O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə242/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

Rejalashtirishning 
uzluksizlik tamoyili
tekshiruvda ishtirok etadigan auditorlarga 
kelishilgan topshiriklar belgilanishi va rejalashtirish bosqichlarining muddatlar hamda 
tarkibiy bo’linmalar bo’yicha bog’liqligida ifodalanadi.
Auditni rejalashtirishning 
maqbullik tamoyili
shundan iboratki, rejalashtirish chog’ida 
auditorlik tashkiloti o’zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturidan 
maqbulini tanlash imkoniyatiga ega bo’lishi zarur.
Auditorlik tekshiruvi uzoq vaqt davom etganida, auditor mijozning moliya - xo’jalik 
faoliyatidagi va qonunchilikdagi o’zgarishlarni hisobga olgan holda reja va dasturga zarur 
tuzatishlar kiritishi mumkin.
6.2.Auditning umumiy rejasini tuzish 
Auditning umumiy rejasi: mijoz faoliyati bilan tanishish, dastlabki rejalashtirish
tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini baholash, tanlash hajmi 
va jiddiylik darajasini aniqlash, audit dasturini tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish 
jarayoni (dasturni bajarish), bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va 
umumiy hujjatlarni tayyorlash, tekshiruv natijalarini mijozga taqdim etish va hokazolarni 
o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha bosqichlarini aks ettirishi lozim.
Standartda ko’rsatilishicha, auditor umumiy rejada audit o’tkazish muddatlari va audit 
o’tkazish grafigini tuzishni, auditorlik hisoboti (xo’jalik yurituvchi sub’ekt rahbariyatiga 
yozma axborot) va auditorlik xulosasi tuzishni nazarda tutishi lozim. Rejalashtirish chog’ida 
auditor quyidagilarni hisobga olishi zarur:

kelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi (takroriy audit o’tkazish hollarida) va haqikiy 
mehnat xarajatlari; 


Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin