Dars pedagogik jihatdan to’g’ri tashkil etildi. Noan’naviy dars elementlaridan qo’llanildi. Ayrim interfaol metodlardan foydalanildi. Pedagogik texnologiyaning ba’zi qoidalariga amal qilindi. Darsda ko’rgazmali qurollar, texnik vositalardan samarali foydalanildi. O’qituvchining bilimi chuqur, tafakkuri keng, dunyoqarashi boy, fikri aniq va toza, ifoda vositalari mukammal. O’qituvchi pedagogik mahoratni yaxshi egallagan, har bir harakatida boy pedagogik tajriba egasi ekanligi sezilib turadi. Darsda o’quvchilarning mustaqil fikrlashlariga, ijodiy izlanishlariga imkon yaratildi. O’quvchilarning ayrim kamchiliklari ustalik bilan tuzatib boriladi. O’qituvchi pedagogika va psixologiya fanlarini yaxshi bilishi, ularga amal qilishi, har bir o’quvchiga o’ziga xos munosabatda bo’lishga erishdi. O’quvchilarga ta’lim va tarbiya uzviy bog’liklikda berildi. Darsga, fanga, xatto o’qituvchilik kasbiga qiziqish uyg’ota oldi dsb hisoblash mumkin.
3.2.
Yo’l qo’yilgan kamchiliklar
Shoir A.Oripovning vatanparvarlik va insonparvarlik haqidagi boshqa she’rlariga qisqa izoh berilsa ma’qul bo’lar edi. Erkin Vohidovning "O’zbegim" she’ri bilan qiyosiy tahlil qilinganda darsyana daqiziqarli bo’lishi mumkin edi. O’qituvchi nutqida ayrim sheva (dialekt) elementlari uchraydi.
3.3.
Taklif va mulo-hazalar
Sinf o’quvchilari kichik guruhlargabo’linsa, dars munozara, muhokama, fikr almashish, hamkorlikda ta’lim, yuzma-yuz muloqot shaklida tashkil etilganda yanada ma’qul bo’lar edi. Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan bundanda samarali foydalanish imkoni bor. Mustaqil ta’lim, ijodiy izlanish, dars mazmunini xayot bilan bog’lanishini kuchaytirsa bo’ladi. Nutqning tarbiyaviyligi, aniq va ravonligi, ilmiy va mantiqiyligiga har doim e’tibor berish zarur.
Dars kuzatuvchi va tahlil etuvchi: ___________________