O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/130
tarix05.08.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138767
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

Soliq- byudjet siyosati
, bu iqtisodiyotga ta'sir o‗tkazish maqsadida 
soliqlar va davlat xarajatlari bilan manipulyatsiya qilishni anglatadi. 
Fiskal siyosatning birinchi tarkibiy qismi - soliqqa tortish, umumiy 
iqtisodiy vaziyatga ikki jihatdan ta'sir qiladi: 
• uy xo‗jaliklarining sarflanadigan daromadlarini kamaytirish. 
Masalan, soliqlar aholining tovar va xizmatlarni sotib olishga sarf 
qiladigan pul miqdorini kamaytiradi, natijada tovarlarga bo‗lgan 
umumiy talab kamayadi, bu esa YaIMning pasayishiga olib keladi; 
• tovarlar va ishlab chiqarish omillari narxlariga ta'sir qilish. 
Shunday qilib, foyda solig‗ini oshirish firmalar uchun yangi kapital 
mahsulotlarga sarmoya kiritishni rag‗batlantiradi. 
Pul-kredit siyosati
, davlat tomonidan mamlakatning pul, kredit va 
bank tizimlari orqali amalga oshiriladigan kredit siyosati. Pul massasini 
tartibga solish foiz stavkalariga va shu bilan iqtisodiy muhitga ta'sir 
qiladi. Masalan, qimmat pul siyosati foizlarni oshiradi, iqtisodiy o‗sishni 
pasaytiradi va ishsizlikni oshiradi. Aksincha, arzon pul siyosati iqtisodiy 
o‗sishni va ishsizlikning pasayishini keltirib chiqaradi.
Daromadlar siyosati
- bu hukum tomonidan inflyatsiyani siyosiy 
choralari bilan ushlab turish istagi: ish haqi va narxlar ustidan 



to‗g‗ridan-to‗g‗ri nazorat qilish yoki ish haqi va narxlarni oshirishni 
ixtiyoriy rejalashtirish. 
G‗arbiy iqtisodiy adabiyotda daromadlar siyosati eng ziddiyatli 
hisoblanadi. O‗ttiz-qirq yil oldin ushbu siyosat inflyatsiyaga qarshi 
kurashda samarali deb hisoblangan. Hozirgi kunda ko‗plab iqtisodchilar 
buni nafaqat samarasiz, balki zararli deb hisoblashadi, chunki bu 
inflyatsiyani pasaytirmaydi. Shuning uchun aksariyat rivojlangan 
davlatlar favqulodda vaziyatlarda undan foydalanadilar. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin