МАЖМУА O'zbekistoning eng yangi tarixi 2020 2021 2
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim. 2012-yilga qadar aspirantura (3 yil) va doktarantura (3-yil)dan iborat bo‘lib, 2012–2017-yillarda bir bosqichli doktarantura faoliyat olib bordi. 2013–2017-yillar oralig‘ida faqat 360 ga yaqin tadqiqotchi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Bu esa respublikadagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot muassasalari uchun oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni qondira olmadi. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim sohasini yanada takomillashtirish, ilmiytadqiqot faoliyatida yoshlarning intellektual salohiyatini namoyon etish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida hamda bir qator ilg‘or xorijiy mamlakatlarning xalqaro amaliyotini o‘rgangan holda 2017-yilning 1- iyo’lidan boshlab oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi. Birinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi tayanch doktorantura va ikkinchisi – dissertatsiya himoya qilish va tegishli fan tarmog‘i bo‘yicha fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasini berishni nazarda tutuvchi doktorantura tizimidir.