O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 474,17 Kb.
səhifə44/58
tarix01.06.2023
ölçüsü474,17 Kb.
#121567
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus

Sub’ektiv xatoliklar kuzatuvchining induvidual xususiyatlariga bog’liq bo’lib, uning o’lchash texnikasi bo’yicha bilimiga, qator uning fiziologik faktorlariga, masalan, uning sezish tezligiga, qanchalik tez sezishiga, rang qabul qilish, ko’rish, eshitish kabi qobiliyatining o’tkirligiga bog’liq.
Sub’ektiv xatolik bundan tashqari operatorning o’lchash vositasiga va o’lchash ob’ektiga ta’siridan sodir bo’lishi mumkin (temperatura maydonining o’zgarishi, mexanik ta’sirlar va boshqalar).
Bu guruh xatoliklariga quyidagilar kiradi:

  • shkala va diagrammadan o’lchanadigan kattalik qiymatini sanashdagi xatoligi;

  • maxsus texnik vositasiz diagrammani ishlab berishdagi xatoligi;

  • operatorni o’lchash vositasi yoki ob’ektini surib yuborishi, turtib yuborishi oqibatidagi xatolik.

Ba’zida sub’ektiv xatolikni shaxsiy xatolik deb ham yuritiladi. Odatda sub’ektiv xatolik tarkibida muntazam xatolikdan tashqari tasodifiy tashkil etuvchisi ham bo’lishi mumkin va bu kuzatuvchining malakasi qanchalik past bo’lsa, shunchalik ko’p bo’ladi.

  1. Tasodifiy xatoliklar va ularning taksimlanishi

Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika usullari tasodifiy kattaliklarning kelib chiqish ehtimoliy qonuniyatlari (statistik) ni aniqlash va shu qonuniyatlar asosida o’lchash natijalari va undagi tasodifiy xatoliklarni baholash imkonini beradi.
Ehtimollar nazariyasida tasodifiy kattaliklarning (sonlarning) xususiyatlarini tavsiflashda tasodifiy kattalikni taqsimlanish ehtimolligini taqsimot qonuni degan tushuncha ishlatiladi.
Tasodifiy kattalikni ehtimolligini taqsimot qonuni tasodifiy kattalik, uning xususiyatlari to’g’risida to’la ma’lumot beradi va shu bilan birga o’lchanadigan kattalikning ehtimoliy qiymatini topish hamda tasodifiy xatolikni tavsifini aniqlash imkonini beradi.
Tasodifiy kattaliklarni ehtimolligini taqsimot qonunlarining asosiy xarakteristikasi - bu integral va differensial taqsimlanish funksiyasi hisoblanadi hamda u ehtimollikning sonli xarakteristikalarini holati, sochilishi (tarqalishi), asimmetriyasi va ehtimollikni taqsimlanish ekssessasidan iborat.

Yüklə 474,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   58




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin