49
tasodifiy holda asosiy ishlab chiqarish omillari bahosining keskin
ko‗payishidan kelib chiqadi. Iqtisodchi olimlarning fikriga ko‗ra, taklif
inflyatsiyasi o‗z-o‗zini cheklaydi. Ishlab chiqarishning pasayishi
xarajatlarning qo‗shimcha o‗sishini cheklaydi, chunki ishsizlikning
o‗sishi nominal ish haqining asta-sekin pasayishiga olib keladi. Talab
inflyatsiyasini cheklash uchun esa maxsus chora-tadbirlar ko‗rish zarur
bo‗ladi. Inflyatsiya darajasi yuqori bo‗lgan mamlakatlarda ishlab
chiqarishning haqiqiy hajmi qisqarishi bilan bir vaqtda nominal
hajmining ortib borishi kabi vaziyat sodir bo‗ladi. Daromadlarni ishlab
chiqarish tomonidan ta‘minlanmagan o‗sishi aholi qo‗lidagi pulning
taklif qilinayotgan tovar va xizmatlardan oshiqchaligiga olib keladi.
Bunday hol pul birligining xarid quvvatini pasaytiradi, bir miqdordagi
pulga joriy yilda o‗tgan yildagiga nisbatan aholi kamroq mahsulot sotib
oladi, ya‘ni, uning real daromadi kamayadi. Misol uchun, joriy yilda
aholining nominal daromadlari 30% ga ko‗paygan, narxlar darajasi 50%
ga oshgan bo‗lsa, unda aholining real daromadlari 20% ga kamaygan
bo‗ladi. Chunki, narxlarning o‗sishi aholi pul daromadlarining
o‗sishidan yuqori bo‗lgan (30% - 50%q- 20%).
Inflyatsiyani real daromadlar darajasiga ta‘siri u kutilayotgan yoki
kutilmayotganiga ham bog‗liq.
Dostları ilə paylaş: