O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 27,82 Kb.
səhifə1/3
tarix20.05.2023
ölçüsü27,82 Kb.
#118272
  1   2   3
MOHICHEHRA KURS ISHI 2023


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI PEDAGOGIKA FAKULTETI
“MAKTABGACHA TA’LIM METODIKASI” KAFEDRASI
“Maktabgacha pedagogika” fanidan
Himoyaga tavsiya etaman
Fakultet dekani
Mahmudov.Sh. “
KURS ISHI
Mavzu: Pedagog-tarbiyachining nutq madaniyati
Talaba:3-kurs 4 MT 20-guruh talabasi
Rajabaliyeva Mohichehra
Ilmiy raxbar:
.
Himoyaga tavsiya etildi
“Maktabgacha ta’lim metodikasi” kafedrasi mudiri: Suyunov.SH.J.
Denov-2023

PEDAGOG-TARBIYACHINİNG NUTQ MADANIYATI
Mundarija
KIRISH……………………………………………………………………….……3
I BOB MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARINING NUTQ MADANIYATI VA UNGA QOʻYILADIGAN PEDAGOGIK TALABLAR…………………..................................................................................….61.1 Tarbiyachi nutqi bolalar nutqini to‘gri rivojlantirish uchun namuna ekanligi
……………………….…................................................................................................61.2. Tarbiyachi nutqiga qo’yilgan pedagogik talablar………………………………….11
II BOB MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI TARBIYACHILARI NUTQ MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH …………………………………….……19
2.1. Tarbiyachi o‘z nutqini takomillashtirish ustida ishlashning zarurligi.………………………………………………………………....…………….19
2.2 Tarbiyachi nutqining ta’sirchanliligi va ifodaliligi.............................….…………23
Xulosa ……………………………………………………….....……….…………….34
Tavsiyalar………………………………………………...…....……..………………35
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………….....…………….…….36


KIRISH


Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tizimida qator islohotlar o’tkazilmoqda, ularning bari bolalar va pedagoglar manfaati yo’lida xizmat qilishiga, shuningdek maktabgacha ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan. Qolaversa, muhtaram
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan", deya ta’kidlab keladilar.
Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasining barcha bo‘g‘inlari – maktabgacha ta’lim, maktab, o‘rta maxsus va oliy ta’lim tizimini takomillashtirish, yangi muassasalar bunyod etish va mavjudlarini qayta ta’mirlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yoshlar kamolotida o‘z samarasini bermoqda.Maktabgacha ta’lim tashkilotining davlat o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’’lim va tarbiyaning davlat standartlarini tadiqlash” to’g’risidagi “Maktabgacha ta’lim vazirliginig 802-son qarori va 155-sonli buyrug’iga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, o‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga o‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan.
Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda shakllangan dastlabgi mafkuraviy ong, his-tuyg’u va ahloq butun bolalik faoliyatida o’zaro, hamda kattalar bilan bo’ladigan munosabatda u yoki bu tarzda namoyon bo’ladi. Shuning uchun ham bolalikning ilk yoshidan boshlab mafkuraviy tushunchalarni singdirishda maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning yoshi yashash muhiti, shaxsiy hususiyatlari va ruhiy holatlari ham ular faoliyat, ya’ni o’yin, mehnat va turli mashg’ulotlar hisobga olinadi. Bu bosqichda tarbiya aniq maqsadga yo’naltirilgan bo’lib, bolalarning ijobiy ruhiy kechinmalari his-tuyg’ularini uyg’unlashtirish asosida insonparvarlik, mehr-sahovat, o’zaro yordam o’z faoliyatini mustaqil ravishda idrok etish kattalar topshirig’ini bajarish, jamoa manfaati mustaqil ravishda idrok etish kattalar topshirig’ini bajarish, jamoa manfaati bilan o’z manfaatini uyg’un qo’yish kabi his-tuyg’ularni tarkib toptishrish hisobiga olinadi. Bolalarga jamiyatda o’zlarini namunali tutishlari o’zga kishilarga samimiy munosabatda bo’lish kerakligi o’rgatiladi.
Nutq madaniyati jamiyat madaniy taraqqiyoti, millat ma`naviy kamolotining muhim belgisidir. Mamlakatimizda ma`naviy-ma`rifiy islohatlar davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deb e`lon qilingan bugungi kunda nutq madaniyati masalalari har qachongidan ham dolzarblik kasb etadi.

Yüklə 27,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin