Sifatlarning otlashishi
Sifat turkumidagi so‘zlar ba’zan ot turkumidagi so‘zlarning ma’nosini ifodalab, uning vazifasini bajarib kelishi mumkin. Bunda sifat o‘zining leksik va grammatik ma’nosini yo‘qotib, predmetlik ma’nosini ifodalaydi. Gapda sifat bog‘lanib kelayotgan otning tushib qolishi natijasida sifat uning predmetlik ma’nosini ham, morfologik belgisini ham, sintaktik vazifasini ham o‘z ustiga oladi. Misol: YAxshi topib gapiradi, yomon qopib gapiradi gapida yaxshi (odam), yomon (odam) sifatlari tushib qolgan kim? so‘rog‘iga javob bo‘lgan, bosh kelishikdagi, ega vazivasidagi ot vazifasini bajargan. Odam oti gapda tushib qolgani tufayli yaxshi, yomon sifatlari otlashishgan. Bu hodisa gap tarkibida yuz bergan. Bunga nutqning ixchamlikka intilishi sabab bo‘ladi. Sifatlarga oid so‘zlarning hammasi ham otlashavermaydi. Asosan belgi-xususiyat bildiruvchi sifatlar, kishilarning laqabini bildiruvchi (tajang, maymoq, cho‘tir, darroz) sifatlar, hayvonlarning tusini bildiruvchi (saman, to‘riq, bo‘z, qashqa) sifatlari otlashadi.
Otlashgan sifatlar aniqlovchilik vazifasidan chiqib, otga xos ega, kesim, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi, undalma vazifasini bajaradi. Misol: Aqlsizlar gap bermaydi otasiga. (A.Po‘lat) Mard bo‘lgandan keyin yomonni ham yaxshilik bilan engar ekan. (P.Kodirov) YAxshining so‘zi qaymoq, yomonning so‘zi to‘qmoq. (Maqol) YAxshilar, uni eslang!
Sifatlarning yasalishi
Sifatlar quyidagicha yasaladi: 1. Sifat yasovchi qo‘shimchalar bilan. 2. So‘zlarni qo‘shish bilan. 3. So‘zlarni takrorlash bilan.
1. Sifat yasovchi qo‘shimchalar quyidagilardir:
1) otdan sifat yasovchi qo‘shimchalar:
-li: rasmli kitob, kuchli shamol
-dor: aybdor, vafodor
ba-: badavlat, baquvvat
ser-: serhosil olma.
-mand: kasalmand, davlatmand
YUqoridagi qo‘shimchalar asosdan anglashilgan belgiga egalikni bildiradi.
-siz: tuzsiz ovqat.
be-: beg‘ubor, bexabar
Bu qo‘shimchalar esa (no- qo‘shimchasi bilan birgalikda: noaniq, notinch.) asosdan anglashilgan belgiga ega emaslikni ifodalaydi.
-lik: toshkentlik (bola)
-iy,-viy: tarbiyaviy soat, devoriy soat.
-gi,-ki,-qi: bahorgi ishlar, qishki kiyim
(paytga xos belgini bildiradi).
-aki, -oqi: jizzaki, jirttaki, pistoqi
-yi: havoyi.
-chan: ishchan bola.
-simon: odamsimon maymun
(o‘xshashlik ma’nosini bildiradi).
-kor,-gar: isyonkor, zulmkor, javobgar, ig‘ vogar.
-i: qishloqi, qozoqi, jannati
-cha: farg‘ onacha, erkakcha, arabcha (o‘yin)
-namo: avliyonamo, darveshnamo
-parvar: xalqparvar, adolatparvar
-on: charog‘on, za’faron
-aki: dahanaki, og‘zaki
bad-: badbaxt, badnafs
-shumul olamshumul, jahonshumul
-don: gapdon, bilimdon
-kash: dilkash, hazilkash
-bop: palovbop, qishbop
xush-: xushfe’l, xushhavo
-in: erkin, otashin
-vor: devonavor, afsonavor
-parast: mansabparast, maishatparast
bar-: barhayot, barvaqt
-chil: xalqchil, izchil.
-lik(-liq): ko‘ylaklik(chit), bolalik(chog‘lar)
-i: jannati (kampir)
-loq: baqaloq, qo‘shaloq (g‘o‘za)
-kor: devkor(ish), fusunkor(husn)
-kash: zahmatkash(odam), noskash(kampir)
-chi: gapchi(odam), vahimachi(ayol)
-von: zo‘ravon(odam)
-qa: loyqa(suv)
-omuz: hazilomuz(gap), zaharomuz(hazil)
-xo‘r: g‘amxo‘r(odam), go‘shtxo‘r(hayvon)
-soz: soatsoz(usta)
-dek(-day): muzdek(suv), jo‘jabirday(jon)
Dostları ilə paylaş: |