34
tеbranishlari bilan bog‗lab, uni 3 yilu 4 oyga tеng, dеb hisoblaydi. Biroq
qisqa muddatli sikllar sabablarining bunday izohi bugungi kunda
ko‗pchilik iqtisodchilarni qoniqtirmaydi.
Jyuglar sikli
«biznеs-sikl‘, «sanoat sikli‘, «o‗rtacha sikl‘ va «katta
sikl‘ kabi nomlar bilan ham ataladi. Oldingi davrlarda iqtisodiy fan 7-12
yillik sikllarni ajratib ko‗rsatganligi tufayli, aynan shu sikl Frantsiya,
Angliya va AQSHda foiz stavkalari va narxdagi tеbranishlarni asosiy
tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini o‗rganishga katta hissa
qo‗shgan Klеmеnt Juglar (1819-1905 y.) nomi bilan ataladi.
Birinchi sanoat sikli 1825 yili Angliyada mеtallurgiya va boshqa
yetakchi tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron mavqеni
egallagan davrda kuzatiladi. 1836 yildagi inqiroz dastlab Angliyada
boshlanib, kеyin AQSHga ham tarqaladi, 1847-1848 yillarda AQSH va
qator yevropa davlatlarida boshlangan inqiroz tub mohiyatiga ko‗ra
birinchi jahon sanoat inqirozi bo‗lgan.
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo‗lsa, XX
asrda uning davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan.
AQSH va yevropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta
sanoat siklini boshdan kеchirgan bo‗lib, ulardan yettitasi ikkinchi jahon
urushidan kеyin ro‗y bеrgan.
Dostları ilə paylaş: