers (1857—1894) tomonidan elektromagnit to'lqinlar mavjudligining isbotlanishi elektrotexnika, radiotexnikaning rivojlanishiga sabab boidi.
Shuningdek, atom va yadro fizikasi sohasidagi kashfiyotlar atom energiyasidan foydalanish imkoniyatlarini yaratdi. Hozirgi paytda ko'plab atom elektr stansiyalari, atom energiyasida ishlovchi muzyorar va suvosti kemalari ishlab turibdi. Yarim o'tkazgichlarning kashf qilinishi radio va elektron hisoblash texnikasida inqilobiy o'zgarishlarni amalga oshirdi. Zamonaviy televizorlar, magnitofonJar, kompyuterlar va boshqa vositalarning yaratilishiga asos bo'lib xizmat qildi. Kosmosning o'zlashtirilishi va undan amalda foydalanish natijasida esa dunyoning istalgan chekkasidan uzatilayotgan radio va televizion eshittirishlarni qabul qilish, simsiz so'zlashuv vositalarini yaratish imkoni yaratildi.
Yarim o'tkazgichli fotoelementlarning yaratilishi sun'iy yo'ldoshlarni energiya bilan ta'minlashga, quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirib, ekologik toza energiya olishga imkon yaratdi. Natijada elektrotexnika, radiotexnika, yadro texnikasi, issiqlik texnikasi, geliotexnika, elektronika kabi fanlar vujudga keldi. Insonning og'irini yengillashtirishga xizmat qilayotgan fizik kashfiyotlar natijalarini yana ko'plab keltirish mumkin. fizik kattaliklar. Birliklar sistemasi
M a z m u n i: fizikaviy qonunlar, fizik kattalik, birliklar sistemasi; birliklar sistemasining tanlanishi; Xalqaro birliklar sistemasi; hosilaviy birliklar.
Ma'lumki, fizika fanining asosiy tekshirish uslubi — tajribadir. Tajribalar natijasini tushuntirish, asoslash maqsadida ilmiy nazariyalar yaratiladi. Bularning hammasi tabiatda mavjud bo'lgan obyektiv qonuniyatlarni o'rganishga va natijada ularga oid fizik qonunlarning yaratilishiga olib keladi. Fizik qonunlar fizik kattaliklar orasidagi ma'lum munosabatlar vositasida ifodalanadi.
Fizik kattalik deb, miqdor jihatdan har bir fizik obyekt uchun xususiy, lekin sifat jihatdan ко 'plab obyektlar uchun umumiy bo 'Igan va ularning biror xossasini ifodalovchi kattalikka aytiladi.
Fizik kattalikni ham miqdor, ham sifat jihatdan to'la ifodalaydigan kattalikka uning haqiqiy qiymati deyiladi.
Fizik kattaliklarning qiymatlari doimo takomillashtirilib boriladigan tajribalar yordamida aniqlanadi va ularni solishtirish kelishilgan birliklarni (birlik sistemasini) kiritilishini taqozo etadi.
Fizik kattaliklar sistemasi asosiy va hosilaviy kattaliklardan iboratdir. Asosiy fizik kattaliklar 7-ta bo'lib, ularning 3-si moddiy dunyoning asosiy xossalarini ifodalovchi: uzunlik, massa, vaqtdir. Qolgan 4-si: tok kuchi, termodinamik harorat, modda miqdori va yorug'lik kuchi fizikaning biror bo'limidan olingan.
Fizik kattalikning son qiymati uning kattaligini ko'rsatadi va u tanlangan birlikka bog’liq. Fizik kattalikning birligi deb, har bir fizik kattalikni miqdoriy ifodalash uchun qo’laniladigan, shartli ravislida son qiymati birga teng deb belgilangan olchamli fizik kattalikka aytiladi. Odatda, birlik kattalikning belgisi yordamida quyidagicha ko'rsatiladi: [s] = 1 m; [m] = 1 kg va hokazo. Fizik kattaliklarning asosiy va hosilaviy birlikiarining to'plami birliklar sistemasini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |