O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


II - Bob yuzasidan xulosalar



Yüklə 256,5 Kb.
səhifə7/8
tarix22.05.2022
ölçüsü256,5 Kb.
#58993
1   2   3   4   5   6   7   8
«Prezident Islom Karimov asarlari – barkamol avlod tarbiyasining

2.3. II - Bob yuzasidan xulosalar.
Oliy o`quv yurtlarining eng muhim vazifalaridan biri bo`lajak o`qituvchini tayyorlashda, avvalambor, uning kasbiy tayyorgarligini hisobga olish va o`quvchilarini pedagoglik kasbiga tayyorlash sohasida maktablar, litseylar, kasb-hunar kollejlari bilan mustahkam aloqa bog`lashlari zarur. Chunki kasbiy mahoratning shakllanishida motivlarning o`rni katta. Motivlar esa oliy o`quv yurtiga kelgunga qadar shakllanishi muhim ahamiyatga ega.
Oliy o`quv yurtida bo`lajak mutaxassis tayyorlashda quyidagilarga e`tibor qaratish zarur:

  1. Ma`naviy axloqiy tarbiya axloqsizlikka qarshi kurashdagi “kompaniya” ga aylangan, maqsadga muvofiq uzluksiz, tizimli va izchil amalga oshirilishi zarur.

  2. O`quvchilarda ma`naviy-axloqiy xislatlar va fazilatlarni tarbiyalash faol hayotiy vaziyatlar, axloqiy me`yorlar buzilgan holatlarda tarbiyalanuvchilarning o`z nuqtai nazarini ifodalashlari bilan amalga oshirish.

  3. Ma`naviy axloqiy tarbiya doir ishlarni tarbiyalanuvchilarning tajribasi, tajriba qoidalarini qabul qilishlari va bunga tayyorgarliklari, yaxshi va yomon hatti-harakatlarning mohiyatini tushunishlarini hisobga olgan holda amalga oshirish.

4. Tarbiyalanuvchilarda yuksak ma`naviy –axloqiy sifatlar-insoniylik, insonga hurmat, mehr-sahovat, xushmuomalalik, ijtimoiy munosabatlarni tashkil etishda muomala madaniyati va axloq qoidalariga rioya qilish kabi holatlarni tarkib toptirish.

X U L O S A
Pedagog o`z ishining ustasi bo`lishi uchun, avvalo, o`z-o`zini anglashi muhim ahamiyatga ega. O`zining kasbiy-pedagogik tayyorgarligi, pedagogik holatini anglashi, uni tanqidiy tahlil etishi pedagogning kasbiy, umummadaniy va ilmiy-pedagogik bilimlar sari intilishiga turtki bo`ladi.
O`z kasbi bo`yicha mustaqil bilim olish ko`p jihatdan o`qituvchida o`z-o`zini anglashning o`sishiga, olgan bilimlarini amaliyotda mohirona qo`llashiga, pedagogik vaziyatlarga oqilona moslashish va xilma-xil pedagogik texnologiyalardan foydalana olishiga yordam beradi.
Oliy o`quv yurtlarida tahsil ko`rayotgan bo`lajak o`qituvchilarning hozirgi zamon talablari asosida puxta kasbiy tayyorgarlikka ega, o`z kasbining mohir ustasi bo`lib yetishishlariga asosiy e`tiborni qaratmoq bugungi kunning muhim vazifasidir. O`qituvchi qanchalik ma`lumotli, mahorat egasi bo`lsa, u kelajak avlodni ham shunchalik bilimdon, har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalay oladi.
Shu bilan birga, hammamiz yana bir haqiqatni anglab yetmoqdamiz. Faqatgina chinakam ma`rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini bir so`z bilan aytganda, o`zligini anglab, erkin va ozod jamiyatda yashash mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o`ziga munosib obro`li o`rin egallash uchun fidoiylik bilan kurashish mumkin.
Prezidentimiz «Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori» ma`ruzasida boshlang`ich sinf o`qituvchilar faoliyatini tahlil qilib, boshlang`ich sinflarda o`quvchilarga oliy ma`lumotli, yuqori malakali, tajribali o`qituvchilar dars berish maqsadiga muvofiqligini uqtirdi. Viloyatimizdagi ikkita pedagogika bilim yurti uzoq yillar mobaynida boshlang`ich sinf o`qituvchilari tayyorlab beradigan baza bo`lib keldi. Natijada boshlang`ich sinf o`qituvchilarining 40 foizi o`rta – maxsus ma`lumotli o`qituvchilar tashkil etadi. «Milliy dastur»ni amalga oshirishni birinchi bosqichida maktablar oliy ma`lumotli boshlang`ich sinf o`qituvchilari bilan ta`minlashga erishiladi. Mavjud boshlang`ich sinf o`qituvchilari esa qayta tayyorgarlikdan o`tmoqlari lozim. Bu sohada samarali ishlar takish etilmoqdа.
Ta`limning yangi modeli jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsning shakllanishiga olib keladi. O`zining qadr – qimmatini anglaydigan, irodasi baquvvat, iymoni butun, hayotda aniq maqsadga ega bo`lgan insonlarni tarbiyalash imkoniga ega bo`lamiz. Ana shundan keyin ongli turmush kechirish jamiyat hayotining bosh me`zoniga aylanadi. Shunda odam olomon bo`lib, har lahzada serkaga extiyoj sezib emas, aksincha o`z aqli, o`z tafakkuri, o`z mohiyati, o`z mas`uliyati bilan ongli tarzda, ozod va hur fikrli inson bo`lib yashaydi. Bunday insonni tarbiyalash, shakllantirish masalalari Prezidentimiz I.Karimovning turli chiqishlari, nutqlari va farmonlarida izchil ravishda ko`rsatilmoqda.
Ta`lim jarayonlari bu ko`rsatmalarni og`ishmay amalga oshira borsalar bizning Vatanimiz «Buyuk davlat» bo`la oladi. Buning uchun:

  1. Ta`lim sohasidagi islohotlarni Prezidentimiz ko`rsatmasi asosida muntazam ravishda amalga oshirib borish lozim.

  2. Boshlang`ich maktabning oliy ma`lumotli o`qituvchilarini tayyorlashni yanada takomillashtirish va uni kadrlarga bo`lgan ehtiyojni hisobga olgan holda tashkil etish lozim.

  3. O`qituvchi mahorati va mas`uliyatini oshirish zarur.

  4. Ta`lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni joriy etish lozim.

5. Bo`lajak pedagoglarni tayyorlash tizimini takomillashtirish zarur. Bu tizim maktab – akademik litsey yoki pedagogika kolleji – oliy o`quv yurti shaklida bo`lib, ular faoliyati o`rtasida kasbga tayyorlash sohasida tizimli izchillikka alohida e`tibor qaratilsa maqsadga muvofiq bo`ladi.
6. Bo`lajak o`qituvchilarni ta`lim jarayoniga texnologik yondashuvga o`rgatishda oliy o`quv yurtlarida ta`lim jarayonini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishiga e`tibor qaratish zarur. Buning uchun, avvalo, oliy o`quv yurti o`qituvchilarini tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etish muhimdir.
7. Pedagogika turkumidagi fanlarni o`qitishning mazmunini bo`lajak o`qituvchilarni ta`lim jarayonini ilg`or pedagogik texnologiya asosida tayyorlashga qaratilishi zarur. Pedagogika fanlari mazmunini qayta ko`rib chiqish va uni zamonaviylashtirish hozirgi kun zaruriyati.
8. Bo`lajak o`qituvchilarni nazariy jihatdan tayyorlashni amaliy tayyorgarlik bilan mustahkam aloqada yo`lga qo`yish zarur. Chunki amaliyot ularni pedagogik faoliyatga qanchalik tayyorligini ko`rsatuvchi mezondir. Shuning uchun ham bo`lajak o`qituvchilarni 1-kursdan boshlab amaliy tayyorlashga e`tibor qaratish, uzluksiz amaliyotni tashkil etish, amaliy tayyorgarlikka ko`proq vaqt ajratish yaxshi samara beradi.



Yüklə 256,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin