O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 6,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə240/627
tarix26.09.2023
ölçüsü6,59 Mb.
#149057
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   627
Audit Sherimbetov 2018 [@iqtisodchi kutubxonasi]

prospektining 
ma’lumotlarini 
tasdiqlash, 
korxonaning 
moliyaviy 
barqarorligini 
mustaxkamlash bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish, iqtisodiyot va moliyaviy huquq sohasidagi 
yangi qonunchilik hujjatlari bo’yicha aniq maslahat (konsultatsiya) o’tkazish va xokazo.
Auditni rejalashtirish chog’ida auditorlik tashkiloti tomonidan qo’llaniladigan me’yorlar 
№3 «Auditni rejalashtirish» nomli auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) bilan 
belgilanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, audit rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik 
tekshiruvi o’tkazish mumkin emas. Shu boisdan ushbu standartga batafsilrok to’xtalib 
o’tamiz. Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik tashkiloti bilan xo’jalik yurituvchi 
sub’ekt o’rtasida shartnoma tuzilgunga qadar boshlanadi. Bu holat ko’p hollarda, agar mijoz 
bilan shartnoma tuzilmasa, auditni rejalashtirish bilan bog’liq xarajatlar qaysi manbalar 
hisobidan mablag’ bilan ta’minlanishi to’g’risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik 
shartnoma tuzilgan holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati o’tkaziladigan 
auditorlik xizmatining umumiy qiymatiga qo’shiladi, aks holda u auditorlik tashkilotining 
mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi lozim. Rejalashtirish auditorlik tekshiruvini 
boshlangich bosqichi bo’lib, auditorlar reja tuzulgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini 
boshlamasliklari lozim. Standartga muvofiq auditni rejalashtirish quyidagi bosqichlarga 
bo’linadi:
a) auditni dastlabki rejalashtirish
b) auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish; 
v) audit dasturini tayyorlash va tuzish.
Ushbu standart har qanday korxonani auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda ham audit 
rejasini, ham audit dasturini tuzishni talab etadi. Darhaqiqat, yirik xo’jalik yurituvchi 

Yüklə 6,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   236   237   238   239   240   241   242   243   ...   627




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin