Mavzu: Korxonaning hisob siyosati, ishchi schotlar rejasi bilan tanishish
“Ishtixon Agroservis MTP ISM ” MCHJning 2018 yillarga mo`ljallangan hisob siyosati O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va O`zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari va yo`riqnomalari hamda me`yoriy hujjatlarga quyidagilarni kiritish mumkin :
O`zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonuni ;
O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining Milliy standartlari ;
O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140- sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to`ldirish bo`yicha qoidalari” ;
Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 25 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulaot (ishlar , xizmatlar ) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to`g`risida” gi Nizom ;
Boshqa me`yoriy huquqiy hujjatlar asosida yuritiladi .
Hisob siyosatida quyidagi tarkibiy elementlar o`z aksini albatta topishi lozim :
Buxgalterya hisobi barcha ishlab chiqarishga doir opratsiyalar , kapital , majburiyatlar va mol – mulkning hujjatlarda aks ettirilishi miqdor va pul ko`rinishida uzluksiz o`zaro bog`liq munosabatlarda olib boriladi .
Buxgalterya hisobining tashkil etish bo`yicha javobgarlik korxona rahbari zimmasiga yuklatiladi .
Buxgalteriya hisobining umumiy metodologik prinsiplariga rioya qilishni , barcha xo`jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida to`g`ri aks ettirish va uni nazorat qilish , buxgalteriya va moliyaviy hisobotlar hamda tezkor ma`lumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish , korxona moliyaviy xo`jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil etishni amalga oshirish korxona hisobchisi ya`ni“Ishtixon Agroservis MTP ISM ” MCHJ jamiyat hisobchisi Eshboyev Vohidjonga yuklatilgan .
Jamiyat hisobchisi O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid keladigan operatsiyalar bo`yicha hujjatlarni qabul qilish va uni rasmiylashtirishga huquqi yo`q .
Hisob registrlariga yozuv boshlang`ich hujjatlarni aniq tekshirish asosida amalga oshiriladi . Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo`l qo`yilmaydi . Xo`jalik operatsiyalarini bir martalik amalga oshirish ish usuli ikki yoqlama yozuv asosida xo`jalik muomalasi bo`yicha tegishli summani bitta schyotning debitiga va aynan shu summani ikkinchi schyotning kreditiga qayd etish bilan amalga oshiriladi . Hisob registrlarida buxgalterya hisobi bo`yicha yozuvni amalga oshirish , operatsiyalarning mazmuniga va harakteriga
qarab hujjatlar qabul qilinishiga yoki oy yakuni bo`yicha bir marta amalga oshiriladi .
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik buxgalteriya hisoboti mulkchilik shaklidan qat’iy nazar hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevraligacha,choraklik hisobotlarni esa keyingi oyning 25-kunigacha tuzilib , kerakli idoralarga topshirilishi lozim .