11- mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpogʼiston Respublikasi.
Reja:
Mustaqillik yillarida Qoraqalpogʼiston Respublikasining iqtisodiy yangilanishi.
Qoraqalpogʼiston Respublikasida qishloq xoʼjaligi sohasidagi oʼzgarishlar.
Maʼnaviy-madaniy sohadagi oʼzgarishlar.
Qoraqalpogʼiston Respublikasi oliy taʼlim tizimi va undagi islohotlar.
Mustaqillik yillari Qoraqalpogʼiston Respublikasida ekologik ahvolni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.
1990 yili 14 dekabrda Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashi o’zining IV sessiyasida “O’zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat suvereniteti to’g’risidagi” Deklaratsiya qabul qildi. Mazkur Deklaratsiya 1991 31 avgustda qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligi asoslari to’g’risidagi” Qonunda o’zining huquqiy asosini topib, 1 va 17-moddalarida Qoraqalpog’istonning hududiy yaxlitligi va mustaqilligi e’tirof etildi. Har ikki respublika o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy munosabatlar O’zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasida (70-75 moddalar) o’z aksini topdi.Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Kengashi o’zining XII sessiyasida (1993 yil, 9 aprel) Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qildi. Qoraqalpog’iston milliy davlatchiligi o’z taraqqiyoti tarixida birinchi marta insonparvar, adolatli, demokratik imtiyozlarga ega bo’ldi. Ayni paytda u suveren respublikaning barcha atributlariga ega.
Jumladan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy Majlisining 1992 yil 14 dekabrda bo’lib o’tgan XI sessiyasida Qoraqalpog’iston Davlat bayrogi, 1993 yil 9 aprelda bo’lib o’tgan XII sessiyasida Davlat tamgasi, 1993 yil 4 dekabrda bo’lib o’tgan XIV sessiyasida Davlat madhiyasi tasdiqlandi. Parlament -Qoraqalpog’iston Respublikasi Juqorg’i Kengesi xisoblanadi. 86 deputatdan iborat. Quyidagi davlat arboblari Parlament raislari bo’lib ishladi: Dauletbay Shamshetov (1991-1992), Ubbiniyaz Ashirbekov (1992-1997), Timur Kamalov (1997-2002). 2002 yili 2 may kuni bu lavozimga Musa Tajetdinovich Yerniyozov saylandi. Avvalgi Oliy Kengashdan farki Juqorg’i Kengashga savlov ko’ppartiyaviylik asosida o’tkaziladi.
Avvalgi saylovlarda Oliy Kengashni shakllantirish jarayonida ishchilar sinfi, kolxozchi dexqonlar, xalq ziyolilarining o’rni va soni oldindan belgilab quyilar edi. Buning ustiga Parlamentda vazifasi buyicha albatta deputat buluvchi o’rinlar xam mavjud edi. Keyingi saylovlarda bunday yondoshuvdan voz kechildi. Deputatlarning o’z saylovchilari bilan kundalik munosabati, yaqin muloqati yulga kuyildi. Avvalgi parlamentda bu masalaga uncha e’tibor berilmagan edi. Ijroiya organi -Ministrlar Kengashi xisoblanadi. Quyidagi davlat arboblari Ministrlar Kengashi raislari bo’lib ishladi: Amin Tojiyev (1989-1992), Radjapboy Yuldashev (1992-1995), Baxram Jumaniyazov (1995-1996), Saparbay Avezmatov (1996-1998), Amin Tojiyev (1998-2002), Tursunbay Tangirbergenov (2002-2006).
Bugungi kunda O’zbekiston markaziy budjetidan Qoraqalpog’istonga berilayotgan moliyaviy yordam miqdori 9 milliarddan oshiq so’mni, yoki butun Qoraqalpog’iston budjeti xarajatlarining 75 foizini tashkil etmoqda. O’zbekiston xukumatining amaliy yordami Qoraqalpoq xalqining fidoiy mehnati tufayli keyingi yillarda Qoraqalpog’istonda axoli turmush sharoitini yaxshilash, tub iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish borasida qator ijobiy natijalarga erishildi.
Eng avvalo, elda tinchlik va barqarorlik mustaxkamlandi. Xamjixatlik bilan yurt istiqboli yo’lida mehnat qilishga sharoit yaratildi.Respublikada mulkchilikning yangi shakllari paydo bo’la boshladi. Ishlab chiqarish va xizmat soxasida nodavlat sektorning xissai oshib bordi. Sanoat, qishloq xujaligi va savdoda nodavlat sektori xissasi 80-90 fo-izni tashkil etmoqda. Respublika iqtisodiyotining boshqa yo’nalishlarida xam isloxotlar izchil amalga oshirila boshlandi. Jumladan, bank tizimida xam jiddiy isloxotlar amalga oshirildi. Bu yerda davlat banklar bilan birga tijorat va xususiy banklari xam faoliyat ko’rsatmoqda.
Agrosanoat bank va sanoatqurilish bank ixtisoslashtirilgan xissadorlik tijorat banklariga aylantirildi. “Tadbirkorbank”, “Asakabank”, “Alokabank”, “Sabzavotbank”, “Zaminbank”, “Turonbank”,“Savdogarbank”, “Gallabank” Qoraqalpog’iston bo’limlari tashkil etildi. Qoraqalpog’iston tarixida birinchi marta tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tashkil etildi.Qoraqalpog’istonda ulgurji va birja savdosi bilan shugullanuvchi xissadorlik uyushmalari keng faoliyat ko’rsatmoqda. Tovar ishlab chiqaruvchilar, iste’molchilar va ishbilarmonlarning butun imkoniyatlarini ishga solish maqsadida ularning erkinligi va teng xuquqligini ta’minlash choralari ko’rildi.
Qoraqalpog’istonda 51 ta mayda ulgurji tizim, shu jumladan 4-ta savdo uyi, 35-ta mayda ulgurji savdo dukonlari va omborlar, 32-ta ko’tara savdo bazasi xamda O’zbekiston tovar xom ashyo birjasi Qoraqalpog’iston bo’limi, 19-ta supermarket do’konlari faoliyat ko’rsatdi. 1999 yilning birinchi yanvarigacha bo’lgan ma’lumotlarga qaraganda xususiylashtirishdan tushgan mablag’larning umumiy xajmi 650 million so’mni tashkil etdi. Uning 20 foizi respublika ijtimoiy taraqqiyotiga ajratildi. 50 foizi esa tadbirkorlarni qullab-qo’vvatlash maqsadida imtiyozli kreditlar ajratishga sarflandi.
Shu bilan birga Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat mulkini xususiylashtirish qumitasi xususiylashtirilgan korxonalar va tadbirkorlarni qullab-quvatlash maqsadida 13,8 million so’m kredit ajratdi. 2000 yilga kelib 2932 korxona xususiylashtirildi.Bozor fondining faoliyati sezilarli ravishda faollashdi. 2000 yilga kelib respublika fond birjalari filiallarida 958 million so’mlik aksiyalar sotildi. Respublikada 7807 kichik va o’rta ishbilarmon korxonalari, 8977 yakka tartibdagi tadbirkorlar ro’yxatga olindi. 1996 yil yakuniga ko’ra ishlab chiqarilgan maxsulot xajmi 10 mlrd 355,7 mln so’mni tashkil etdi. Jami sanoat ishlab chiqarish xajmida nodavlat korxonalarining ulushi 90 foizga o’sdi. Respublikada 1996 yilda amaldagi narxlarda 10 mlrd 754,4 mln so’mlik sanoat maxsuloti ishlab chiqarildi.
Paxtadan ip ishlab chiqarish, ip gazlamalari, tayyor trikotaj buyu-mlar, iste’mol maxsulotlaridan un, makaron, mineral suvlar ishlab chiqarish ko’paydi. Yigma temir-beton konstruksiyalari va detallari, toshdan bezakli materiallar tayyorlash, qandolatchilik maxsulotlari, o’simlik yog’i, uzum vinosi, salqin ichimliklar, aroq, osh tuzi ishlab chiqarish o’sdi.Sanoatda bir qator ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. Jumladan, 1995 yilda Xo’jayli shaxrida shisha idishlar zavodi qurilib foydalanishga topshirildi. 1996 yilda Qungirotda “Urga” gaz sanoati korxonasida gaz kondensati va tabiiy gaz qazib chiqarilishi boshlab yuborildi. Aholini gaz bilan ta’minlash darajasi 83 foizga yetdi. “Qoraqalpoqqurilish” aksionerlik jamiyatida Italiya firmalarining yuqori sifatli jixozlarii bilan jixozlangan, yiliga 60 ming kv.m. marmar bloklari va plitalari ishlab chiqaradigan yangi mramor sexi ochildi. “Nukusun” zavodida esa spirt ishlab chiqaradigan yangi sex qo’rildi.
Yengil sanoat ishlab chiqarishning bazasi kengaya bordi. 1993 yili Nukusda “Kateks” to’qimachilik majmuasi, 1995 yili Ellikqal’a tumanida “Elteks” to’qimachilik majmuasi foydalanishga topshirildi. Nukus va Qo’ngirot un kombinatlari, To’rtko’lda 3 mln shartli banka konserva maxsulotlari ishlab chiqaradigan zavod, Ellikqal’a tumanida esa shunday quvvatga ega konserva sexi foydalanishga topshirildi.1995 yilda Qo’ng’irot tumanida Markaziy Osiyoda yagona xisoblangan yiliga 190 ming tonna kalsiyli soda ishlab chiqaradigan zavod qurilishi boshlandi.
Zavod tarkibida kimyoviy yo’l bilan ekologik toza va energiya sarflanmaydigan kaustik soda ishlab chiqarish xam ko’zda tutilgan. Bu zavod 600 mln dollarga qurildi. Qo’ng’irot-Beynov avtomobil trassasi, Navoiy-Uchquduq-Nukus temir yo’li qo’rildi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijasida 144-ta sanoat korxonasidan 113-tasi mulkchilikning turli shakllariga o’tib ishlay boshladi.
Lekin ko’p sanoat korxonalarining asosiy ishlab chiqarish fondlari (dastgoxlar, mexanizmlar) ma’naviy va jismoniy jixatdan eskirgani sezilib koldi. Ularning eskirish darajasi 35 foizdan yoqori edi. Eng avvalo yigiruv-tikuv fabrikalari, go’sht-sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari (konserva zavodi, vino zavodi) ishlab chiqarish parklarini yangilash talab etildi.
Qoraqalpog’istonda mehnatga layoqatli aholining asosiy qismi qishloqda istiqomat qiladi. Agrar sektorda xam iqtisodiy qayta qurish, bozor munosabatlariga o’tish ruy berdi.1997 yil 1 yanvar xolatiga respublikada 263 qishloq xo’jalik korxo-nasi faoliyat ko’rsatdi. Nodavlat sektorning jami ishlab chiqarilgan maxsulotdagi ulushi 98,3 foizni tashkil etdi.
Paxta yetishtirishda nodavlat korxonalarning xissasi 97,8 foizni, donchilikda 98,1 foizni, kartoshkachilikda 99,7 foizni, sabzavotchilikda 98,8 foizni, polizchilikda 95,1 foizni, bogdorchilikda 98,5 foizni, pillachilikda 100 foizni, gusht yetishtirishda 98,9 foizni, sut va tuxum ishlab chiqarishda 99,4 foizni, qorako’l teri va jun yetishtirishda 100 foizni tashkil etdi.Dexqonchilikda ekin maydonlarining tarkibi o’zgardi. Galla maydonlari ekin maydonlarining 35,8 foizini tashkil yetdi. Bo’gdoy va kartoshka yetishtirish 3 marta, uzum yetishtirish 4 martaga ko’paydi. Qoraqalpog’istonda dehqon fermer xo’jaliklari tashkil etish buyicha yetarli tajriba to’plandi. 1998 yilga kelib 1686 fermer shirkatlar uyushmalari tashkil etildi. Ellikqal’a tumanida mavjud 14-ta jamoa xo’jaliklari dehqon-fermer xo’jaliklari uyushmasiga aylantirildi. Dehqonlarga meros qilib qoldirish xuquqi bilan yerlar uzoq muddatga ijaraga berildi.
Lekin Qoraqalpog’istonda ana shu tajribani ommalashtirishga mutlaqo e’tibor berilmadi.1992 yili Qoraqalpog’iston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi tashkil etildi. 1992-2000 yillarda Jaxon banki, Yevropa rivojlanish banki va boshqa firmalar bilan 100 ortiq shartnomalar tuzildi. Respublikada 303 ortiq qo’shma korxonalar faoliyat ko’rsatmoqda.Qoraqalpog’iston Respublikasining tashqi savdodagi asosiy sheriklari Rossiya, AQSH, Janubiy Koreya, Shveysariya, Niderlandiya xisoblanadi.
Asosan paxta tolasi, toladan olinga maxsulotlar, qayta ishlangan neft maxsulotlari, buyan tomirlari sotiladi. Eksport qilingan tovarlar xajmi 1996 yilda 122,9 mln dollarga teng bo’ldi. Garb mamlakatlariga eksport qilingan xom ashyo 113,6 mln dollarni tashkil etdi. Paxta tolasi jami eksport maxsulotlarining 95 foizini tashkil etdi. Tashqi savdo oborotida importning salmogi 1996 yilda 46,2 foizni tashkil qildi. Import maxsulotlari tarkibiga asosan xalq iste’mol mollari, qora va rangli metallar, oziq-ovqat maxsulotlari kiradi.
Yaqin xorijiy mamlakatlardan asosan shakar, bug’doy, mashina va jixozlar, agregatlar va ularning extiyot qismlari, quvurlar, avtomashinalar, ishlab chiqarishni komplektlovchi materiallar keltirildi. Lekin respublikaning imkoniyatlaridan to’la foydalanilmayapti. Masalan, 1999 yili respublika xududida 70-ga yaqin foydali qazilma konlari aniqlandi.Mustaqillik yillarida respublikada ijtimoiy soxalar rivojlanishiga e’tibor kuchaydi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi 1992 yili 2 sentabrda “Qoraqalpog’iston Respublikasi xududidagi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni yechishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” 405-sonli qaror qabul qildi. Qoraqalpog’iston Respublikasi aholi punktlarini elektrlashtirish to’la xal qilindi. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi 59,5 foizga yetdi.
1992-1996 yillarda Tuyamuyin suv omboridan respublika aholi punktlariga 2 ming 885 km vodoprovod tarmogi olib kelindi. 4057,5 km gaz tarmoklari yetkizildi va tabiiy gaz bilan ta’minlash 85,4 foizni, shu jumladan shaxarda 99,4 foizni, qishloqda 72,4 foizni tashkil etdi. Ko’plab sog’liqni saqlash ob’ektlari, kasalxonalar, poliklinikalar, tug’ruqxonalar va turar-joy binolari qurildi. Qoraqalpog’iston Respublikasi xalqi birinchi Prezident I.Karimovning BMT minbaridan turib dunyo mamlakatlarini Orol dengizini saqlab qolishga qarata chaqirig’ini katta qiziqish bilan ko’tib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994 yili 14 yanvarda Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari xamda Rossiya Federatsiyasining vakillari ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbuyi aholisiga amaliy yordam berish masalasi muxokama etildi. 1995 yili xalqaro konferensiyada Nukus Deklaratsiyasi qabul qilinib, unda butun dunyo jamoatchiligi e’tibori Orol muammosiga qaratildi. Deklaratsiyada ovul va o’rmon xo’jaliklarini ilmiy tizimga o’tkarish, suv resurslarini foydalanishning iqtisodiy usullari va texnologiyasini ishlab chiqish, xududning tabiiy resurslarin boshqarish tartibini takomillashtirish, ushbu xududda yashovchi odamlarning turmush darajasini yaxshilash masalalari kun tartibiga qo’yildi.1995 yili 24 oktabrda BMTning 50 yilligina bag’ishlangan Bosh Assambleya majlisida birinchi Prezident I.A.Karimov “bugungi kuni xalqaro finans tizimlari bilan rivojlangan davlatlar qullab-quvatlashisiz, BMTning tashkiliy rolisiz bu muammoni yechish mumkin emas” deb aytdilar.Markaziy Osiyo davlatlari uz kuchlari va chet el donorlari yerdami bilan 2 mlrd 686 mln dollar investitsiya tupladi. Shundan 856,25 ming dollar 1997 yili yuqoridagi ishlarga berildi. Orolni qutqarish fondi Nukus filiali tashkil etildi. Bu xarajatlar kupincha grantlarga berilmoqda.
Ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklashda Qoraqalpog’iston Respublikasi bayramlarini tashkil etish muhim rol uynadi: 21-mart Navro’z, 1 yanvar -Yangi yil, 8-mart -Xotin-qizlar kuni, 9-aprel -Qoraqalpog’iston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, 9-may -Xotira kuni, 1-sentabr -Mustaqillik kuni, 1-oktabr -Ustozlar kuni, 8-dekabr -O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni, Ro’za xayiti, Qo’rbon xayiti. Mustaqillik yillarida Nukus shaxrining 60 va 70 yilligi, To’rtko’l shaxrining 120 yilligi, Ajiniyoz Qasiboy o’gli va Berdaq Qarg’aboy o’glining 170 yilligi, Nukus pedagogik institutining 60 va 70 yilligi, Qoraqalpoq universitetining 25 yilligi, Allayor Dustnazarovning 100 yilligi, Yernazar Alakozning 200 yilligi, I.Yusupov va T.Qaipbergenovlarning 70 yilligi keng nishonlandi. Nukus pedagogik institutiga Ajiniyoz shoir nomi, Qoraqalpoq universitetiga Berdaq nomi berildi. Berdaq va Ajiniyoz, Ulug’bek xaykallari o’rnatildi, Berdaq muzeyi, Amet va Aimxon Shomuratovlar muzeyi tashkil etildi. 1994 yili Qoraqalpog’istonda Ma’naviy madaniyat va ma’rifat markazi tashkil etildi. Shuningdek “Oltin meros”, “Amir Temur”, “Nuroniy”, “Navro’z” fondlari tashkil etildi.
Qoraqalpog’iston Respublikasining fidoyi farzandlari Allaniyoz Otaniyozov, Agitoy Odilov, Onesya Saitova, Tulepbergen Qaipbergenov, Ibroxim Yusupovlar “O’zbekiston Qaxramoni” unvonini oldilar. 1993 yili respublika Ministrlar Kengashi Qoraqalpoq tilida yangi lotin yozuviga o’tish xaqida qaror qabul qildi. Bilim nashriyotidan 1996-1997 yillarning darsliklar lotin yozuvi asosida chop etildi. 1993 yili Nukusda turk-Qoraqalpoq litseyi tashkil etildi. 1996 yili respublikada 743 ta umumta’lim maktabi faoliyat ko’rsatdi. Respublikadagi 22 o’rta maxsus uquv yurtlarining kunduzgi bulimlarida 11,8 ming ukuvchi ta’lim olmoqda.1990 yili Qoraqalpoq universiteti uchta fakulteti va ikkita bulimi asosida Nukus davlat pedagogik instituti qayta tashkil etildi.
1991 yili universitetning tibbiyot fakulteti asosida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filiali tashkil etildi. Unda talabalar soni 2001-yili 1000 ga yetdi. 1995 yili yanadauniversitetning qishloq xujaligi va iqtisodiyot fakultetlari asosida Toshkent agrar universiteti Nukus filiali, Toshkent arxitektura-kurilish instituti Nukus filiallari tashkil etildi. 2005 yili Toshkent informatsion texnologiyalar universiteti Nukus filiali tashkil etildi. Beshta oliy o’quv yurtlarida 9 ming nafar talaba o’qimoqda.
1991 yili O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog’iston filiali bulim statusiga ega bo’ldi. Bulim tarkibida Tariyx, arxeologiya va etnografiya instituti, Bioekologiya, Orol buyi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar instituti tashkil etilib, mustaqillikdan avvalo uchta institut bulsa, yendi 6 ta institut tashkil etildi. Bulimni akademik S.Kamalovdan keyin akademiklar Ch.Abdirov, T.Yeshanovlar boshkardilar. Hozirgi vaktda bulim raisi bo’lib professor Nagmet Aimbetov ishlaydi.Shuningdek, O’zbekiston qishloq xujaligi ilmiy markazi Qoraqalpog’iston bulimi tashkil etilib, tarkibiga Shamurat Musayev nomidagi Chim-boy dehqonchilik instituti, “Sholi” uyushmasi, Oltinko’l stansiyasi, bog’dorchilik, uzumchilik muassalari kirdi. Qishloq xo’jaligi va iqtisodiyot soxalari bo’yicha J.Mambetullayev va B.Mambetnazarov kabi akademiklarimiz mavjud. Bugungi kuni Qoraqalpog’istonda 65 fan doktori, 600 dan ortiq fan nomzodi faoliyat ko’rsatmoqda, shu jumladan 60 foiz fan doktori va 40 foiz fan nomzodlari mustaqillik davrida ilmiy unvonga ega bo’ldi. Ilgari O’zbekiston Fanlar akademiyasi xaqiqiy a’zoligiga saylangan S.Kamalov (1979), Ch.Abdirovlar (1989) katoriga 1994-2000 yillari J.Bazarbayev, A.Baxiyev, T.Yeshanov, A.Dauletov, X.Xamidov xam qabul qilindilar. 1997 yili esa ikki nafar rassom J.Izentayev va J.Kuttimuratov O’zbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasining akademikligiga saylandi.Tilshunos olimlar M.Kalenderov, R.Yesemuratova, A.Turabayev, K.Dauletbayevlar, faylasuf Polat Seitov O’zbekiston Respublikasi Beruniy nomidagi davlat mukofatini oldilar. Qoraqalpog’iston Respublikasi Berdaq nomidagi davlat mukofotini A.Baxiyev, R.Reimov, L.Konstantinova, J.Bazarbayev, K.Dauletova, M.Ametov, J.Saparniyazov, T.Yeshanov, M.Ajibekov, S.Kamalov, K.Allambergenovlar oldilar.
Ginekolog Orol Ataniyazova xalqaro “Goldman” nomidagi ekologik mukofat egasi bo’ldi.Qoraqalpoq davlat universiteti yenida Qoraqalpoq tili va adabiyoti buyicha doktorlik va nomzodlik, Uz FA Qoraqalpog’iston bulimi tarix, arxeologiya va enografiya instituti yo’nida tarix bo’yicha nomzodlik dissertasiyalarni himoya qiluvchi ixtisoslashgan kengashlar tashkil etilib fan doktorlari va nomzodlari o’zimizda ximoya qiladigan bo’ldi. Tarix fanidan xozirgacha 51 fan nomzodi ximoya qildilar. Respublika olimlari mustaqillik yillarida chet el mutaxassislari bilan xamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
Bioekologiya instituti olimlari Germaniya olimlari bilan birgalikda 1993 yildan beri Orolbuyi ekologiyasi muammolari bo’yicha tadqiqotlar olib borishmoqda. 1995 yili Muynoqda Germaniya yordamida bioekologiya institutining xalqaro ekologiya stansiyasi ochildi. Tarix, arxeologiya va etnografiya instituti olimlari Avstraliyaning Sidney universiteti olimlari va fransuz arxeologlari bilan birgalikda ekspeditsiyalar tashkil etmoqda.
Tarixchilarimiz Qoraqalpog’iston xududida turizmni targ’ibot qilish maqsadida “Oltin marshrut”ni ishlab chiqib, unga Mizdaxkon, Ellikqal’a yodgorliklarini kirgizdilar. 1997 yili sentabrda Nukusda “Qirqqiz” dostoni va turkiy folklorni tadqiq etish muammolariga bagishlangan xalqaro ilmiy anjuman bo’lib o’tdi. Mustaqil O’zbekiston va Qoraqalpog’iston dolzarb masalalari respublika shoir va yozuvchilari ijodida katta o’rin egallaydi. O’zbekiston qaxramonlari, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq shoiri Ibroxim Yusupov, O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq yozuvchisi Tulepbergan Qaipbergenovlar qatoriga Tolibay Qabulov, Xalmurat Saparov, Gulaysha Yesemuratova, Kengesbay Raxmonov, Uzakbay Abduraxmanov, Murotbay Nizonov, Kengesbay Reimov, Saginbay Ibroximov, Kengesbay Karimov, Xalila Dauletnazarov, Jiyanbay Izbaskanov, Baktiyar Genjemuratov, Sharapatdin Ayapov, Gulistan Matyakupova, Nabiyra Toreshova, Munayxan Jumanazarova, Gulnara Nurlepesova, Abdimurat Atajanov, Xurliman Utemuratova, Sharigul Payzullayeva, Saylaubay Jumagulov, Bazarbay Kazakbayev va boshqalar kelib qo’shildi.
1993yili yanvarda Toshkentda Qoraqalpog’iston madaniyati kunlari, noyabrda esa Qoraqalpog’istonda Toshkent madaniyati kunlari o’tkazildi. 1993 yili Toshkent konservatoriyasida milliy “Ajiniyoz” operasi ijro etildi. 1996 yili Qoraqalpoq xoreografiyasi tarixida birinchi marta “Oyjamol” nomli balet saxnalashtirildi. Kompozitorlardan N.Muxammaddinov, K.Zaretdinov, G.Amaniyazov, Sh.Paxratdinov, T.Yesirkepov va boshkalar mustaqillik yillari yaxshi faoliyat ko’rsatmoqda. Muyassar Razzakova, Kegesbay Serjanov, Mirzagul Sapayeva, Gulxatiysha Aimbetova, Roza Kutekeyeva, Makset Xujaniyozov, Makset Utemuratov, Gulna-44ra Utepova, Eleonora Kutlipulatova, Anifa Artikova, Gulnara Allamber-genova va boshka kushikchilarimiz butun O’zbekiston va Markaziy Osiyoga ta-nikli bo’ldi. Jumabay jirov Bazarov, Baxtiyar jirovЕsemuratov, bakshilar Turganbay Kurbanov, Ziyada Sharipova, Zulfiya Arzimbetova, Jarilkagan Yeshanov, Tenel Kalliyev va boshkalar Germaniya, Fransiya va boshka davlatlarda Qoraqalpoq dastanlari va she’rlarini ijro etib, butun dunyoga belgili bo’ldi.
Qoraqalpoq universiteti “Xurliman” ansambli 2000 yili Toshkentda “O’zbekiston -Vatanim manim” konkursida 1-o’rinni egalladi.Mustaqillik yillari Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq milliy san’at muzeyi va Qoraqalpoq ulkashunoslik muzeyi, Berdaq muzeyi milliy o’zligimizni targibot qilishda katta faoliyat ko’rsatmoqda.2002 yili may oyidan boshlab milliy televideniyeda “Assalam Qoraqalpog’iston” tongi ko’rsatuvi tashkil etildi. Shuningdek, “Maurit”, “Tarix va taqdir”, “Bayterek”, “Shanarak”, Yoshlar kanali” ko’rsatuvlari tashkil etildi. Birinchi Prezidentimiz Yerkin Kutibayev, Alisher Auyezbayev, Baxtiyar Nurullayev, Muratbay Baltaniyazov, F.Orazimbetov va boshkalarning sport soxasidagi mardliklarini tan oldi.Mustaqillikning o’tgan davri -tarix uchun bir lavzadir. Lekin shu muddatda Qoraqalpog’istonda amalga oshirilgan ishlar salmogi va ko’lami bilan bir necha un yilliklarga teng keladi. Tarixan kiska davrda mamlakatimiz xayotida xam, odamlar turmushida xam keskin burilish yasaldi. Tafakkurimiz tobora kengaydi. O’zligimizni anglay boshladik.
Dostları ilə paylaş: |