O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə40/41
tarix14.02.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#52543
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41
“xx asrda tabiiy geografiya rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari”

Xulosa va takliflar
Geografiya fani uzoq tarixiy taraqqiyot davomida rivojlandi, takomillashdi, ob’ekti va predmeti sayqallandi. Asrlar va davrlar o‘tishi bilan geografiya fanlar tizimiga aylandi. Ayniqsa, 19 asr geografiya fani tarixida burilish asri bo‘ldi. Bu tabiiy geografiya fanida yaqqol sezildi. Undan yangi yo‘nalishlar vujudga kelib, ayrimlari jumladan, tuproqshunoslik alohida fan maqomini oldi. Bu holat 20 asrda ham davom etib, geografiya fanlari tizimida yangi, zamonaviy yo‘nalishlar vujudga kelishi davom etdi. Geografiya fanidagi bunday tarmoqlanishlarni geograf olimlar I.M.Zabelin, A.G.Isachenko, V.P.Maksakovskiylar tavsiflab, fandagi bo‘linishlardan qattiq qayg`urib o‘z fikrlarini bildirgan edilar.

Bitiruv malakaviy ishni yakunida quyidagi xulosalarga keldim:

1. 19 asrning oxiri 20 asrning boshlaridan tabiiy muhitning komponentlarini, uning resurslarini chuqur o‘rganishning boshlanishi geomorfologiya, iqlimshunoslik, gidrologiya, glyastiologiya va boshqa tabiiy-geografik yo‘nalishlarni ixtisoslashuvini kuchaytirdi, rivojlanishiga sabab bo‘ldi.

2. O‘rta Osiyo va O‘zbekistonda tabiiy sharoiti hamda tabiiy resurslarini kompleks tadqiq etish va geografik g`oyalarning bu jarayon bilan bevosita bog`liq holda rivojlanishi 4 ta - qiyosiy-tasviriy, tabiiy-tarixiy, ekologik-geografik va regional-landshaftshunoslik ilmiy yo‘nalishlarida amalga oshib, takomillasha bordi.

3. Tabiiy geografik tadqiqotlar P. P. Semyonov-Tyanshanskiy, I. V. Mushketov, A. P. Fedchenko. V. A. Obruchev, V. I. Masalskiy va L. S. Berg, N. G. Mallistkiy, O. Yu. Poslavskaya, N. D. Dolimov, M. Q. Qoriev, O. A. Mo‘minov, Q.Z.Zokirov, L.N.Babushkin, N.A.Kogay, P.Baratov, Sh.S.Zokirov, F.Hikmatov, I.Q.Nazarov kabi olimlar tomonidan amalga oshirilgan.

4. 20 asr davomida 21 asrning birinchi o‘n yilliklarida ham tabiiy va iqtisodiy geografiya fanlar tizimida tarmoqlanish davom etmoqda.




Takliflar
1. Geografiya fanining birbutunligini saqlash uchun fanning tarixini chuqur bilishni taqoza etayotgan ekan, geografiya tarixiga oid mukammal asarlar yaratish zarur.

2. Oliy ta’lim tizimida geografiya mutaxasisliklari o‘quv dasturiga “Geografiya tarixi” fanini kiritish lozim.

Shunday qilib, XX asrda Tabiiy geografiyada yangi yo‘nalishlar vujudga kelib bugungi kunda ular jamiyatda o‘z vazifalarini bajarib kelmoqda.


Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin