«Prezident Islom Karimov asarlari – barkamol avlod tarbiyasining
1.2 I.A.Karimov asarlarini o`rganishning hozirgi holati. Mustaqillikning taqdiri, xalqimiz, Vatanimiz kelajagi respublikamizda istiqomat qilayotgan kishilarning, o`sib kelayotgan yosh avlodning tarixiy mas`uliyatini qanchalik chuqur his qila bilishi, otashin vatanparvarligi, mehnatsevarligi, bilimdonligi, ma`naviy kamoloti, axloqan pok va jismonan barkamolligiga ko`p jihatdan bog`liq. Buyuk davlat bo`lish uchun buyuk, oqilu dono, madaniyatli, ma`rifatli millat va inson bo`lishi kerak. “Oldimizga mustaqil buyuk davlat qurishdek murakkab va sharafli vazifa turgan bir paytda bu ma`naviy qadriyatlarning ahamiyati ming karra ortadi. Nega deganda, har qanday ulug` maqsadlarga yetishish, yangi jamiyat, farovon turmush qurish, inson zotiga munosib go`zal hayot barpo etish, avvalo shu jamiyat a`zolari bo`lgan komil odamlarga, kelajak barkamol avlodga bog`liqdir”.
Darhaqiqat, kishilik jamiyati tarixining biron – bir bosqichida insonning taqdiriga befarq qaragan, uning dardiga dardkashlik, qayg`usiga hamdardlik qilmagan, baxt istiqboli va insoniy kamoloti uchun jon kuydirmagan va biron tarixchi, na bironta faylasuf yoki huquqshunos olim va bironta diniy alloma bo`lgan emas.
Oliy majlisning IX sessiyasi O`zbekiston Respublikasi tarixida yangi davrni boshlab berdi. Unda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va «Ta`lim to`g`risida»gi Qonunning qabul qilinishi O`zbekiston maktablarida tub islohotlar o`tkazish, ta`lim – tarbiyani yanada takomillashtirish, uni dunyo standartlari darajasiga ko`tarish vazifasini qo`ydi.
«Kadrlar tayyorlar Milliy dasturi» g`oyasi o`z – o`zidan paydo bo`lmaganligi yuqoridagi tahlillarimizdan ma`lum bo`ladi. Bu haqda O`zbekiston Prezidenti Islom Karimov 1989 yildayoq o`ylaganligi, biroq mustabid tuzum bunga yo`l qo`ymaganligi bugun hammaga ayon.
1997 yilga kelib O`zbekiston jahonga o`z nomini tanitdi. Iqtisodiy jihatdan rivojlandi; mahsulot ishlab chiqarish oshdi, hamkorlikdagi korxonalar kuchaydi. Ularda mashinalar, elektron asboblar va boshqa dunyo standartlariga mos mahsulotlar ishlab chiqarila boshlandi. Davlat g`alla mustaqilligiga erishdi. Neft mahsulotlarini ishlab chiqarib bu yo`nalishda ham mustaqillikka erishish bilan birga o`z mahsulotini ekport qila boshladi. O`zbekiston dunyoning katta bozoriga shahdam odim tashladi. Shu bilan birga O`zbekistonning rivojlangan mamlakatlar qatoridan o`rin olishida bugun va kelajak uchun zarur bo`lgan zamonaviy kadrlarga ehtiyoj sezila bordi. Eskicha usulda tayyorlangan kadrlar bilan yangicha ishlab bo`lmasligi ham ayonlashdi. Buni yurtboshimiz «Tafakkur» jurnalining bosh muharriri bilan bo`lgan suhbatida yana bir bor ta`kidladi:
«Men ko`p yillar davlat rejalashtirish idoralarida ishlaganman. Xizmat taqozosiga ko`ra fan va ta`lim masalalari bilan ham shug`ullanganman. Shu sababli sovet ta`lim tizimining barcha jihatlarini yaxshi bilaman, deb ayta olaman. Bizga meros bo`lib qolgan ta`lim – tarbiya tizimining ma`lum bir qatorda uning eng nomaqbul tomoni shundan iborat ediki, o`quv jarayonida o`quvchi va talabalarni mustaqil va erkin fikrlashga yo`l qo`ymaslik, har qaysi o`quv yurtini bitiruvchilarning bilimiga qarab emas, avvalo, ularning sobiq sovet tuzumiga va soxta g`oyalariga sadoqatini hisobga olib baholash va hayotga yo`llash tamoyili asosiy o`rnini egallar edi. Ko`p joylarda sifat o`rniga son ketidan quvish ustunlik qilardi. Ko`pchilik haqiqiy bilim yoki malaka orttirish maqsadida emas, amal ilinjida texnikum yoki institutlarga kirar edi. Bu tuzumdan bizga qolgan meroslar ichidagi shunga o`xshagan salbiy asoratlarni afsuski, hozir ham sezib turibmiz.
Bu tizim Vataniga, xalqiga, millatiga fidokor, mustaqil fikrlaydigan, biron bir masalani ongli ravishda, mas`uliyat bilan hal qiladigan, izlanuvchi, yangilikka intiluvchi kadrlarni emas, asosan sayoz saviyali kadrlarni, mute kishilarni ming – minglab yetishtirgan edi. Jamiyatimizni yangilash, islohotlarni hayotga tadbiq etish, bozor iqtisodiyoti asoslarini barpo qilishga o`tar ekanmiz, ana shunday ongli, qotib qolgan, azmu shijoatdan yiroq el yurt manfaati uchun kuyub yonmaydigan kadrlar muttasil ravishda ishning beliga tepib turishini his qildik, ochig`ini aytsam, hozir ham sezayapmiz».8 Shuning uchun ham mustaqillikning dastlabki yillaridanoq butun mamlakat miqyosida ta`lim – tarbiya, ilm – fan, kasb – hunar o`rgatish sohalarini isloh qilishga nihoyatda katta zarurat sezila boshladi. Busiz jamiyatimizning biron – bir sohasida o`zgartirish kiritib bo`lmas edi. Islohotlarning taqdiri va samarasi birinchi navbatda kadrlarning saviyasiga, ularning zamon va taraqqiyot talablariga nechog`lik mosligiga bog`liq. Yurtimizning ertangi hayoti va taqdiri avvalambor shu muammolarni uzil – kesil yechish bilan chambarchas bog`langanligini har qaysi fikrlovchi odam anglashi qiyin emas.
«Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi» - orzumizga erishishning qonun bilan himoyalangan hujjatidir. Hamma gap ushbu Qonunning bekamu-ko`st bajarilishida! Butun halqni shu ishga safarbar qila bilishda! Safarbarlikning zamirida esa har bir fuqaroning mazkur ishlarning mohiyati va mazmuniga tushunishi, belgilangan vazifalarning bajarilishiga ishonch hosil qilishi, o`zining munosib hissasini qo`shish istagi turadi. Xalqni bu ishga chorlash uchun maqsad aniq va ravshan tushuntirilmog`i lozim. Maqsadni tushuntirish uchun esa yaqinlashib kelayotgan XXI asr ehtiyoji hamda avvalgi tizimning bu ehtiyojlarga javob bera olish darajasi, kamchiliklari ochib berilmog`i kerak bo`ladi.
Yangi asr bo`sag`asida biz sifat jihatidan tamomila yangi xalqlar jamiyatiga, chuqur integratsiyalashgan iqtisodiy makonga, yagona kommunikatsiya va axborot tizimiga kirish uchun shaxdam qadamlarni bosmoqdamiz. O`sha jamiyatda yashab ketish anchagina tayyorgarlikni, bilimni talab qilishini ham bugun anglab yetdik. Bosgan qadamlarimiz qat`iyatli va ishonchli bo`lishi uchun esa bizga zamonaviy, bozor iqtisodi sharoitida ishlay oladigan raqobatbardosh kadrlar zarur. Mustaqillik yillari mazkur yo`nalishda talaygina ishlar amalga oshirilganligi haqida batafsil to`xtalgan edik. Ammo, ta`lim sohasida, kadrlar tayyorlashda amalga oshirilayotgan bu islohotlar bizlarni qanoatlantira olmadi.
Oliy Majlisning IX sessiyasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov «Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori» nutqida ta`lim tizimida erishilgan muvaffaqiyatni obyektiv tahlil qilib, kadrlar tayyorlashda «revolyutsion» islohotga ehtiyoj borligini isbotlab berdi.
Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: «Fukarolar endi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ishtirokchisi, bajaruvchisi emas, balki bunyodkor va tashkilotchisidir. Bunday yangicha yondashish albatta pedagogika fanini keyingi rivojlanishiga katta ta`sir kursatadi. Endi pedagogika fani faqat ta`lim-tarbiya jarayonini nazariy, metodik-amaliy ta`minlovchi emas, komil insonni shakllanishi, rivojlanishini ta`minlochi keng soxalarni o`z ichiga ola boshladi. Endilikda pedagogika fani uz oldiga yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, milliy mafkuraning keng qamrovli sifatlarini shakllantirish vazifalarini qo`ydi. Shuning uchun xam yangi ta`lim konsepsiyasi qabul qilindi va unda keyingi rivojlantirishlarning barcha yunalishlari qayta ko`rib chiqildi. Ko`p yillar davomida pedagogika siyosatga xizmat kilib kelgan va unda ma`lum chegaralanishlarga amal qilishga majbur bulgan bo`lsa, endilikda u siyosatdan holi bo`lgan holda erkin fan sifatida o`z rivojlanishini davom ettirish imkoniyatiga ega buldi. Uzbek pedagogikasi o`z milliy xususiyatlarini rivojlantirish imkoniyatiga ega buldi.»
Muhtaram Prezidentimiz Islom Karimovning Respublika Oliy Majlisi IX sessiyasida so`zlagan «Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori» nutqida boshqa ta`lim turlari qatori umumiy o`rta ta`lim maktablari faoliyati ham jiddiy tanqid ostiga olingan edi.
Eski ta`lim tizimidagi yuqorida ta`kidlangan qator kamchiliklar va muammolarni tugatish istagi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning yaratilishiga sabab bo`ldi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan taklif etilgan uzluksiz ta`limning tamomila yangi tizimi yuqorida aytilgan kamchiliklarni bartaraf etib, O`zbekiston fuqarolarining XXI asr avlodini shakllantirishga sharoit yaratadi.
Uzluksiz ta`lim tizimining eski tizimdan ustunligi, ilmiy asoslanganligi va kadrlar tayyorlashdagi mavjud bo`lgan muammolarni yecha olishini yaxshi tasavvur qilish uchun keltirilgan chizmaga murojaat qilaylik. O`zbekiston Respublikasida Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingunga qadar mavjud va shakllanayotgan uzluksiz ta`lim tizimining qiyosi.
А). Islohotgacha mavjud ta`lim tizimi:
Maktabgacha ta`lim (7 yoshgacha)
Tayanch ta`lim (1-9 sinf)
Umumiy o`rta ta`lim (10-11 sinf)
Boshlang`ich va o`rta kasb-xunar ta`limi
Oliy ta`lim
Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim
Kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash
uzilish
uzilish
В). Hozirgi shakllanayotgan uzluksiz ta`lim tizimi.
o`zaro uyg`unlashuvi
- Umumta`lim dasturlari
- Kasb – hunar ta`limi dasturlari
Islohotgacha ta`lim tizimida, chizmada ko`rsatilgandek, umumta`lim dasturlarining ikki joyida, ya`ni tayanch /1-9 sinflari/ ta`lim dasturlari o`rtasida «uzilish»lar mavjudligi ko`zga yaqqol tashlanadi. Bu uzilishlar natijasida ta`lim dasturlarining uzviyligi buzilgan. Natijada bolalarimizning kasb-hunarsiz ko`chada qolib ketishi hollari yuz berdi. O`quv fanlari dasturlarining bir – biriga nomutanosibligi zamon talablariga javob bermasligi, ularda qaytarish va takrorlashlar ko`pligi ham uning ilmiy asoslanmaganidan dalolat beradi.
Shakllanayotgan uzluksiz ta`lim tizimining eng ko`zga ko`ringan yutuqlaridan biri ham aynan shu «uzilish»larni yo`qotishdan iborat bo`ldi.
Xo`sh, bunga qanday erishildi?
Avvalambor, ilmiy asoslanmagan II yillik umumiy o`rta ta`lim tizimi 9 yillik o`quv tizimiga keltirildi. Unla o`quv fanlarining soni kamay tirilib samara beradigan darajaga yetkazildi, o`quv dasturlaridagi ko`pgina takrorlashlar olib tashlandi. Mazmun jihatidan o`quv fani o`zlashtirishni qiyinlashtirgan ba`zi boblar, qismlar ta`lim dasturlarining yuqori bosqichlariga o`tkazildi.