O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Etalonlarning solishtirilishi -



Yüklə 474,17 Kb.
səhifə37/58
tarix01.06.2023
ölçüsü474,17 Kb.
#121567
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

Etalonlarning solishtirilishi - kattalikni yoki uning hosilaviy o’lchamlarini ishtirokchi-davlat solishtirish etalonlar yordamida qayta tiklash natijasida aniqlangan o’lchamlari o’rtasidagi nisbatni belgilovchi amallar majmuidir.
Fizik kattalikning, uning karrali yoki ulushli qiymatlarining o’lchamini qayta tiklash, saqlash va uzatish uchun mo’ljallangan milliy (davlat) etalonlari solishtirilishi kerak.
Solishtirish amalini o’tkazish zarurligi to’g’risidagi qarorni metrologiya bo’yicha xalqaro va regional tashkilotlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda etalon - ega (davlat) si qabul qiladi.
Milliy etalonni tekshirish (tadqiq qilish) va qayta tiklanadigan birlik o’lchamini aniqlash bo’yicha ishlarning majburiy tarkibiy qismi bo’lib solishtirish hisoblanadi.
Qoidaga binoan, aniqlik darajasi bir xil bosqichda bo’lgan etalonlar solishtirilishi kerak.
Etalonlarning solishtirilishi tashiladigan etalonlar yordamida amalga oshiriladi, bunday etalon bo’lmagan holda ishtirokchi davlatlar kelishuvi bo’yicha solishtirish vositasi tanlanadi. Solishtirish etaloni (solishtirish vositasi) barqarorlik talablariga muvofiq bo’lishi kerak.
Etalonlarni solishtirilishi aylanma, radial yoki
kombinasiyalangan bo’lishi mumkin. Solishtirish tusini tanlash (aylanma yoki radial) taqqoslash etaloni (solishtirish vositasi) ning barqarorligiga qarab o’tkaziladi.
Solishtirish ishtirokchi - davlatlar soniga qarab solishtirish ikki tomonlama va ko’p tomonlama solishtirishga bo’linadi.
Ko’p tomonlama solishtirishning eng tarqalgan turi xalqaro va regional solishtirishlardir.
Etalonlarni xalqaro solishtirilishi konsultativ komitet (KK) rahbarligi ostida O’lchovlar va tarozilar xalqaro kamitetining (O’TXK) va regional metrologik tashkilotlarning ruhsati va nazorati ostida o’tkaziladi. Ular solishtiriluvchi etalonlarning ekvivalentligini tan olinishini va o’lchashlarning hamda solishtirish ishtirokchilarining sertifikasion sinovlarining to’g’riligini yuridik asosini tashkil etadi.

Yüklə 474,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin