O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 474,17 Kb.
səhifə35/58
tarix01.06.2023
ölçüsü474,17 Kb.
#121567
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

Ikkilamchi etalon - birlikning o’lchamini mazkur birlikning birlamchi etalonidan oladigan etalon.
Ikkilamchi etalonlar qiyoslash ishlarini rasional tashkil etish zarur bo’lganida va birlamchi etalonni eng kam eyilishini va saqlanganligini ta’minlash hollarida yaratiladi.
Metrologik vazifasi bo’yicha ikkilamchi etalonlar nusxa-etalon, taqqoslash etaloni, guvoh etaloniga bo’linadi.
Nusxa-etalon - birlikning o’lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun mo’ljallangan etalon.
Nusxa-etalonlar, odatda, birlamchi yoki maxsus etalonni barvaqt eyilishidan saqlash maqsadida, qiyoslash ishlari ko’p bo’lgan hollarda yaratiladi. Nusxa-etalon zarur bo’lganda, davlat etaloni o’rnida ishlatilishi mumkin.
Taqqoslash etaloni - biror sababga ko’ra bir-biri bilan bevosita solishtirib bo’lmaydigan etalonlarni solishtirish uchun qo’llaniladigan etalon.
Taqqoslash etaloniga turli mamlakatlarda elektr kuchlanishi birligi etalonlarining bir-biri bilan o’zaro solishtirish uchun ishlatiladigan o’zgarmas tokdagi elektr kuchlanishining yuqori stabilli elektron o’lchovi misol bo’la oladi.
Guvoh etalon - davlat etalonining butliligini va o’zgarmaganligini tekshirish va buzilgan yoki yo’qolgan xollarda uni almashtirish uchun mo’ljallangan ikkilamchi etalon.
Hozir, Xalqaro birliklar tizimining asosiy birliklarini etalonlaridan faqat massa birligining etaloni - kilogrammning guvoh etaloni bor.
Ishchi etalon - birlikning o’lchamini ishchi o’lchash vositalariga uzatish uchun mo’ljallangan etalon.
Ishchi etalon birligining o’lchami ikkilamchi nusxa etalon bo’yicha yoki ba’zi hollarda, to’g’ridan-to’g’ri birlamchi etalon bo’yicha qo’yiladi.
Etalonlarning tarkibiga na faqat kattalik birligini qayta tiklaydigan va saqlashni amalga oshiradigan eng yuqori aniqlikdagi o’lchash vositalari etalonlar kiritiladi, balki birlik o’lchamini etalondan boshqa o’lchash vositalariga uzatish, o’lchash sharoitini nazorat qilish va etalonda saqlanadigan kattalik birligi o’lchamini o’zgarmasligini kuzatish uchun zarur bo’lgan boshqa o’lchash vositalari ham kiritiladi.
Zarur bo’lganda, etalonlar tarkibiga ularning ishini
ta’minlaydigan boshqa texnikaviy vositalar (masalan, informasion- hisoblash komplekslari, maxsus platformalar, inshootlar va boshqalar) kiritiladi.
Ishchi etalonlar zarur bo’lganda, namunaviy o’lchash vositalari (NO’V) uchun qabul qilinganidek, 1,2,...n - razryadlarga ajratiladi. Bu xolda birlikning o’lchami razryadlari bo’yicha bir-biriga tobe ishchi etalonlar tizimi orqali uzatiladi va birlikning o’lchami bu tizimdagi oxirgi ishchi etalondan ishchi o’lchash vositasiga uzatiladi.
Yuqorida yozilganidek, etalonlarning o’zaro metrologik tobeligi ko’rsatilgan sxema ko’rinishida berilishi mumkin.



  1. rasm. Etalonlarning metrologik tuzilmasi

Etalonlarning metrologik tavsiflari GOST 8.381-80 muvofiq ifodalanadi. Odatda etalonlar uchun o’lchash natijalarini o’rtacha kvadratik og’ishi bo’yicha ifodalangan birlikni qayta tiklashdagi tasodifiy xatoligini baxolanishi va yo’qotilmagan muntazam xatoligini baxolanishi ko’rsatiladi.
Hozirda etalonlar uchun o’lchash noaniqligini o’rnatish, belgilash (aniqlash) majburiy talab bo’lib qoldi.
Etalonlarni qonuniy tasniflanishi
Mazkur hudud yoki tashkilotdagi etalonlardan eng yuqori metrologik xossalarga ega bo’lgan, birlikning o’lchamini o’ziga tobe o’lchash vositalariga beruvchi va belgilangan tartibda rasmiy tasdiqlangan etalon boshlang’ich etalon deyiladi.
Qiyoslash sxemasida boshlang’ich etalondan keyin turadigan etalonlar, odatda tobe etalonlar deb ham ataladi.
Davlat uchun boshlang’ich etalon sifatida xizmat qilishi rasmiy qaror bilan tan olingan etalon milliy (davlat) etalon deb ataladi.
O’zbekistonda milliy etalonlarni ishlab chiqish tartibi, attestatlash, tasdiqlash, qayd qilish, saqlash va qo’llash davlat standartida O’z DSt 8.014:2002 belgilangan.
“Milliy etalon” tushunchasining ta’rifi, mohiyati jihatdan “davlat etaloni” tushunchasining ta’rifiga mos keladi. “Milliy etalon” ta’rifi “Metrologiyadagi asosiy va umumiy atamalar xalqaro lug’ati” ga mos keladi va bu “davlat etaloni” va “milliy etalon” atamalarining bir xil tushunchasini ifodalashini tasdiqlaydi.
Shu sababli mamlakatimizda “milliy etalon” atamasi alohida davlatlarga qarashli etalonlarni xalqaro etalon bilan solishtirishda yoki qator mamlakatlarning etalonlarini yalpi solishtirish ishlarini o’tkazishda qo’llaniladi.
Etalonlarning texnik infrastrukturasi, maxsus binolar, inshootlar, uskunalar etalon komplekslarining ajralmas qismi bo’lib, ularning tarkibi etalonlarning hujjatlarida beriladi.
Milliy etalonlar davlatning strategik muhim va mutlaqo xususiyatlik ob’ekti bo’lib, uni sotish va sotib olish mumkin emas.
Milliy etalonlarning muhimligi (qiymatliligi) o’lchash birliligini ta’minlashda ularning roli bilan hamda ko’p holda aniq nushalash imkoniyatini yo’qligi bilan va birlamchi etalonlarni yo’qolgan hollarda qayta tiklash imkoniyatini yo’qligi bilan aniqlanadi. Etalonlarning qiymatliligi muntazam metrologik tadqiqot (izlanish) lar va xalqaro solishtirishlar natijasida ularning xususiyatlarini o’rganish va takomillashtirish bilan keskin oshadi.
Milliy etalonlarning ilmiy-texnikaviy darajasi davlatning ilmiy va texnikaviy potensialining ko’rsatkichi hisoblanadi va mamlakatning texnikaviy va iqtisodiy mustaqilligini va uning strategik maqsadlarini amalga oshirish, shu bilan bir qatorda milliy xavfsizligini ta’minlash uchun etarli darajada bo’lishi kerak.
Milliy etalonlar bilan bir qatorda MDH davlatlar doirasida davlatlararo etalonlar ham mavjud. Bu etalonlar kelishuv asosida ishtirokchi davlatlar uchun boshlang’ich etalon sifatida belgilangan tartibda tan olingan etalonlardir (bu etalonlar: “Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlash-tirish sohasida kelishilgan siyosatni o’tkazish olib borish to’g’risida” gi bitimga asosan).
Davlatlararo etalon ikki va undan ortiq ishtirokchi davlatlar
kelishuvi bo’yicha qabul qilingan milliy etalonlardan iborat bo’ladi.
O’lchashlar birliligini global masshtabda ta’minlash uchun O’lchashlar va tarozilar xalqaro byurosi (MBMV) da saqlanadigan xalqaro etalonlar qo’llaniladi.

Yüklə 474,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin