2. Darsning tarkibiy qismlari va asosiy ko’rsatkichlari
2.1.
Darsning tashkil etilishi
Salomlashildi, o’quvchilarning diqqati darsga qaratildi. Davomat aniqlandi. Sinfning darsga tayyorligi izohlandi. Hamma o’quvchilar kitob va daftarlarini taxt holatga keltirdilar.
3-daqiqa
2.2.
Darsning borishi
O’tgan darsda uyga berilgan vazifaning bajarilishi aniqlandi. Barcha o’quvchilar uyga vazifani bajarib kelgani ma’lum bo’ldi. O’tgan darsda A.Oripovning "O’zbekiston" she’ri o’qitilgan ekanligini o’quvchilar aytdilar. She’rni yoddan o’qish, mazmunini izohlash so’raldi. Sinfdagi ko’pchilik o’quvchilar qo’l ko’tardilar. O’qituvchi Abduraxmonov Alisherni o’rnidan turg’izdi. Alisher doska yoniga kelib she’rni yoddan o’qiy boshladi. Uchta bandni o’qigandan keyin o’qituvchi uni to’xtatdi. She’r mazmunini izohlashni so’radi. Alisher ona Vatanimiz - O’zbekistonni shoir A.Oripov madh etganini, dunyoda tengi yo’k diyor ekanligini tushuntirdi. Hamid Olimjon, G’ofur G’ulomlar O’zbekistondan fahrlanib she’rlar yozganini aytdi. Dunyoni larzaga solgan bobokalonimiz Amir Temurdan faxrlanish she’rning uchinchi bandida aks etgani aytildi. She’rning davomini Salima, Vohid, Nargizalar yoddan ifodali o’qidilar. O’qituvchi izohlarni to’ldirib, aniqlik kiritib to’rdi. O’quvchilar bilimini darsning oxirida baholashni aytib, yangi mavzuni bayon etdi.
12 -daqiqa
2.3.
Yangi mavzuning bayoni
Shoir A.Oripovning "Men nechun sevaman O’zbekistonni" she’ri. Sinf doskasi atrofiga O’zbekistonning o’tmishi va bugungi kunini aks ettiruvchi suratlar osildi, kompyuter orqali ekranda lavhalar ko’rsatishga tayyorlandi. Ikki o’quvchi yordamlashdi. O’qituvchi she’rni ifodali o’qib berdi. Men nuchun sevaman O’zbekistonni, Tuprog’in ko’zimga aylab tutiyo, Nechun Vatan deya eru osmonni, Muqaddas atayman, atayman tanho. Engil, yokimli musiqa sadosi ostida ekranda O’zbekiston manzaralari ko’rsatib borildi. Ekranda nuroniy otaxonlar, onaxonlar, etuk insonlar, shodu-xurram siymolar, barkamol yoshlar tasviri, bolalarning sho’x-shodon o’yin kulgilari ko’rindi. She’ro’qib bo’lingach o’qituvchi o’quvchilarga savol bilan muroajaat qildi, kani aytinglarchi, shoir nima uchun O’zbekistonni jonidan ortiq sevar ekan? O’quvchilar javobi: O’zbekiston dunyodagi eng go’zal ulka, eng boy davlat, eng serquyosh diyor, bog’lari jannatdek serjilo, tuprog’i oltindek bebaho va h.k.
20 daqiqa
2.4.
Yangi mavzuni mustahkamlash
O’qituvchi yangi mavzuni mustahkamlash maqsadida o’quvchilarga savol berdi: aytinglarchi, ushbu she’rda shoir qanday g’oya, his-tuyg’uni ifodalagan? Javobini darsning boshida bilimi tekshirilgan o’quvchilardan so’radi. O’quvchilaro’z tushunchalarini bayon etdilar. Uchta o’quvchiga "a’lo" va ikkita o’quvchiga "yaxshi" baho qo’yildi. Qo’yilgan baholarga izoh berildi. Yana 3 ta o’quvchirag’batlantirildi.
O’qituvchi uyga vazifa qilib shoir A.Oripovnish "Men nechun sevaman O’zbekistonni'" she’rini yod olish va mazmunini izohlashni topshirdi. Shoirning Vatan haqidagi boshqa she’rlarini ham o’qishni tavsiya etdi. O’zbekiston madhiyasini yod bilish eslatildi.
2-daqika
2.6.
Darsning yakuni
O’qituvchi darsga barchao’quvchilarning yaxshi qatnashganini ta’kidladi. Ayniksa, Nargiza Nodirbek, Sarvarbek, Sevaraxon, Vohidjon, Alisherlariing juda faol bo’lganligini ibrat qilib ko’rsatdi. Bir necha o’quvchining bugungi darsdao’zini ko’rsata olmagani aytib o’tildi va keyingi darsda a’lochilar sifatida bo’lishiga umid bildirdi. O’qituvchi darsni tugatdi, xayrlashildi.