Bitiruv malakaviy ishning vazifalari: Prezident asarlarini o`rganib undagi barkamol avlodni tarbiyalash haqidagi g`oyalarni tahlil qilish.
Prezident asarlari asosida barkamol avlodni tarbiyalash tarbiyalashning hozirgi holatini o`rganish.
Prezident asarlari asosidagi g`oyalarni barkamol avlodni tarbiyasiga tadbiq etilish jarayonini o`rganish va tavsiyalar tayyorlash.
Prezident I.Karimovning barkamol avlodni tarbiyasi oldiga qo`yayotgan vazifalarni boshlang`ich ta`lim jarayonida amalga oshirish yo`llari va usullarini ishlab chiqish va tavsiya etish.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy farazi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov asarlaridan barkamol avlodni tarbiyalash ishlarida samarali foydalanilsa, kelgusida axloqan barkamol, o`z xatti – harakatlari uchun ma`naviy mas`ul, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni anglaydigan, o`z shaxsiy fikrini og`zaki va yozma tarzda qiynalmay ravon ifoda qila biladigan, barkamol o`quvchilarni tayyorlashda boshlang`ich sinfdayoq zamin yaratish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishning ilmiy yangiligi: Prezident asarlarini o`rganib undagi barkamol avlodni tarbiyalash haqidagi g`oyalar tahlil qilindi.
Prezident asarlari asosida barkamol avlodni tarbiyalash tarbiyalashning hozirgi holatini o`rganildi.
Prezident asarlari asosidagi g`oyalarni barkamol avlodni tarbiyasiga tadbiq etilish jarayonini o`rganildi va tavsiyalar tayyorlandi.
Prezident I.Karimovning barkamol avlodni tarbiyasi oldiga qo`yayotgan vazifalarni boshlang`ich ta`lim jarayonida amalga oshirish yo`llari va usullarini ishlab chiqildi va tavsiya etildi.
Bitiruv malakaviy ish natijalarining nazariy ahamiyati: O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov asarlaridan foydalanish asosida barkamol avlodni tarbiyalash ishlarida davlat ta`limi tizimida asosiy bug`in hisoblangan uzluksiz ta`limda ta`lim oluvchilarning ilmiy bilimlar olishini, mehnat ta`limi, boshlang`ich kasb ko`nikmalari, ishbilarmonlik asoslarini egallashlari, shuningdek o`z ijodiy qobiliyatlari va ma`naviy fazilatlarini rivojlantirishning yo`llari va usullari ishlab chiqildi.