O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


Fors tojik tilidagi jug‘rofiy va adabiy asarlar, nasabnomalar



Yüklə 2,58 Mb.
səhifə11/38
tarix16.09.2023
ölçüsü2,58 Mb.
#143990
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38
Majmua Tarixshunoslik 2022

Fors tojik tilidagi jug‘rofiy va adabiy asarlar, nasabnomalar. XI asrning yirik tilshunos olimlaridan biri Maxmud Qoshg‘ariydir. Uning «Devoni lugatit at-turk » asari turkiy xalqlarning tili, shevalari, shuningdek ularning etnik tarkibini o‘rganishda muxim manba xisoblanadi. «Lugat»ning tarix fani uchun axamiyati shundaki, unda turkiy qabilalar-bijanak, qipchok, ukuz, boshqird, yabogu, tatar, qirg‘iz, chigil, yagmo, uyg‘ur va boshqalarning turar-joylari xamda ijtimoii-siyosiy xayotda tutgan o‘rni atroflicha ko‘rsatib berilgan. Asarda turklarning madaniy-maishiy, iqtisodiy xayotiga doir juda ko‘p ma’lumotlar keltiriladi. Jumladan, ayollar va erkaklarning kiyinishlari, ayollarning qanday bezangani, xalkning urf odatlari, bolalarning uyinlari to‘g‘risidagi malumotlarni olish mumkin. Asarda turklarning kasbu-kori, taomlari, xar-xil ichimliklar tayyorlash texnologiyasi, tabobatchilikka doir materiallari xam bor. Xullas. "Devonu lugat at-turk" boy etnografik ma’lumotlari bilan tarixchilarning e’tiborini o‘ziga jalb qiladi.
Mashxur tarixchi, biograf va sayyox as-Sam’oniy (XII asr) mashxur Marvlik olimlar sulolasiga mansubdir. Sam’oniyning bizgacha etib kelgan asarlaridan "Kitob al-Ansob" aloxida o‘rin tutadi. Bu asarda O‘rta Osiyoning tarixi, madaniyati va tarixiy geografiyasiga oid muxim va qiziqarli faktlar keltiriladi. Kitobda islomiyatdan to muallifning zamonigacha musulmon mamlakatlarda, ko‘proq Eron va Movarounnaxrda o‘tgan mashxur kishilar to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.
O‘rta Osiyoning IX-XP asrlardagi siyosiy tarixi va madaniy xayotiga oid manbalardan biri Nizomi Aruzi Samarqandiyning "Majma’ an-navodir" yoki "Chaxor makola" nomli asaridir. "Chaxor makola"da muallif oldingi davrlarda o‘tgan va o‘ziga zamondosh bo‘lgan ko‘plab olimlar, shoirlar va tarixnafislar xaqida baxs yuritiladi. Asarda Firdavsiy, Beruniy, Umar Xayyom, Ibn Sino va boshqa mashxur kishilar xaqida ma’lumot beriladi.
XI-XV asr yirik qomusiy olimlaridan biri Najmuddin Umar ibn Muxammad an-Nasafiydir. U fiqh, xadis, tafsir, adabiyot, til, tarix va boshqa soxalarga oid 100 ga yaqin asar yozgan. An-Nasafiyning muxim asarlaridan biri "Kitob al-kand fi zikri Ulamoyi Samarqand" xisoblanadi. Asarning asl arabcha matni yaqin kunlargacha bizgacha etib kelingan deb xisoblanar edi. Asarning qisqartirilgan forscha tarjimasi va taxriri ("Kandiyai-kurd") ma’lum edi. Bir necha-yil oldin an-Nasafiy kitobining asl nusxasi topilganligi va Saudiya Arabistonida shu erlik vatandoshimiz Nazar Muxammad al-Farobiy tomonidan nashr etilganligi ma’lum bo‘ldi. "Kitob al-kand"da o‘rta asrlarda Samarqandda yashagan mingdan ortiq diniy va dunyoviy olimlar xaqida ma’lumotlar beriladi.

Yüklə 2,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin