209
olib keladi. Ammo, qayd qilingan valyuta kurslari tizimining hayotga
layoqatliligi o‗zaro aloqalar jarayondagi ikki sharoitga bog‗liq:
- zahiralarning mavjudligi;
- o‗z hajmi bo‗yicha sezilarsiz kamyoblik yoki to‗lov balansi
aktivlarining tasodifiy vujudga kelishi. Katta
va doimiy kamyobliklar
mamlakat zahiralarini yo‗qqa chiqarishi mumkin.
Valyuta kurslarining o‗zgarishiga bir qator omillar ta‘sir
ko‗rsatadi. Ularni qisqacha qarab chiqamiz:
1. Iste‘molchilar didining boshqa mamlakat buyumlariga nisbatan
o‗zgarishi.
2. Turli mamlakatlarda daromadlardagi nisbiy o‗zgarishlar..
3. Bahodagi nisbiy o‗zgarishlar.
4. Nisbiy real foiz stavkalari.
5. Spekulyasiya.
Nominal valyuta kursi valyutalarning almashinuv kursi deyiladi.
Yuqorida biz aynan nominal valyuta kursi haqida fikr yuritdik.
Real valyuta kursi ikki mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarning
nisbiy bahosidir.
Real valyuta kursi bir mamlakat tovarlari boshqa mamlakat
tovarlariga almashishi mumkin bo‗lgan nisbatni ko‗rsatadi, shu tufayli u
savdo sharoiti ham deb yuritiladi.
Nominal va real valyuta kurslari o‗rtasidagi
nisbat quyidagi
ko‗rinishga ega.
Pd
Yr = Yn ——
Pt
Bu yerda : Yr – real valyuta kursi;
Yn - nominal valyuta kursi ;
Rd – milliy valyutada ko‗rsatilgan ichki baholar darajasi (indeksi);
Rt – xorijiy valyutada ko‗rsatilgan chet
eldagi baholar darajasi
(indeksi).
210
Har ikkala mamlakatdagi baholar darajasi (indeksi) bir xil bazis
yilga nisbatan berilgan. Real valyuta kursining ko‗tarilishi (pasayishi) bu
mamlakat tovarlari raqobatbardoshligining pasayganligi (oshganligi)
to‗g‗risida guvohlik beradi.
Xarid qobilyati pariteti
konsepsiyasi
narxlarning tenglashuvi
nazariyasiga asoslanadi. Ya‘ni, bir xil tovar turli joylarda har xil
narxlarda sotilishi uzoq davom etmaydi. Xarid qobiliyati pariteti
konsepsiyasiga ko‗ra valyuta kursi doimo
turli mamlakatlarda baholar
darajasining o‗zgarishi natijasida kelib chiqadigan farqni qoplash uchun
zarur bo‗lgan darajada o‗zgaradi. Ya‘ni:
Pd
r = ——
Pt
Bu yerda: r — xorijiy valyutaning milliy valyutadagi bahosi;
Pd — ichki baholar darajasi;
Pt — chet eldagi baholar darajasi.
Valyuta kurslarining oshishi mamlakatlar
eksport imkoniyatlarini
yomonlashtiradi. Valyuta kurslarining beqarorligi tashqi iqtisodiy
aloqalarga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Uning tebranishi xalqaro bitimlarda
noaniqlik va tahlika darajasini ko‗paytiradi.
Shu sababli valyuta kursi
ham mamlakat ichida va xalqaro munosabatlarda tartibga solishning
muhim obyekti hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: