O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


O‗z-o‗zini tekshirish va muhokama uchun savollar



Yüklə 2,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/130
tarix05.08.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#138767
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   130
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

O‗z-o‗zini tekshirish va muhokama uchun savollar 
1.
Milliy iqtisodiyotning tuzilishini ayting. 
2.
Makroiqtisodiyot fani predmetining o‗ziga xos xususiyatini 
nimada. 
3.
Pozitiv va normativ makroiqtisodiyot tushunchalariga izoh 
bering . 
4.
Agregat ko‗rsatkichlar deganda nimani tushunasiz
5.
Doiraviy oqimlar modelini doiraviy aylanish tusini olishning 
shartlari qanday
6.

Resurslar –tovarlar va xizmatlar‖
hamda daromadlar-
xarajatlarning doiraviy oqimi modelidagi qarama-qarshi omilllarga izoh 
bering. 


18 
II BOB. ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‗RSATKICHLAR VA 
ULARNI HISOBLASH 
2.1. Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‗llaniladigan asosiy 
ko‗rsatkichlar 
Makroiqtisodiyot predmeti va uslubining o‗ziga xosligi shundan 
iboratki, 
unda 
mikrotahlilda 
ishlatilmaydigan 
tushunchalar 
va 
toifalardan foydalanishni o‗z ichiga oladi. 
Eng asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlarni hisoblash milliy hisob-
kitoblar tizimida (MHT) - ijtimoiy mahsulot va milliy daromadni ishlab 
chiqarish, taqsimlash va yakuniy foydalanish jarayonlarini aks 
ettiradigan buxgalteriya hisobi ko‗rinishidagi jadvallar to‗plamida 
amalga oshiriladi. 
Milliy hisoblar tizimi chet elda yaratilgan va yaqin vaqtgacha faqat 
G‗arb statistikasida qo‗llanilgan. Milliy hisoblar tizimini tuzishga 
birinchi urinishlar Buyuk Britaniyada 1946 yilda, AQShda - 1947 yilda, 
Frantsiyada - 1949 yilda boshlangan. 1958, 1963, 1965, 1968 yillarda 
qisman qayta ko‗rib chiqilgan. Amalda MXT to‗rtta hisob 
qaydnomasiga ega: 
• birlashtirilgan hisobvaraqlar; 
• ishlab chiqarish, iste'mol va kapital qo‗yilmalar hisobvaraqlari; 
• daromadlar va xarajatlar hisobvaraqlari; 
• kapital xarajatlarni moliyalashtirish bo‗yicha hisob-kitoblar. 
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot 
rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish 
bo‗yicha chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy 
ko‗rsatkichlardan foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho 
berishda qo‗llaniladigan ko‗rsatkichlardan farqli tarzda bu ko‗rsatkichlar 
milliy iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatiga umumiy baho 
berish, makroiqtisodiy tahlil o‗tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon 
xo‗jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.
Bu ko‗rsatkichlarga qo‗yidagilar kiradi: 
Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi 
milliy daromad (YaMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad 


19 
(ShD), Shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste‘mol (S), Jamgarish 
(S) ko‗rsatkichlarining hajmi va o‗sish sur‘atlari; 
-
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi; 
-
mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi 
va o‗sish suratlari; 
-
resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi 
ko‗rsatkichlar (Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi); 
-
davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste‘mol baholari 
indeksi, inflyatsiyaning o‗sish sur‘atlari; 
-
ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik 
darajasi; 
-
aholining moddiy ne‘matlar va xizmatlar iste‘moli hajmi, 
ularning jamgarmalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar. 
Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya surati kabi ko‗rsatkichlar 
umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo‗llanilsa, YaIM, 
SIM, YaMD, SMD, ShD, ShTD, C, S ko‗rsatkichlari milliy ishlab 
chiqarishning parametrlarini va dinamikasini tahlil etishda foydalaniladi.
Bu ko‗rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari 
natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy 
mamlakatni hisobchilik tizimi (MXT) tashkil etadi. MXT mamlakat 
buxgalteriyasi vazifasini o‗tagani holda uning standartlaridan kelib 
chiqqan 
holda 
makroiqtisodiy 
ko‗rsatkichlarni 
hisoblash, 
mamlakatlararo taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi. 
Mamlakat iqtisodiyotining foydalaniladi haqiqiy holatini o‗rganish, 
unga tizimli baho berish uchun yuqorida sanab o‗tilgan barcha 
ko‗rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda bir tomonlama 
yondoshuvga yo‗l qo‗yilishi mumkin. 

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   130




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin