U. Kelvin esa o’lchash to’g’risida shunday degan; “Har qanday narsa uni qay darajada o’lchanish darajasi orqali aniqlanadi”. Galilio Galiley o’lchash fanini va uning mohiyatini juda chuqur anglagan va shunday degan edi: “O’lchash mumkin bo’lganini o’lchang, mumkin bo’lmaganiga esa imkoniyat yarating”. Filosoflarning talqinicha fizikaviy xossalar, jarayonlarni tekshirish, o’rganishda eng asosiy yo’l (metod) o’lchashlar hisoblanadi. Texnik sohasida esa o’lchashlarning ahamiyati texnologik jarayonlarni boshqarish, mahsulotning yuqori sifatliligini ta’minlash, ob’ektni boshqarish, nazorat qilish bo’yicha informasiya hosil qilinishi bilan belgilanadi. Endi esa o’lchashlarni fanda tutgan ahamiyati (roli) to’g’risida to’xtalamiz. O’lchashlar haqidagi fanning tarixi minglab yillarni tashkil etadi. Xalq xo’jaligida, ishlab chiqarishda qo’llanilayotgan murakkab tizimlarning yaratilishi o’z navbatida xususan metrologiya va o’lchashlar texnikasining har xil sohalarini rivojlanishi istiqbolini ochib bermoqda. Hozirgi kunda o’lchash jarayonlarini avtomatlashtirilishi, kompyuterlashtirilishi va zamonaviy texnologiyalarning ishlatilishiga faqat programmalashtirilgan tizimga tayangan holda erishish mumkin. Zamonaviy metrologiyaning rivojlanishida murakkab empirik (tanlash, ilg’ash) metodlarini, ehtimollik nazariyasiga tayangan holda statistik metodlarini qo’llanilishi katta o’rin tutmoqdaki, bu metrologiyaning ilmiy asoslarini tashkil etadi. Ilmiy tadqiqot o’tkazishda yoki ishlab chiqarishda biror o’lchashni amalga oshirish uchun, avvalo: 1) nima o’lchanishi kerak yoki o’lchash ob’ekti aniqlanishi kerak va u ob’ekt qanday fizik kattaliklar orqali xarakterlanadi; 2) qanday vosita yordamida o’lchanadi, ya’ni talab etiladigan natijaga erishish uchun eng optimal (maqbul) variantli o’lchash vositasini ishlatish zarur va nihoyat; 3) o’lchash qanday aniqlikda olib borilishi zarur. Boshqacha qilib aytganda, dastavval o’lchash masalasi aniq belgilanib olinishi kerak. O’lchashlar sanoatning qaysi sohasida elektro-energetikadami, mexanika sohasidami, tibbiyot sohasidami, ilmiy izlanishdami va xokazo kattaliklarni o’lchash aniqligiga qo’yiladigan talablarni umumlashgan holda ma’lumotlar orqali berilishi mumkin. O’lchashlarni yuqoridagi majmui albatta yuqori darajada tashkil etilgan va zamonaviy asboblar infrastrukturasi bilan jihozlangan milliy o’lchash tizimi yordamida hamda o’lchashlar birliligini, ularning ishonchliligini aniqligini ta’minlash shartlari bajarilishi bilan amalga oshirilishi mumkin. Ishlab chikarish va uning tarmoklarida metrologik xizmat va
ta’minot
O’lchash informasiyasiga nafaqat miqdor bo’yicha talablar, balki sifat bo’yicha ham talablar qo’yiladi. Bunga uning (o’lchashning) aniqligi, ishonchliligi, tan narxi va samaradorligi kabi tavsiflar kiradi. Bu sifat tavsiflarining barchasini asosida metrologik ta’minot yotadi. Metrologik ta’minotni shunday ta’riflash mumkin: - o’lchashlar birliligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun zarur bo’lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me’yorlarning, ilmiy va tashkiliy asoslarning belgilanishi va tadbiq etilishi.