O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus


Mavzu: Korxonaning hisob siyosati, ishchi schotlar rejasi bilan tanishish



Yüklə 356,8 Kb.
səhifə8/12
tarix10.07.2022
ölçüsü356,8 Kb.
#62720
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
IM7EVkNVVjVgmAnV405

Mavzu: Korxonaning hisob siyosati, ishchi schotlar rejasi bilan tanishish


“Ishtixon Agroservis MTP ISM ” MCHJning 2018 yillarga mo`ljallangan hisob siyosati O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va O`zbekiston Respublikasi hukumatining qarorlari va yo`riqnomalari hamda me`yoriy hujjatlarga quyidagilarni kiritish mumkin :

    • O`zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonuni ;

    • O`zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobining Milliy standartlari ;

    • O`zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140- sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to`ldirish bo`yicha qoidalari” ;

    • Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 25 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulaot (ishlar , xizmatlar ) ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarini shakllantirish tartibi to`g`risida” gi Nizom ;

    • Boshqa me`yoriy huquqiy hujjatlar asosida yuritiladi .

Hisob siyosatida quyidagi tarkibiy elementlar o`z aksini albatta topishi lozim :



Buxgalterya hisobi barcha ishlab chiqarishga doir opratsiyalar , kapital , majburiyatlar va mol – mulkning hujjatlarda aks ettirilishi miqdor va pul ko`rinishida uzluksiz o`zaro bog`liq munosabatlarda olib boriladi .
Buxgalterya hisobining tashkil etish bo`yicha javobgarlik korxona rahbari zimmasiga yuklatiladi .
Buxgalteriya hisobining umumiy metodologik prinsiplariga rioya qilishni , barcha xo`jalik operatsiyalarini buxgalteriya hisobida to`g`ri aks ettirish va uni nazorat qilish , buxgalteriya va moliyaviy hisobotlar hamda tezkor ma`lumotlarni belgilangan muddatlarda taqdim etish , korxona moliyaviy xo`jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil etishni amalga oshirish korxona hisobchisi ya`ni“Ishtixon Agroservis MTP ISM ” MCHJ jamiyat hisobchisi Eshboyev Vohidjonga yuklatilgan .
Jamiyat hisobchisi O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga zid keladigan operatsiyalar bo`yicha hujjatlarni qabul qilish va uni rasmiylashtirishga huquqi yo`q .
Hisob registrlariga yozuv boshlang`ich hujjatlarni aniq tekshirish asosida amalga oshiriladi . Buxgalteriya hisobi registrlariga tasdiqlanmagan tuzatishlar kiritilishiga yo`l qo`yilmaydi . Xo`jalik operatsiyalarini bir martalik amalga oshirish ish usuli ikki yoqlama yozuv asosida xo`jalik muomalasi bo`yicha tegishli summani bitta schyotning debitiga va aynan shu summani ikkinchi schyotning kreditiga qayd etish bilan amalga oshiriladi . Hisob registrlarida buxgalterya hisobi bo`yicha yozuvni amalga oshirish , operatsiyalarning mazmuniga va harakteriga
qarab hujjatlar qabul qilinishiga yoki oy yakuni bo`yicha bir marta amalga oshiriladi .
Xo’jalik yurituvchi subyektlarning yillik buxgalteriya hisoboti mulkchilik shaklidan qat’iy nazar hisobot yilidan keyingi yilning 15-fevraligacha,choraklik hisobotlarni esa keyingi oyning 25-kunigacha tuzilib , kerakli idoralarga topshirilishi lozim .



  1. Yüklə 356,8 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin