O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


 LM - egri chizig‗i va uning tenglamasi



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/130
tarix05.08.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138767
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

13.3. LM - egri chizig‗i va uning tenglamasi 
LM egri chizig‗i o‗zgarmas narxlar sharoitida pul vositalari 
bozorida vujudga keladigan foiz stavkasi va daromadlar darajasi 
o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlikni aks ettiradi. 
LM egri chizig‗ining har bir nuqtasida pulga talab Md pul taklifi 
Ms ga teng bo‗ladi (liquidity Preferense = Money Supply). Pul bozorida 
bunday muvozanatga daromad Y ning oshishi bilan foiz stavkasi R 
ko‗tarilsagina erishiladi.
Daromadlarning o‗sishi yuqoriroq foiz stavkasiga olib keladi va 
buni LM egri chizig‗i aks ettiradi. U pul bozorida foiz stavkasi va 
daromad o‗rtasidagi munosabatlarni ko‗rgazmali tarzda ifodalaydi. 
Daromad darajasi qancha baland bo‗lsa, pulga bo‗lgan talab shuncha 


175 
yuqori va shunga muvofiq muvozanatli foiz stavkasi ham shuncha 
yuqori bo‗ladi. 
13.4-chizma. Pul bozoridagi 13.5-chizma. LM egri chizig‗I grafigi 
muvozanat grafigi
LM 
egri 
chizig‗i 
o‗ziga xos: gorizontal va vertikal 
konfiguratsiyaga ega. LM egri chizig‗ining gorizontal kesmasi foiz 
stavkasi foiz stavkasi R min darajadan pastga tushishi mumkin 
emasligini ko‗rsatadi. Egri chiziqning vertikal kesmasi foiz stavkasining 
maksimal daraja R max chegarasidan tashqarida hech kim 
jamg‗armalarini likvid (pul) shaklida ushlab turmaydi va ularni qimmatli 
qog‗ozlarga aylantiradi.
Baholarning o‗zgarishi hamda pul taklifi hajmidagi o‗zgarishlar 
LM egri chizig‗ining o‗ngga yoki chapga siljishiga olib keladi. LM egri 
chizig‗i tenglamasi pulga talab funksiyasini R va Y ga nisbatan yechib 
topiladi. 
R ga nisbatan LM egri chizig‗i tenglamasi quyidagicha: 
R = (k/h)Y - (1/h) (M/P). 
Y ga nisbatan LM egri chizig‗i tenglamasi quyidagicha: 
Y = (1/k) (M/P) + (h/k) R. 


176 
k/h koefitsenti LM egri chizig‗ining Y o‗qiga nisbatan og‗ish 
burchagini xarakterlaydi hamda fiskal va pul kredit siyosatining nisbiy 
samaradorligi baholaydi.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin