204
Joriy operasiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining o‗zaro
aloqalarini
umumlashtirsak,
uning
makroiqtisodiy
ko‗rinishi
quyidagicha bo‗ladi:
Y=C+I+G+Xn;
Y-C-G = C+I+G+Xn-(C+G);
Sn = I+Xn
(I-S)+Xn=0 ( egiluvchan valyuta
kursi rejimida markaziy
bank aralashmagan sharoitda).
Bu yerda: Sn – milliy jamg‗arish; (I-S) – miqdori ichki
investitsiyalarning ichki jamg‗armalardan ortiqchaligini ko‗rsatadi va
kapital harakati hisobi qoldig‗ini bildiradi.
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ko‗ra joriy operasiyalar va
kapital harakati hisoblari bir-biriga tenglashadi:
X-M = Xn=-(I-S)=S-I
ichki balans
Bu shuni bildiradiki, to‗lov balansining joriy operatsiyalar bo‗ycha
kamomadi kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi.
Xn < 0
X-M < 0
X< M ;
I-S >0
I >S
xorijdan kapital kiritilishi.
Agarda investitsiyalar (I) milliy jamg‗armalardan ko‗p bo‗lsa (I >
S), ortiqcha investitsiyalar xorijdan olinadigan qarz hisobiga
moliyalashtirilishi lozim. Bu qarzlar mamlakatga tovar va xizmatlarni
eksport qilishga nisbatan ko‗proq import qilinishini taminlaydi (M>X).
Ya‘ni, sof eksport manfiy qoldiqqa (Xn<0) ega bo‗ladi. Mamlakat
xalqaro jarayonga qarzdor bo‗lib qatnashadi.
Joriy operasiyalar musbat qoldiqqa ega bo‗lganda,
ortiqcha
mablag‗lardan xorijga investitsiya qilishda yoki xorijdan ko‗chmas mulk
sotib olishda foydalaniladi.
Xn>0
X-M>0
X>M;
I-S<0
I
xorijga kapital chikarilishi
Davlatlar rasmiy zahiralar va qarzlar hisobiga qoplash qobiliyatiga
ega bo‗lmagan to‗lov balansining katta davriy taqchilligi bo‗lgan