194
Oqibatda iste‘molchilar ma‘lum bir yo‗qotishlarga duch keladilar.
Bu yo‗qotishlar grafikda a, b, c, d sohalar bilan ko‗rsatilgan.
Baholarning ko‗tarilishi ilgari raqobatbardosh bo‗lmagan
ayrim
ichki ishlab chiqaruvchilar uchun ham foyda ko‗rib ishlashga imkon
beradi. Umuman shu sohada band milliy ishlab
chiqaruvchilar ishlab
chiqarish hajmini Qs dan Q‘s ga qadar oshiradi va Qd-Q‘d hajmdagi
mahsulot Pd bahoda sotiladi. Shu hajmdagi mahsulotni iste‘molchilar
oshirilgan narxda sotib oladilar va a sohaga teng yo‗qotishga duch
keladilar. Ammo, bu yo‗qotish ichki ishlab chiqaruvchilarning o‗sgan
foydasiga aylanadi.
Tarif kiritilishi oqibatida iste‘molchilar
talabi arzon import
tovaridan qimmat ichki tovarga yo‗naltiriladi. Iste‘molchilarning o‗sgan
to‗lovlari yuqori chegaraviy xarajatga ega, raqobatbardosh bo‗lmagan
samarasiz
ichki
ishlab
chiqarishni
kengayishiga
olib
keladi.
Iste‘molchilarning bu yo‗qotish v sohasi bilan belgilangan bo‗lib
tarifning «ishlab chiqarish samarasi‘ deyiladi
va hech kimning foydasi
bilan qoplanmaydi.
Iste‘molchilarning
yo‗qotishlari
Ishlab
chiqaruvchilar
foydasi
Davlat daromadi
Jamiyatning sof
yo‗qotishi
a + b+ c + d --
a --
s =
b + a
Bojxona tariflarini kirtishni yoqlovchi mutaxassislar fikriga ko‗ra
import tariflari:
-
mamlakatda bandlilik darajasi o‗sishini ta‘minlaydi va yalpi
talabni rag‗batlantiradi, importning nisbatan
cheklanishi natijasida sof
eksport o‗sadi va joriy operasiyalar bo‗yicha to‗lov balansi holati
yaxshilanadi;
-
milliy iqtisodiyotdagi yangi tarmoqlarni himoya qilish uchun
zarur;
-
davlat byudjeti daromadlarini to‗ldirish manbai bo‗lib xizmat
qiladi;
195
-
milliy ishlab chiqaruvchilarni demping ko‗rinishidagi chet el
raqobatidan himoya qiladi;
-
iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni
boshqarish vositasi
hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg‗or siljishlar
rag‗batlantiriladi va h.k.
Bojxona bojlarini joriy qilishni qo‗llovchi fikrlarga aksincha
bo‗lgan mulohazalar ham mavjud. Chunki sanab o‗tilgan
natijalarga
boshqa usullar bilan kamroq yo‗qotishlar hisobiga ham erishsa bo‗ladi
degan fikrlar ham qaysidir darajada asoslidir.
Birinchidan
, import tariflari iste‘molchilar turmush darajasining
pasayishiga olib keladi.
Ikkinchidan,
import tariflari kiritilishi
oqibatida ular vositasida
himoya qilinayotgan tarmoqlarda resurslar samarasiz sarflanadi.
Uchinchidan,
tariflarni kiritish va ular stavkasini belgilash
masalasida mamlakat imkoniyatlari xalqaro bitimlar bilan cheklangan.
Dostları ilə paylaş: