Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida metrologiya asoslari bo’yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, metrologik ta’minot, metrologik xizmat bo’yicha fundamental ma’lumotlar o’rganiladi.
Metrologik ta’minotning o’z oldiga qo’ygan asosiy maqsadlari:
Metrologik ta’minot darajasi mahsulotning sifatiga bevosita ta’sir qiladi. Bu ta’sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida metrologik profilaktika ishlariga va ishlab chiqarishni tayyorlashdagi metrologik ta’minot masalalariga alohida ahamiyat beriladi. Bu esa o’z vaqtida respublikamizda bozor munosabatlarini yanada chuqurroq shakllanishiga va ishlab chiqarilgan mahsulotlarning eksport imkoniyatini oshirilishiga munosib zamin yaratadi. Metrologiyaning rivojlanish boskichlari
O’lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. Ushbu rivojlanish davrini uning mazmuni va mohiyatiga asoslangan holda quyidagi bosqichlarga bo’lish mumkin: Antik rivojlanish davri.