O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va o`rta maxsus



Yüklə 472 Kb.
səhifə3/61
tarix12.12.2022
ölçüsü472 Kb.
#74159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
O’zbåkiston Råspublikasi Oliy va o`rta maxsus

Fizik kattaliklarning Xalqaro birliklar sistemasi (SI sistema international) 1960-yilda o'lchov va tarozilar bo'yicha bosh konferensiyada qabul qilingan bo'lib, yettita asosiy birlik — metr, kilogramm, sekund, amper, kelvin, mol, kandela va ikkita qo- 'shimchabirlik —radian va steradianlardan tuzilgan:
m e t r (m) - yorug'likning bo'shliqda 1/299792 458 s da o'tadigan yo'lining uzunligi;
kilogramm (kg) — kilogrammning xalqaro timsolining massasiga teng massa (Parij yaqinidagi Sevr shahrida o'lchov va tarozilar xalqaro byurosida saqlanayotgan platina-iridiy qotishmasining massasi);
s e к u n d (s) — seziy-133 atomi asosiy holatining ikkita o'ta nozik sathlari orasidagi o'tishga mos keluvchi nurlanish davrining 9192631770 tasiga teng bo'lgan vaqt;
kelvin (K) — suv uchlamchi nuqtasi termodinamik harorati-ning 273,15 dan bir qismiga teng harorat birligi;
amper (A) — bo'shliqda bir-biridan 1 m masofada parallel joylashgan, ingichka, cheksiz uzun o'tkazgichlardan o'tganida shu o'tkazgichlarning orasida ular uzunligining har bir metriga 2 • 10-7 H o'zaro ta'sir kuchi vujudga keltiradigan o'zgarmas tok kuchidir;
mol (mol) — tarkibiy elementlari, 0,012 kg massali l2C nuklidda mavjud bo'lgan tarkibiy elementlarga teng sistemaning modda miqdori;
kandela (kd) — 540 • 1012 Hz chastotali monoxromatik nurlanish chiqaradigan manbaning, energetik kuchi 1/683 VV/sr bo'lgan yo'nalishdagi yorug'lik kuchi;
radian (rad) — ikki radius orasida joylashgan va qarshisidagi yoyning uzunligi aylana radiusiga teng bo'lgan burchak;
s t e r a d i a n (sr) — sfera sirtidan tomoni sfera radiusidek bo'lgan kvadratning yuzasiga teng yuzani ajratuvchi, uchi sfera markazida bo'lgan fazoviy burchak.
Hosilaviy birliklar fizik qonunlarga asosan aniqlanadi.
TARQATMA SAVOLLAR
1. Fizika fanining asosiy tekshirish uslubi nima?
2. Fizik qonunlar deb qanday qonunlarga aytiladi?
3. Fizik kattalik deb qanday kattalikka aytila­di?
4. Fizik kattalikning haqiqiy qiymati nima?
5. Asosiy fizik kattaliklar.
6. Asosiy fizik kattaliklar qanday tanlangan?
7. Fizik kattalikning birligi.
8. Xalqaro birliklar sistemasi qachon qabul qilingan?
9. Birliklar sistema­sining kiritilishidan maqsad nima?
10. Xalqaro birliklar sistemasidagi asosiy va qo'shimcha birliklar va ularning aniqlanishi.
11. Hosilaviy birliklar qan­day aniqlanadi?

Yüklə 472 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin