O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus


Harakat haqida umumiy tushuncha. Sanoq sistemasi



Yüklə 472 Kb.
səhifə5/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Harakat haqida umumiy tushuncha. Sanoq sistemasi
Mazmuni: moddiy nuqta va absolutno qattiq jism tushunchalari; ilgarilanma va aylanma harakat; sanoq sistemasi; moddiy nuqta harakatining kinematik tenglamasi.
Solishtirish usuli bilan o'rganish. Shuni alohida qayd etmoq kerakli, insonning eng yuksak intellektual qobiliyati solishtirish yordamida o'rganishdir. Boshqacha aytganda, o'rganilayotgan jism harakati, undan soddaroq bo'lgan, fizik model sifatida tanlab olingan jism hara­kati bilan solishtirish yordamida o'rganiladi.Eng sodda model sifatida moddiy nuqta tushunchasidan foydalaniladi.
Moddiy nuqta. Moddiy nuqta deb, malum massaga ega bo'lgan va harakati o'rganilayotgan holda shakl va o'lchamlarini hisobga olmaslik mumkin bo'lgan jismga aytiladi. Moddiy nuqta tushunchasi nisbiy bo'lib, u o'rganilayotgan masalaga bevosita bog'liq. Masalan, sayyoralarning Quyosh atrofidagi orbitalar bo'ylab harakati o'rga-nilganda, ularni moddiy nuqta sifatida qarash mumkin. Ayni paytda Yer shari atrofida harakatlanayotgan ulkan sun'iy yo'ldoshni Yerga nisbatan moddiy nuqta sifatida qarash mumkin.
Absolut qattiq jism. Mexanikada ko'p foydalaniladigan modellardan yana biri absolut qattiq jism tushunchasidir. Absolut qattiq jism deb, hech q2anday holatda ham deformatsiyalanmaydigan, boshqacha aytganda har qanday kuch ta'sirida ham istalgan ikkita nuqtasi orasidagi masofa o'zgarmay qoladigan jismga aytiladi.
Ilgarilanma harakat. Har qanday harakatni ham ilgarilanma, ham aylanma harakatlar yig'indisi sifatida qarash mumkin.
Agar qattiq jismning istalgan nuqtasiga biriktirilgan to'g'ri chiziq harakat davomida o'zining dastlabki holatiga parallel bo'lib qolsa, bunday harakatga ilgarilanma harakat deyiladi. Misol uchun stol uslubida harakatlanayotgan aravachani qaraylik. Aravachaning har uchala holatida ham uning oxirgi nuqtasidan o'tgan AB, A2B2 vaA2B2 to'g'ri chiziqlar o'zaro paralleldir. pc/ cU\a othjouiVufti*^ Shuni ta'kidlab o'tish kerakki, jism ilgarilanma harakat qilganda „ barcha nuqtalari bir xil harakatlanadi va parallel izlar qoldiradi.
Aylanma harakat. Agar qattiq jismning barcha nuqtalari aylanish o'qi deb ataluvchi malum o'q atrofida aylanalar bo'ylab harakatlansa, bunday harakatga aylanma harakat deyiladi. Aylantirib o'ynaladigan bolalar o'yinchog'i bunga misol bo'ladi. Agar o'yinchoq sirtiga turli rangli nuqtalar qo'yilsa, harakat davomida bu nuqtalar rangli aylana bo'lib ko'rinadi.
Sanoq sistemasi. Yuqorida qayd qilib o'tilganidek, mexanik hara­kat jism joylashuvining boshqa jismlarga nisbatan o'zgarishini ko'rsatadi. Demak, uning holati qaysi jismga nisbatan o'rganilayotgan bo'isa, shu jism go'yoki sanoqning boshiga aylanadi. Poyezd harakati vokzalga, futbol to'pi harakati futbolchiga nisbatan joylashuvining o'zgarishiga qarab aniqlanadi. Mexanik harakatni to'la tavsiflash uchun esa uning makon va zamondagi holatini to'la ko'rsata oladigan sanoq sistemasini kiritish zarur. Jism bilan bog'Iangan va unga nisbatan boshqa jismlar yoki moddiy nuqtalarning harakati (yoki muvozanati) o'rganiladigan koordinatalar sistemasi va vaqtni o'lchash asbobidan iborat sistemaga sanoq sistemasi deyiladi.
Fazodagi istalgan moddiy nuqtaning o'rni uclita koordinata (x,}, z) bilan aniqlanadi. Agar harakat tekislikda ko'rilayotgan bo'lsa, ikkita koordinata (л:, у), to'g'ri chiziqda ko'rilayotgan bo'isa, bitta koordinata (x) bilan kifoyalanish mumkin. x, y, z vektorlar r vektorning tashkil etuvchilari yoki uning koordinata o'qlaridagi proyeksiyalari deyiladi:
r=x + y + z.
Moddiy nuqtaning harakati. A moddiy nuqta sanoq sistemasida harakatlansa, uning koordinatalari (x, y, z)! vaqt o'tishi bilan o'zgara boradi. Bu o'zgarishni matematik ko'rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:

Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin