O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/130
tarix05.08.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138767
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

Ishlab chiqarish usulida
hisoblangan YaIM yakuniy tovarlar va 
xizmatlarni ishlab chiqarishning turli bosqichlarida qo‗shilgan qiymatlar 
yig‗indisi sifatida aniqlanadi. YaIMni bu usulda aniqlash statistik 
jihatdan qulay bo‗lishi bilan birga uni hisoblashning muhim shartiga 
amal qilish, ya‘ni bir qiymatni ikki bor hisobga olish, yoki oraliq 
mahsulot qiymatini YaIMga kiritib yuborishning oldini oladi. 


22 
Ishlab chiqarish hajmini to‗g‗ri hisoblash uchun joriy yilda ishlab 
chiqarilgan tovar va ko‗rsatilgan xizmatlar qiymati bir marta hisobga 
olinish kerak. Ko‗pgina mahsulotlar bozorga borgunga qadar bir nechta 
ishlab chiqarish bosqichini o‗taydi. Shu sababli YaMMda ayrim 
mahsulotlarni ikki va undan ko‗p marta hisobga olmaslik uchun, faqat 
pirovard mahsulotning bozor qiymati hisobga olinadi, oraliq mahsulotlar 
esa hisobga olinmaydi. 
Yakuniy tovarlar va xizmatlar deganda ularning ishlab chiqarish, 
yoki ichki ayirboshlash siklidan chiqqan, yakuniy iste‘mol, jamg‗arish 
yoki eksport uchun foydalaniladigan qismi tushuniladi. 
Yakuniy tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishda sarflangan 
oraliq tovarlar va xizmatlar bahosi YaIMga qo‗shilmaydi.. 
Qo‗shilgan qiymat tovar va xizmatlarning sotish bahosi bilan 
ularni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarni 
sotib olishga qilingan xarajatlar o‗rtasidagi farq ko‗rinishida aniqlanadi. 
Ishlab chiqarish usulida aniqlangan YaIM ko‗rsatkichinig 
strukturasini va undagi siljishlarni tahlil qilish juda muhim xulosalar 
beradi. Aloxida tarmoqlarning mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan yalpi 
qo‗shilgan qiymatdagi ulushi, bu ulushning o‗zgarishi bu mamlakatning 
iqtisodiy rivojlanish darajasi va kutilayotgan istiqboliga baho berish 
imkonini beradi. 
YaIMni 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin