O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 474,17 Kb.
səhifə32/58
tarix01.06.2023
ölçüsü474,17 Kb.
#121567
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

Qaytariluvchanlik deganda birlikni etalon yordamida o’lchash texnikasining rivojlanishi darajasida eng kichik xatolik bilan nazariy imkoniyatda materiallashtirilishi tushuniladi.
Etalonni qaytariluvchanligi uni tayyorlash jarayonida xatoliklarini cheklash bilan, etalonni tayyorlashda yo’l qo’yilgan xatoliklarini uni ekspluatasiya jarayonida va tuzatma kiritishda kelib chiqadigan xatoliklarini aniqlash maqsadida uning xususiyatlarini har tomonlama o’rganish bilan ta’minlanadi.
Etalonning solishtiriluvchanligi deganda - etalonni boshqa o’lchash vositalari bilan solishtirish jarayonini yuqori aniqlikda ta’minlash imkoniyati tushuniladi. Bu xususiyat etalonning tuzilishi va ishlashi solishtirish natijalariga hech qanday chetlanish kiritmasligini ta’kidlaydi.
Solishtirish jarayonida etalonning xususiyatlari o’zgarishlarga bardoshli bo’lishi kerak va etalonlarni o’zi u bilan solishtiriladigan o’lchash vositasining parametrlariga ta’sir etmasligi kerak.
Sanab o’tilgan talablarni bajarish uchun etalonli qurilmalarda birlikni qayta tiklash, qoida bo’yicha, har xil davlatlar orasida kelishilgan alohida qattiq reglamentlangan maxsus (spesifik) yo’l bilan o’tkaziladi.
Etalonlarning metrologik tasniflanishi
Etalonlar konstruktiv ishlanishiga va tarkibiga qarab quyidagilarga bo’linadi. Etalon kompleks, yakka etalon, guruhli etalon, etalon to’plami.
Etalon kompleks - fizikaviy kattalik birligi o’lchamini qayta tiklash, saqlash va uni uzatish uchun mo’ljallangan o’lchash vositalarining va yordamchi qurilmalarining majmuidan tarkib topgan etalon.
Etalon kompleksiga vaqt etaloni va chastota etaloni misol bo’ladi. Bu etalonlar seziyli generatorlardan (vaqt va chastota birliklarini qayta tiklash uchun mo’ljallangan), vodorodli generatorlardan (ularning uzluksiz ishlashida vaqt shkalasini saqlash funksiyasini bajaradigan vaqt va chastota birliklarini saqlash uchun qo’llaniladigan), kvant-mexanik soatlar guruhidan (vaqt shkalasini saqlash uchun mo’ljallangan) iborat bo’ladi. Etalon-kompleks tarkibiga yana chastotani va yalpi kompleksni funksiyasini ta’minlaydigan vositalarni ichki va tashqi solishtirish uchun mo’ljallangan apparaturalar kiradi.

Yüklə 474,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin